Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Inklyuziv ta’lim quyidagi tamoyillar asosida quriladi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolaning mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tamoyili.
- Kompleks ravishda yondashuv tamoyili.
- Ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda o‘zgaruvchanlik tamoyili.
Inklyuziv ta’lim quyidagi tamoyillar asosida quriladi:
Individual yondashuv tamoyili - guruhdagi bolalarning har birining individual ta'lim ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya shakllari, usullari va vositalarini tanlashni o‘z ichiga oladi. Bolani rivojlantirishning individual dasturlari uning funksional holatini tashxislashga asoslanadi va ma’lum bir bola uchun individual rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi. Individual yondashuv nafaqat bolaning ehtiyojlariga e’tiborni o'z ichiga oladi, balki bolaga o‘z shaxsi (MEN)ni anglash imkoniyatini beradi. Bolaning mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tamoyili. “Bolaning mustaqil faoliyati uchun shart-sharoitlarni ta’minlash”. Ushbu tamoyilning amalga oshirilishi ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish muammosini hal qiladi. Faoliyat butunlay bolaga g‘amxo‘rlik qiladigan kattalar tomonida bo‘lsa, bolaning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon bermaydi, keyin bolada “o‘rganilgan nochorlik" shakllanadi, bu bola tashqi tashabbusni kutgan holda, o‘zi passiv bo‘lib qoladi. Xuddi shunday holat nogiron bolalarning ota-onalari bilan ham sodir bo'lishi mumkin. Ota-onalar ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun o'z imkoniyatlarini e’tiborsiz qoldirib, davlatdan yordam kutishlari yoki faol ravishda yordam olishlari mumkin. Kompleks ravishda yondashuv tamoyili. Bolalarning individual xususiyatlari xilma-xilligi ta’lim-tarbiya usullari va vositalarini aniqlash hamda ishlab chiqishda har tomonlama kompleks yondashuvni talab qiladi. Mutaxassislar (pedagog, logoped, ijtimoiy pedagog, psixolog, defektolog, rahbariyat ishtirokida) bir guruhda ishlaydi, muntazam ravishda bolalarga tashxis qo‘yadi va munozara jarayonida ham ma’lum bir sohaga qaratilgan ta’lim-tarbiya tadbirlari rejasini tuzadi. Ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda o‘zgaruvchanlik tamoyili. Turli xil rivojlanish xususiyatlariga ega bo‘lgan bolalarning inklyuziv guruhiga qo‘shilishi o‘zgaruvchan rivojlanish muhitining mavjudligi, ya’ni zarur rivojlantiruvchi va didaktik vositalar, o‘quv qo‘llanmalari, to‘siqsiz muhit, o‘qitish va tarbiyalashning o‘zgaruvchan uslubiy bazasi, tarbiyachining umumiy va maxsus pedagogikada turli xil ish uslub va vositalaridan foydalanish qobiliyatini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’limni shakllantirishning hozirgi bosqichida shu vaqtgacha ishlab chiqilgan integral ta’lim tajribasi va alohida ta’limga muhtoj bolalar bilan ishlash tajribasiga ega ixtisoslashtirilgan muassasalarga tayanish kerak, chunki bu yerda mutaxassislar mavjud. Maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari resurs vazifasini bajarishi lozim. Bu yerda faoliyat olib boruvchi mutaxasisslar ommaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglariga o‘z tajribalarini o‘rgatishi, shuningdek har bir bolaning individual xususiyatidan kelib chiqqan holda ta’limiy-tarbiyaviy reja va yo‘nalish berib borishi lozim. Ushbu muassasalarga inklyuziyada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar uchun manba (resurs) sifatida qaralishi lozim. Ushbu muammolarni hal qilish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni rivojlantirishni boshqarishda quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq: Resurs tahlilini o‘tkazish; Inklyuziv ta’limni tashkil etishni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish; Ma’muriy-strategik ishlarni tashkil etish; Xodimlarni boshqarish tizimini tashkillash; Uslubiy xizmat faoliyatini optimallashtirish; Nogiron bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarining korreksion va rivojlanish salohiyatidan foydalangan holda moslashtirish, rivojlantirish va ijtimoiylashtirishni kompleks psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; Bolalarning ota-onalari bilan o‘zaro munosabatlar tizimini yangilash; Shahar va viloyatdagi fan, ta’lim, tibbiyot va madaniyat tashkilotlari bilan aloqalarni kengaytirish va hamkorlikni mustahkamlash. Ushbu yondashuv bilan pedagogika umuman o‘zgaradi, u nafaqat alohida ehtiyojli bolalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini normal rivojlanayotgan bolalar kabi rivojlantirishga intilish ma’nosida, balki ta’lim-tarbiya mohiyatini ham o‘zgartiradi. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling