Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet45/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ta’lim mazmunini yangilashning yetakchi tendensiyasi sifatida inklyuzivlik hozirgi vaqtda o‘ta dolzarb muammo hisoblanadi. Bu ob’yektlar va inklyuziya variantlarini oqilona tanlash muammosini hal qilishni nazarda tutadi. Maxsus ehtiyojli bolalarni umumiy maktabgacha taʼlim tizimida oqitish pedagoglardan ikki karra masʼuliyat bilan ishlashni talab etadi. Shuning uchun ham oliy pedagogik maʼlumotli va malaka oshirish kurslarini o‘tab, inklyuziv taʼlim pedagogik kvalifikatsiyasini olgan tajribali pedagoglargina inklyuziv guruh tarbiyachisi etib tayinlanishi lozim.
Xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga ko‘ra AEBlarni deinstitutizatsiyalashning joriy qilinishi ulardagi motivatsion faollikning oshishiga ijobiy taʼsir qiladi. Bu, ayniqsa ularning o‘z tengqurlari bilan ta’lim-tarbiya muhiti yaratilishi orqali taʼminlanadi. Buning uchun guruhdagi bolalar sonini qisqartirish, mashg‘ulot jarayonida soha mutaxassislarining (psixolog, logoped, defektolog, tilfopedagog, surdopedagog) ishtirokini taʼminlash va ota-onalar bilan taʼlim muassasasi o‘rtasida uzviy aloqani o‘rnatish talab etiladi. Shu bilan birgalikda АEBlar uchun harakatlanish imkoniyatini yaratuvchi qulay sharoitlar va transport xizmatlari joriy qilinishini taqozo etadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom bolalarni imkoniyati cheklangan bolalarning holatini to‘liq perseptiv his qilishga o‘rgatish hamda AEBlarning hayotga intiluvchanligi kognitiv imkoniyatlarini o‘stirishni taʼminlashdan iborat.
Maktab va maktabgacha inklyuziv taʼlim qachon ushbu jarayonga tayyor bo‘ladi?

  • inklyuziv taʼlim - tarbiya bosqichini modernizatsiyalashning vazifalaridan biri sifatida belgilansa;

  • maktab va maktabgacha sifatli taʼlim tushunchasi doirasida jismoniy va ruhiy jihatdan imkoniyati cheklangan bolalarning ham ishtiroki taʼminlansa;

  • oilalar, pedagogik jamoalar, rahbar xodimlar orasida maktab va maktabgacha yoshdagi jismoniy va ruhiy rivojlanishida imkoniyati cheklangan bolalar alohida maxsus taʼlimga jalb etilishi kerak, degan fikrlarga barham berilsa;

  • Har bir shahar va tuman MTTlaridan biri inklyuziv resurs markazi sifatida belgilansa;

  • Ota-onalarning qonuniy xabardorligi oshirilsa.

Jamiyatda har qanday shaxsga uning qiziqishlari, ehtiyojlari, imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ta’lim turini tanlash huquqi berilishi kerak. Shubhasiz, jamiyatning tuzilishi qanchalik murakkab bo‘lsa, ijtimoiy tabaqalanish va qiyinchiliklar shunchalik katta bo‘ladi. Ushbu muammoni ijobiy hal qilmasdan, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlariga tajovuz qilish, ularning qadr-qimmatini mensimaslik va ijtimoiy kamsitish ko‘rinishlariga barham bermasdan turib hech bir davlat sivilizatsiyalashgan mamlakatga aylanmaydi.
Maktabgacha alohida ehtiyojli bolalar inklyuziv ta’limini takomillashtirish yo‘nalishlari quyidagilarga asoslanadi:

    • erta tashxisni yo‘lga qo‘yish;

    • maxsus ehtiyojli bolalarga nisbatan jamiyatda ijobiy munosabat uyg‘otish;

    • ota-onalar va hamjamiyatning ishtirokini kuchaytirish;

    • o‘qitish uchun zarur vosita va asbob-uskunalarning mavjudligini ta’minlash;

    • ta’lim muassasalarini jismoniy va ruhiy rivojlanishida kamchiligi bor bolalarga ham imkoniyat yaratishni e’tiborga olgan holda moslashtirish;

    • kadrlar tayyorlash jarayonida islohotlarni amalga oshirish;

    • pedagoglarning inklyuziv malakasini oshirish uchun tez-tez seminar-treninglar o‘tkazish;

    • inklyuziv ta’limni joriy qilish bo‘yicha xalqaro va milliy tajribalarga asoslangan holda, multimedia kutubxonalarini tashkil etish va ularni ommaga targ‘ibot qilish;

    • har bir umumiy MTTlari tasarrufida inklyuziv ta’limni targ‘ibot qilish, o‘quv metodik majmualar, dasturlar bilan ta’minlash va joylardagi mahalliy xalq ta’limi organlari bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish, axborotlarni yetkazish vazifasini bajaruvchi pedagoglar, ota-onalar ishtirokida jamoaviy kengash tuzish talab etiladi.

Inklyuziv taʼlimning asosiy g‘oyasi – bu bolani taʼlim tizimiga kirishga tayyorlash emas, balki taʼlim tizimini ularga (har xil turdagi bolalarga) moslashtirishdir. Shunisi muhimki, inklyuziv taʼlim jamiyatda har bir shaxsni ruhan sog‘lom va o‘z o‘rniga ega, pozitiv fikrlay oladigan bo‘lib shakllanishiga kuchli ta’sir qiladi. Bu esa jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish va intellekt imkoniyatlarini to‘la namoyon eta olmaslik muammosining barham topishiga zamin yaratadi.




Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling