Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


-rasm. Pedagoglarning xalqaro ta’lim texnologiyalardan foydalanganlik darajasi


Download 3.1 Mb.
bet61/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

5-rasm. Pedagoglarning xalqaro ta’lim texnologiyalardan foydalanganlik darajasi

Interview davomida har bir ishtirokchi bilan muloqot jarayonida ularga STEAM texnologiyasi va uni qo‘llash orqali erishishimiz mumkin bo‘lgan natijalar haqida ma’lumot berib o‘tilganidan so‘ng har bir ishtirokchi mavjud vaziyatga o‘z ijobiy javobini bildirgan va aksariyat ta’lim tizimining har bir bo‘g‘inida faoliyat olib borayotgan xodimlar ushbu usulni qo‘llash foydali bo‘ladi, degan xulosani berib o‘tishgan.


M aktabgacha Ta’lim Vazirligiga qarashli Namangan viloyat Chortoq tumani 8-sonli MTT direktori Shahnoza Vohidova o‘z javobida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan: «Bugungi Dunyoning dolzarb rivojlanish jarayonida har bir davlat o‘z ichki imkoniyatlarini ishga solgan holda yuksalib bormoqda va bizning Vatanimiz ham har bir sohada yangi yutuqlarga erishmoqda va albatta bu jarayonni jamiyatimizning faol, ilmli va teran fikrlovchi a’zolari tashkil etmoqdalar. Biz esa jarayonni tezlashtirishda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi jarayonini qanchalar zamonaviy va interfaol usulda tashkil etsak, natija biz o‘ylagandan ham a’lo darajada bo‘ladi.” Ushbu fikrlarni ishtirokchilarning deyarli har birining nutqida uchratishimiz mumkin. Demak, foizlar kesimida ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa 73,8 % ovoz beruvchi ha, albatta, maqullayman, va shunga o‘xshash javoblarni berdi. 24,6 % javob beruvchilar esa yuqoridagi fikrlarni ma’qullamasliklarini keltirishgan va o‘z fikrlarini turli xildagi misollar bilan yoritib berishgan. Qarshi javob berganlarning aksariyati tarbiyachilar qatlamini tashkil qilgan bo‘lib, eng ko‘p ko‘rsatilgan sabab xorijiy texnologiyalardan foydalanishda kadrlarning bilimi yetarli emasligi va ma’lumotlar ba’zasining kamligini bayon etganlar. Mavzuga befarq bo‘lgan 3% ishtirokchi har ikki vaziyat va holatga nisbatan befarq ekanliklarini bildirishgan.


6-rasm. STEAMni qo‘llash ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirish darajasi

3-savol. Bolalarni kreatiy fikrlovchi inson sifatida kamol toptirishda qanday ta’lim shaklidan foydalanganimiz ma’qul deb o‘ylaysiz?


Tadqiqot jarayonining eng uzoq vaqt davomida yoritilgan qismi ayni ushbu savol bo‘ldi, chunki javob beruvchilar umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha MTT direktori, ota-ona, pedagog, boshqa soha vakilari va psixologlarni o‘z ichiga oladi. Demak javoblarni quyidagi jadval orqali yoritib o‘tamiz:
Demak jadvalda umumlashtirilgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, savol doirasida Integratsion yoki Frontal usullardan yoki qaysi ta’lim shakllaridan foydalanishning qulayligi, jarayon va muhitning ta’lim jarayonidagi ta’siri yoritib o‘tilgan.
Navbatdagi 4-savol Texnologiyalardan foydalanishda qanday usullardan foydalanish maqsadga muvofiq deb o‘ylaysiz?
Foizlar kesimida ko‘rib chiqamiz:

  • Seminarlar tashkil etish va uni o‘tkazish;

  • Omaviy axborot vositalarida maxsus dasturlar tashkil etish;

  • Qo‘llanma va tarqatma materiallari ishlab chiqish;

  • Kadrlar malakasini xorijiy davlatlarda oshirish;

  • Ustoz-shogird an’analarini takomillashtirish;

  • Malaka oshirish kurslari tashkil qilish;

  • Ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish va bolaning MTT va uy muhitini maqbullashtirish;

  • Pedagoglar uchun maxsus IT kurslar tashkil qilish.

Yuqorida berib o‘tilgan javoblar tadqiqot davomida har bir javob beruvchining fikrini inobatga olgan holda shakllantirilgan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotimiz maqsadi STEAM va boshqa zamonaviy metodlardan foydalanish, ta’lim jarayonida ularni qo‘llash yuqoridagi takliflarni inobatga olgan holda amalga oshirilishini ko‘rsatib bergan.




Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling