Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Barcha pedagogik ko‘rsatmalar ikki tamoyilga asoslanadi


Download 3.1 Mb.
bet10/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

Barcha pedagogik ko‘rsatmalar ikki tamoyilga asoslanadi: bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va individual yondashuv asosida ta’limni amalga oshirish. Tarbiyalashda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv pedagog tomonidan bolalarning yoshi, jinsi, ta’lim darajasi bilan bog’liq ta’lim vazifalarini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Faoliyat shaxsning fazilatlari, uning manfaatlari, moyilligini o‘rganishga qaratilgan. Shuni hech qachon unutmaslik kerakki, bolaning shaxsiyati har doim individualdir, faqat muayyan shaxsga xos bo‘lgan va uni boshqa odamlardan ajratib turadigan jismoniy va psixologik xususiyatlarning noyob kombinatsiyasi mavjuddir.
Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim – bu bolalar bog’chasining yangi falsafasi emas. Bu g’oya aslida XIX asrga borib taqaladi, u yerda bolalar bog’chasi "bolalar uchun bog’" ya’ni, har bir bolaning o‘ziga xos qiziqishlarini o‘rganib, o‘z tezligida o‘sishi mumkin bo‘lgan joy deb hisoblangan. Bu g’oya yillar davomida rivojlanib, bolasini ijtimoiy, hissiy va kognitiv jihatdan an’anaviy bolalar bog’chasiga tayyorlanmagan deb hisoblaydigan ko‘plab ota-onalar uchun juda mashhur variantga aylandi.
Maktabgacha ta’limda bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash:

  • Maktabgacha ta’lim jarayonida muomala mazmuni, muhit, o‘zaro munosabatlar uslubi tarbiyalanuvchiga barcha insoniy xislatlarni o‘zlashtirish, o‘zini inson sifatida anglash, hurmat qilish tuyg’usini tarbiyalashga yordam berishi kerak.

  • Pedagogik jarayon o‘zgalarning his-tuyg’ularini his etish, axloqiy me’yorlarga amal qilish, shuningdek, ta’limning ijtimoiy ahamiyatini tushunishga yordam berishi zarur.

  • Pedagogik jarayon tarbiyalanuvchilarda ijodkorlik, ziyraklik, mustaqillik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarni tarbiyalashi lozim23

E.V. Bondarevskaya shaxsga yo‘naltirilgan ta'limning nazariy modelini ishlab chiqdi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta'limning nazariy modeli markazida bolani madaniy shaxs sifatida rivojlantirish va tarbiyalash maqsadga muvofiqdir. E.V. Bondarevskaya, shaxsga yo‘naltirilgan ta'limning nazariy modelini shakllantirish, uning paradigma qoidalarini esa quyidagi xususiyatlar bo‘yicha tavsiflashni aytib o‘tdi:
1-qoida. Shaxsga yo‘naltirilgan ta'limning mohiyati va maqsadi bilan bog'liq. Ta'kidlash joizki, ta'lim nafaqat bilim, ko‘nikma, balki, birinchi navbatda, bolaning shaxsiyatini shakllantirish, o‘z “Men”ini namoyon qilish, uning imidjini egallash jarayonidir.
2-qoida. Pedagog tomonidan bolaga munosabatni belgilash. Ushbu munosabatlarning asosi Sh. A. Amonashvili tomonidan aniqlangan shaxsiy-insoniy yondashuvdir. Ushbu yondashuvning mohiyati shundan iboratki, ta'lim jarayonida o‘qituvchi bolaning o‘ziga xosligini, uning manfaatlarini, qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
3-qoida. Inson hosil qiluvchi funksiyalarni belgilaydi. Asosiy inson funksiyasi – insonparvarlik, uning mohiyati bolaning jismoniy va ruhiy salomatligini saqlab qolish va tiklashdir. Vazifalarning yana biri – ta'lim jarayonida madaniyatni saqlash, uzatish va rivojlantirishga yordam beradigan madaniy shakllanish. Ta'limning keyingi vazifasi sifatida E.V. Bondarevskaya sotsializm funksiyasini taklif qildi. Bu funksiya shaxsning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishini ta'minlaydi, bu esa jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishga yordam beradi.
4 – qoida bolaning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan shaxsga yo‘naltirilgan ta'limning mazmunini, jamiyatda mavjudligini belgilaydi.
A.V. Petrovskiyning nazariyasiga ko‘ra, ta’limning eskirgan o‘quv-intizomiy modelini almashtirish uchun shaxsga yo‘naltirilgan model bolalar bilan hamkorlik sharoitida to‘la huquqli hamkorlik sifatida yondashishga qaratilgan va ularga nisbatan ta’sir etuvchi yondashuvni inkor etadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv tamoyillari:


              1. Download 3.1 Mb.

                Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling