O‘z-o‘zini anglash tamoyili. Har bir bolada o‘z intellektual, badiiy va jismoniy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga ehtiyoj bor. Bolalarning tabiiy va ijtimoiy jihatdan qo‘lga kiritilgan imkoniyatlarini namoyon etish va rivojlantirish istagini rag’batlantirish va qo‘llab-quvvatlash muhimdir.
Individuallik tamoyili. Bolalarning shaxsini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bizning asosiy vazifamizdir. Biz nafaqat bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishga, balki uning yanada rivojlanishiga hissa qo‘shishga harakat qilishimiz kerak.
Sub’yektivlik tamoyili. Bolaga guruh va ta’lim maskani hayotiy faoliyatining haqiqiy mavzusi bo‘lishiga yordam berish, uning sub’yektiv tajribasini shakllantirish va boyitishga yordam berish kerak.
Tanlash tamoyili. Pedagogik jihatdan bolaning doimiy tanlov sharoitida yashashi, o‘rganishi va o‘qitilishi, o‘quv jarayonini va guruhdagi hayotni tashkil etishning maqsadi, mazmuni, shakllari va usullarini tanlashda ob’yektiv vakolatlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Ijodkorlik va muvaffaqiyat tamoyili. Shaxsiy va jamoaviy ijodiy faoliyat bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va rivojlantirish imkonini beradi. Ijodkorlik tufayli bola o‘z qobiliyatlarini ochib beradi, shaxsiyatining kuchli tomonlarini o‘rganadi.
Ishonch va qo‘llab-quvvatlash tamoyili. Bolaga bo‘lgan ishonch, o‘z-o‘zini boshqarish va tasdiqlash uchun uning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash ortiqcha talabchanlik va nazoratni, tashqi ta’sirlarni emas, balki ichki motivatsiya bolaning ta’lim va tarbiya muvaffaqiyatini belgilaydi.24
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning mohiyati quyidagilardan iborat:
har xil turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mavjudligi;
bolaning shaxs sifatida shakllanishining o‘ziga xosligi va shakllanish jarayonini tarbiyaning asosiy qadriyati deb bilish;
har bir bolaga uning shaxsiy xususiyatlari, hayotiy qadriyatlari, intilishlarini aniqlash asosida o‘z rivojlanish yo‘lini tanlash huquqini berish.
Ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan modeli ta’lim tizimimizda boladagi kompetensiyaviy layoqatni shakllantirish, unda avvaldan mavjud va tanish bo‘lgan ta’lim hamda intizomiy yondashuvni bartaraf etish, pedagoglarning bolalar bilan sheriklik aloqasi ko‘nikmalari, ularni qo‘llashdagi interfaol uslublar, shuningdek, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni yangi pedagogik texnologiyalar bilan olib borishga qaratilgan. Bola kattalar kabi jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lganligi sababli, uning huquqlarini tan olish pedagogik pozitsiyani "yuqoridan" turib emas, balki bola bilan yonma-yon va birgalikda egallashni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |