Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
- Rasm. Kasbiy kompetentlikning to‘rt jihati
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
1- Rasm. Kasbiy kompetentlikning to‘rt jihati187
Adabiyotlar tahlilini o‘rganib, quyidagilarni keltirishimiz mumkin: kasbiy kompetentlik 4 jihatni o‘z ichiga oladi188 (1-rasm). “Mahorat” soʼzi, eng avvalo, oʼz kasbining ustasi, omilkor, oʼz ishini biladigan degan maʼnoni anglatadi. Kasbiy mahorat esa taʼlim jarayonida pedagogik strategiya, strategik maqsad va vazifalarni toʼgʼri belgilash, qarorlar qabul qilish, taʼlim jarayonini loyihalashtirish, innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etish, taʼlimni boshqarish jarayoniga tizimli yondashuvlarni loyihalash texnologiyalarini joriy etish hamda boshqaruv usullari, metodlari va tamoyillaridan samarali foydalanishdan iborat kasbiy texnika darajasi sifatida tushuniladi. Bilim - kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan maʼlumotlari; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch bilim hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchta shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni bilim darajasiga olib chiqadi. Shaxsiyat – bu individual farqlarni o‘z ichiga olgan va shaxsning rivojlanishiga ta'sir qiladigan o‘zini tutish va fikrlash usullarining to‘plamidir. Unga munosabat, boshqalar bilan aloqa qilish usullari, ko‘nikmalar, odatlar va fikrlash usullari kiradi. Bu tajriba va xatti-harakatlar oqimini birlashtiradigan dinamik tashkilot yoki jarayonlar to‘plami haqida. Boshqalar buni o‘z-o‘zini anglash (shaxs o‘zini qanday belgilaydi) yoki shaxsning kimligini anglash bilan bog'liq holda belgilaydi. Fikrlash va o‘zini tutishning o‘ziga xos xususiyati; odatlar, qarashlar va atrof-muhitga moslashishning o‘ziga xos shakli. Pedagogik tajriba tushunchasi negizida kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida pedagog tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, orttirilgan ko‘nikma va malaka majmui tushuniladi. Har bir o‘qituvchi pedagogik tajriba to‘plashda quyidagi yo‘llardan foydalanadi. Pedagogning kasbiy xislatlari sifatida quyidagilarni koʼrsatish mumkin: mehnatsevarlik, ishchanlik, intizomlilik, masʼuliyatlilik, maqsadni belgilay olish, maqsadga erishish vosita va yoʼllarini aniqlash, tahlil eta olish, sabotlilik, oʼzining kasbiy pedagogik saviyasini doimiy oshirib borishga intilish kabilar. Taʼlim oluvchilarning muhim insoniy fazilatlari sifatida insoniylik, gʼamxoʼrlik, mehr-shafqatlilik, halollik, haqqoniylik, adolatlilik, boshqalarga nisbatan hurmat, maʼnaviy yetuklik oʼz hissiyotini boshqara olish, tanishuvga, yangilikka intilish, ziyolilik va boshqalar. Tadqiqotchilrning fikriga ko‘ra, quyidagi to‘rtta komponent pedagogik mahoratning asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi: Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling