2-rasm. Pedagogik mahoratni tashkil etuvchi komponentlar189
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor oʼrin egallagan kuchli raqobatga bardoshli boʼlish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega boʼlish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi.
Taʼlimda yangi tadqiqot yoʼnalishi boʼlgan kompetentli yondashuvning paydo boʼlishi hamda xorijiy pedagogik va metodik manbalarda «kompetentlik» va «kompetensiya» tushunchalari 1960-yillarning oxiri 1970-yillarning boshlarida paydo boʼldi va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi nazariyasi va amaliyotiga keng kirib bordi.
Аvvalambor, shuni taʼkidlab oʼtishimiz kerakki, taʼlimning kompetensiyaga yoʼnaltirilishi, hozirgi qaralayotgan “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalariga ancha oldin asos solingan va “insonning bilimlariga asoslangan, ijtimoiy-kasbiy hayoti faoliyatida belgilangan shaxsiy va intellektual tajribasi” sifatida talqin etilmoqda.
TADQIQOT NATIJALARI
Tadqiqotimizda so‘rovnoma usuli orqali bir qator savollar respondentlarga yo‘llangan. So‘rovnoma usulidan kutilgan natija maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining kasbiy kompetensiyasini oshirishda qaysi usullardan foydalanishni belgilash va ularning mahoratlarini oshirish uchun nima ishlar qilish zarurligiga ilmiy yechimlar berishdan iborat.
Demak, bugungi kunda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar o‘zlaridagi mavjud bilim va tajribalarini baholagan holda professional kasbiy kompetensiyalari darajalarini qoniqarli tarzda baholashlari ma’lum bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |