4-rasm. Pedagog tarbiyachilarning professional kasbiy kompetensiya darajasi190
U esa, o‘z navbatida kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan kurslar, treninglarni joriy etish, muntazam tarzda tashkillashtirishni taqozo etadi.
5-rasm. Axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi191
Mazkur javoblar natijalaridan ko‘rinadiki, axborot texnologiyalarini faoliyatiga joriy etgan holda mashg’ulotlarning olib borilishi nisbatan amaliyotiga qo‘llamaydigan va ba’zan qo‘llaydigan mutaxassis tarbiyachilarga qaraganda kam ekanligi, sohadagi texnik vositalarning yetishmasligi, to‘liq ta’minlanmaganligi va texnik vositalar bilan ishlash uquvi ham yetarlicha o‘zlashtirilmaganligi kabi sabablar bilan bog’liqligi aniqlandi. Zamonaviy ta’lim va tarbiyada texnik vositalarsiz mukammal bilim berish imkoni cheklanib qoladi, shu bois har bir tarbiyachi faoliyatini malakali va yuqori saviyada tashkillashtirish uchun axborot kommunikatsiya va multimedia vositalarini keng qo‘llashi maqsadga muvofiq bo‘ladi (5 rasm).
6-rasm. MTTlar faoliyatida xorij tajribalaridan foydalanish va qo‘llash imkoniyatlari holati192
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda innovatsiyalarga asoslanilgan mashg’ulotlarning olib borilishi ham yetarlicha emas. Bu boradagi mavjud muammolarning hal etilishida soha mutaxassislarining tajriba almashinuv va onlayn seminar-treninglar, maxsus kurslar, xalqaro miqyosdagi konferensiyalarda ishtirokini ta’minlash orqali xorijiy tajribalarni amaliy qo‘llash tajribalarini shakllantirish va mahalliy sharoitga, milliy qadriyatlarga moslashtirilgan holda qo‘llashlarini ta’minlashga erishish zarurati tug’ilayotganligini ko‘rsatmoqda.
Oʼzaro hamkorlik memorandumlarini tuzish orqali ham boy tajribaga ega boʼlgan davlatlar tajribalarini oʼrganish, kuzatish va eng samarali imkoniyatlarini maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga qoʼllashning yoʼlga qoʼyilishi ham manfaatli imkoniyatlardan sanaladi. Bundan tashqari, xorijiy davlatlar bilan birgalikdagi sohaga oid ijtimoiy va amaliy loyihalarda ishtirok etish ham bu sohaga xorij tajribasi joriy qilinishiga juda yaxshi imkoniyat y aratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |