7-rasm. Tashkilot rahbari bilan muloqot qay darajada ekanligi bo‘yicha o‘tkazilgan 193
M azkur natijalarga koʼra ish faoliyati davomida metodist yoki mudiralar bilan muloqotda boʼlish, faoliyatini birgalikda tashkillashtirish masalasiga aksariyat xodimlar eʼtibor qaratishlari qayd etilgan. Bunday tarzdagi hamkorlikdagi faoliyatning tashkillashtirilishi faoliyat davomidagi kamchiliklarning oʼz vaqtida hal etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
8-rasm. Seminarlarda ishtirok etish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi194
Olingan natijalardan koʼrinib turibdiki, seminar treninglarda faol ishtirok etilishi kam sonli koʼrsatkichda ifodalangan boʼlib, aynan bu masala hal etilishi muhim sanaladi. Chunki pedagog xodimlarning bilim va malakasini rivojlantirishda seminar treninglar muhim ahamiyatga ega.
Sizningcha maktabgacha ta’lim tashkilotingizda faoliyatingiz uchun shart-sharoitlar yetarlimi? Mazkur javobdan koʼrinib turibdiki, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida shart-sharoitlar yetarlicha yaratilmagan, texnik, uslubiy, moddiy sharoitlarda muammo borligi faoliyatni samarali tashkillashtirishga salbiy taʼsir etayotganligi achinarli holat. Demak, maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi shart-sharoitlarning talab darajasida yaratilishi, undagi qulayliklar bolalar bilan ishlash, qiziqtirish va har tomonlama ijodiy yondаshish imkoniyatini yaratib beradi (8-rasm).
Ushbu so‘rovnomamizni 80 nafardan ziyod tarbiyachilar ishtirokida online va offline tarzida amalga oshirdik va ularning 70 % dan yuqorisi o‘zlarini rivojlantirish kerakligini va buning uchun ularga imkoniyatlar va shart-sharoitlar yetarli emasligini o‘rgandik. Tadqiqotimiz davomida shuni bildikki, savollar turlicha bo‘lgani bilan muammo bir xil, ko‘p insonlarda javoblar asosan bir xillikni ko‘rsatdi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, ta’lim sifati ko‘p jihatdan tarbiyachilarning kasbiy va uslubiy-pedagogik kompetensiyasi darajasiga, ularning mehnati kasbiy va moddiy rag’batlantirilishiga, rivojlanish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishlariga bog’liq, degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |