Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
-rasm. Maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
9-rasm. Maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida195
Maktabgacha talim tashkilotini yanada takomillashtirish uchun biz odamlar o‘rtasidagi muammolarni bilishimiz zarur. TADQIQOT MUHOKAMASI Pedagoglik ishida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallashi zarur. Pedagogik mahorat egasi kam kuch sarf qilib, ulkan natijalarga erishadi, o‘z ishining natijasi bilan mo‘jizalar yaratadi, ijodkor hisoblanadi. Har bir ishga qobiliyatli, iste’dodli insondagina pedagogik mahorat bo‘lishi mumkin. Rahbarlik odobi va uning axloqiy jihatlariga doir O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mana bu fikrlari g’oyat ibratlidir: «Oddiy odamlarning rahbarlarga munosabati ikki fuqaro o‘rtasidagi munosabatgina emas. Ayni paytda u jamiyatda qaror topadigan ma’naviy-ruhiy, siyosiy-axloqiy muhitni ham yaratadi. Haqiqiy rahbar odamlarning ko‘ngliga yo‘l topib, ularni ezgulikka, yaxshilikka, yaratishga da’vat etadi»196 Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir inson kim bo‘lishidan qat’i nazar avvalo insoniyligini yo‘qotmasligini aytib o‘tadi. Ta’limda sifatga erishish boshqa barcha sohalarda ham sifatni ta’minlay oladigan omil hisoblanadi. Sifat atamasini aniqlashda ko‘pincha to‘siqlarga duch kelinadi. Ya’ni, Aristotel ta’riflab bo‘lmaydigan oltita atama borligini, shu jumladan sifat tushunchasini aytdi. Biroq, hozir biz boshqacha fikrdamiz. Ya’ni, sifat atama sifatida nisbiy ma’noga ega – u mulk, xususiyat, fazilat, qadriyat, yaxshi xususiyatni anglatadi. Sifatli ta’lim, degan savolga javob berish uchun "ta’lim" faoliyati egalarining harakati natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni baholash orqali erishish mumkin. Ushbu faoliyatning197 tashuvchisi tarbiyachi va talabalardir. Ya’ni, tarbiyachi va o‘quvchilarning o‘z faoliyati natijasida va o‘quvchi shaxsida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar izlanishi va ta’limdagi yutuqlar sifatini belgilab berishi kerak bo‘lgan sohadir. Sifat - bu sodir bo‘ladigan narsa. Sifatli ta’lim - foydalanuvchilarning ta’lim (rivojlanish) ehtiyojlarini qondiradigan yoki foydalanuvchilarga moslashtirilgan ta’lim. Bunga ko‘plab omillar ta’sir qiladi: muhit, an’analar, o‘quv jarayonini amalga oshirish shartlari, tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasi. Ta’lim sifati asosan quyidagilarga qaratiladi: kirish sharoitlari - resurslar, maqsadlar, tarbiyachining sifati, o‘quvchilarning xususiyatlari, sifatli maktablar, sifatli dasturlar, o‘qitish sifati natijalarga erishish bilan bevosita bog’liq. Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg tarbiyachining doimiy ravishda fanlarni mutolaa qilish bilan shug’ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: “Tarbiyachi muntazam ravishda fan bilan shug’ullanmog’i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o‘xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday tarbiyachidan hech qanday natija kutib bo‘lmaydi. "Tarbiyachining o‘rni uning faoliyatining barcha sohalarida birinchi o‘rinda turadi. Bu o‘zgarishlar bilimning roli, o‘qitish vazifalari va o‘qitishning bevosita omillari nisbati haqidagi yangi tushunchalar, yangi bilimlarning ta’siri bilan bog’liq. O‘quv jarayonining tabiati haqidagi ilmiy bilimlar, bolaning tabiati haqidagi psixologik bilimlarning ta’siri, ta’lim texnologiyasi, o‘quv jihozlari va jihozlarining o‘rni, o‘qitishda turli xil vositalarni qo‘llash, avtomashinada sinfdan tashqari ishlarni rivojlantirish. Maktabgacha ta’limning madaniy rolini ijtimoiy muhitda qo‘llash". Tarbiyachi fan va kasbdagi yangi kashfiyotlar, jamiyatdagi o‘zgarishlarni kuzatib borishi kerak; ta’limning maqsad va vazifalarini rejalashtirish; amalga oshirish bilan maksimal darajada shug’ullanish; o‘quv jarayonini amalga oshirishning barcha bosqichlarida o‘quv materiallaridan optimal foydalanish; o‘quvchilarning ta’lim va motivatsiyasiga ko‘proq e’tibor berish; o‘qitishda muloqot sifati uchun ko‘proq mas’uliyat; ta’limga AKTni jalb qilish; o‘z amaliyotida tadqiqotlarga ko‘proq jalb qilish va natijada buni rag’batlantirish; asosiy e’tibor ta’limning tegishli darajasini tugatgandan soʻng berilishi lozim; intellektual mustaqillik va isbotlangan tanqidiy ishtirok; ota-onalarga va boshqa manfaatdor tomonlarga o‘quvchilarning muvaffaqiyati va rivojlanishi to‘g’risida hisobot berish; ta’lim amaliyoti va taraqqiyotini rag’batlantirishda tanlov, o‘zgarishlar va ustuvorliklarga olib keladigan ma’lumotlarni taqdim etish uchun tadqiqot va boshqa asosli dalillarni qo‘llash qobiliyati; bolalarga yordam ko‘rsatish va ular bilan hamkorlikda tajriba orttirish bilan shug’ullanadigan boshqa tarbiyachilar va boshqa kasbdagi hamkasblar; para-professionallar va idoralar uchun kasbiy rivojlanish; kasbiy rivojlanish sifatida tegishli xatti-harakatlar; Maktabgacha ta’lim tomonidan talab qilinadigan ma’muriy vazifalarni bajarish.198 Pedagogik–psixologiyada tarbiyachi qobiliyatining cheklangan turlari yo‘q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko‘payib va o‘zgarib turishi mumkin.199 Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o‘zgarmas irsiyat” nasldan – naslga o‘tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan: Pedagog mahoratini oshirish uchun tavsiyalar olimlar tomonidan quyidagicha berilgan va biz ham o‘rinli hisoblaymiz: Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar haqida ma’lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari200, portal tizimi, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg’or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g’oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash). Tajribali ustoz tarbiyachilar faoliyatini o‘rganish (ta’lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali tarbiyachilar faoliyatini o‘rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg’ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir). Tarbiyachi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko‘nikmalarni oshirib borish. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglar)da faol ishtirok etish. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni o‘rganish201. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling