Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
TADQIQOT METODOLOGIYASI
MTMda ish jarayonlarini kuzatar ekanmiz, tarbiyachilarning rivojlanish markazlaridagi mashg‘ulotlar orqali tarbiyalanuvchilarning nutqini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasiga alohida e’tibor qaratdik. Maktabgacha ta’limda nutqni rivojlantirishga tilni tushunish va undan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish sifatida qaraladi. Ayniqsa, fonetik eshitish va talaffuz, so‘z boyligini rivojlantirish, so‘zlarning tarkibini bilish, grammatik kategoriyalar va muloqot qobiliyatlarini shakllantirish intensiv tashkil etiladigan mashg‘ulotlar natijasida amalga oshiriladi. Tilni o‘zlashtirish aqliy rivojlanishning muhim shartidir, chunki ontogenezda bolaning tajribalari umumlashtiriladi va nutq shaklida, birinchi navbatda, so‘zlarning ma’nolarida aks etadi. So‘z boyligini o‘z vaqtida rivojlantirish maktabga tayyorlashning muhim omillaridan biridir. So‘z boyligi yetarli bo‘lmagan bolalar o‘z fikrlarini ifodalash va bilimlar o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, so‘z boyligi keng o‘quvchilar arifmetik masalalarni yaxshiroq yechishadi, o‘qish ko‘nikmalarini, grammatikani oson o‘zlashtiradilar. Tarbiyachi-pedagoglarning bolalar yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, mashg‘ulot tashkil qilishlari eng yaxshi samara berishi ilmiy tadqiqot ishlarida ifodalab berilgan. Jumladan, bolada “2-3 yoshga kelib, o‘zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so‘z ta’siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish lozim. Ularda kattalarga jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko‘nikmasi shakllanadi206”. 3-4 yoshli bolalarda “O‘yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatining dastlabki ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o‘yin faoliyati yetakchi rol o‘ynaydi207”. Ko‘rinib turibdiki, bolaning yoshi ulg‘aygani sayin undagi harakat faollashib boradi va bu xususiyatlar yosh guruhlariga mo‘ljallangan ta’lim dasturlarida o‘z ifodasini topgan. 4-5 yoshli bolada “asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko‘nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo‘ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni o‘zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda serharakat, o‘yinqaroq, o‘ta qiziquvchan bo‘ladi208”. Demak, bunday bolalarni o‘z vaqtida to‘g‘ri ovqatlantirish, belgilangan paytda uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. 5-6 yoshga yetganda bola “miya po‘stlog‘ining asab katakchalari rivojlanib, og‘irligi va tashqi ko‘rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi ravon bo‘lishini ta‘minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo‘lgan taqdirda uning oldini olish choralarini ko‘rish lozim. Bu yoshdagi bolalarda so‘z boyligining rivojlanishiga alohida e‘tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so‘zlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to‘la qondirishi kerak”. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash ko‘nikmalari rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bola hayotining yettinchi yilida “undagi harakatlar ko‘lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o‘zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o‘zini idora qilish va o‘z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘la boshlaydi. Bu yoshdagi o‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat ko‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi209”. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” va “Ilk qadam” o‘quv dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’limni samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. O‘quv dasturida maktabgacha ta’lim muassasasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etishi qayd etiladi. Shu bilan birga rivojlantiruvchi muhit mazmuni sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi: maktabgacha ta’lim muassasasining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy an’analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim; muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim. Albatta maktabgacha ta’limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning ta’lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirishiga, mustahkamlashga va nutq o‘stirishga yordam beradi. Bolalarni o‘z bilimini mustaqil ravishda to‘ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o‘rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Dastur asosida tashkil etiladigan rivojlanish markazlari bolalarda quyidagilarni tarkib toptiradi: o‘zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish; tanqidiy fikrlash; tanlashni amalga oshirish; muammolarni hal eta olish; ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish; odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-olam to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish210. Yuqorida aytilganlarni amalga oshirishda tarbiyalanuvchilarning nutqiy kompetensiyalari talab darajasida rivojlanishi, o‘z fikrini sodda va lo‘nda ifodalay olishi kerak. Rivojlanish markazlarida bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar muhim o‘rin egallaydi. Buning uchun pedagoglar markazlarni mashg‘ulotlar uchun jihozlab, barcha shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim. Quyida rivojlanish markazlaridagi tarbiyachi va bolalar ishtirokidagi o‘quv mashg‘ulotlarining ularning nutqini takomillashtirishdagi ahamiyatini katta guruhlar misolida ko‘rib chiqamiz. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling