Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Mavzu: “Mening oilam” ertagi surati ustida hikoya tuzish


Download 3.1 Mb.
bet148/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

Mavzu: “Mening oilam” ertagi surati ustida hikoya tuzish
Maqsad: Og‘zaki nutq rivojlanadi, faol suhbatga kirishadi, oila a’zolari haqida gapirib bera oladi, hikoya qilib berish jarayonida o‘z nutqiga e’tiborli bo‘ladi.

  • Kerakli jihozlar: Oilaviy albom, suratlar.

  • Faoliyatning borishi:

  • Mavzu bilan tanishtirish.

  • Rasmlarni tomosha qilish.

  • Rasmlarga qarab qisqa hikoya tuzish.

  • Voqea-hodisani tahlil qilish.

  • Fikrlarini jamlash.

  • Mustaqil hikoya tuzish va do‘sti bilan o‘rtoqlashish.

  • Qo‘shimcha: “Oila” o‘yini, oila haqida maqollarni yod oldirish.

Alohida e’tibor qaratiladi: Mustaqil hikoya tuzish malakasi shakllanganligi, rasmdagi barcha elementlarni e’tibordan chetga qolddirmaganligi.
Mashg‘ulotlarni kuzatar ekanmiz, bu markaz faoliyati orqali bolalar nutqiy kompetensiyalarining rivojlantirilishi aniq maqsadlar asosida amalga oshirilayotganining guvohi bo‘ldik.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar ishtirokida savol-so‘rovnoma o‘tkazdik.
Respondentlar markaz faoliyati va bolalar nutqini takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan fikrga munosabat bildirdilar.
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
Qurilish va konstruksiyalash markazida turli xil va shakldagi qurilish elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan o‘z fantaziyasiga tayangan holda inshootlar bunyod etadilar: misol uchun ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar, ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘p narsalarni o‘zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga, ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni hal etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish mumkin. Ushbu markazga tarbiyachilar va bolalar xohish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoq mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo‘laklarini qo‘shib qo‘yish mumkin.

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling