Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Mavzu: Kuchukcha uchun uycha yasaymiz


Download 3.1 Mb.
bet149/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

Mavzu: Kuchukcha uchun uycha yasaymiz
Maqsad: Bolalarda jonivorlarga bo‘lgan mehrni oshirish. Ular uycha qurishni o‘rganadi, qurish-yasash jamlamasining katta va kichik hajmlarini ajrata oladi, to‘g‘ri tartibda joylashtiradi.
Kerakli jihozlar: qurish-yasash jamlanmasi, turli konstruktorlar va namuna.
Faoliyatning borishi:

  • mavzuga mos rasmni o‘rganish;

  • uycha qurishni rejalashtirish;

  • kerakli jihozni tanlash;

  • faoliyatni boshlash;

  • tayyor bo‘lgan ishni tahlil qilish va nomlash.

Qo‘shimcha: Kuchukcha to‘g‘risida topishmoqlar topish. Ijodiy ish yuzasidan bolalarni rag‘batlantirish.
Alohida e‘tibor qaratiladi: Mayda qo‘l motorikasining rivojlanganligi, buklash jarayonida mo‘ljal olish malakasi, matematik hisob olishiga.
Mavzu: Do‘stim uchun samolyot yasayman
Maqsad: Samolyot haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Lego, mozaika va shakllardan to‘g‘gri foydalana oladi, samolyot yasaydi, mayda qo‘l motorikasi rivojlanadi.
Kerakli jihozlar: Samolyot rasmi, lego, mozaikalar.
Faoliyatning borishi:

  1. Samolyot haqida bolalar fikrini eshitish.

  2. Namuna ishini kuzatish.

  3. Qurish uchun kerakli jihozlarni tanlash.

  4. Samolyot qurish, qurish jarayonida o‘rtoqlari bilan fikr almashish.

  5. Ijodiy ishning mustahkamligini tekshirish.

  6. Bolalar ishlarini baholash.

Qo‘shimcha: Do‘stlik haqida maqollar va samolyot haqida topishmoqlar yod oldirish.
Alohida e‘tibor qaratiladi: Samolyot qurish jarayonida kerakli jihozlardan foydalana olayotganiga, do‘stlari bilan birga hamkorlikda ishlashiga, ijodiy ishini baholashda do‘stlarining fikrini bilishga.
Ushbu markazdagi mashg‘ulotlar bolalar nutqini takomillashtirishga qanday hissa qo‘shayotganini 15 nafar bolani kuzatish asosida aniqladik. Kuzatishlarimiz uchun quyidagi mezonlarni asos qilib oldik:

  • Bolalarning yangi so‘zlarni o‘rganish darajasi.

  • Ot so‘zlardan foydalanishi.

  • Sifat so‘zlardan foydalanishi.

  • Son so‘zlardan foydalanishi.

  • Fe’l so‘zlardan foydalanishi.

  • Tinglab tushunish darajasi.

  • O‘z fikrini bayon qila olish darajasi.


Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling