Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shifokorlar bizning yordamchilarimiz. “Kimdir kasal bo‘lsa”
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz
(Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar). Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazida bolalarda haqiqiy hayotdan olingan kichik sahna ko‘rinishlarini o‘ynashga xohish-istak uyg‘otish uchun albatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar bo‘lishi zarur. Bular bolalarda atrofda nimalar sodir bo‘layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda o‘z o‘rinlarini tushunib yetishlariga yordam beradi. Bu markaz bolajonlarning eng sevimli markazlaridan biri hisoblanadi, chunki bolajonlar bunda ertaklar tinglab, ertakdagi qahramonlarga taqlid qilib, uning rolini bajaradilar. Kimdir Kenja botir, kimdir Zumrad rolini, yana kimdir quvnoq quyoncha rolini bajarishni istaydilar. “Avtobus” Maqsad: Avtobuslar turar joylari haqida tushuntirib beradi, avtobus turar joydagi ishchi-xodimlar haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. Jamoat joylarida o‘zini tuta oladi. Transport vositalarining xavfli ekanligini tushunadi. Transport turlarini farqlaydi. Kuzatish, tahlil qilish, xulosa chiqarish malakasiga ega bo‘ladi. Jihoz va materiallar: haydovchi kiyimi, salon va o‘rindiqlar. Faoliyatning borishi: Bolalar orasida rollarni taqsimlash. Bolalar bilan sayrga borish joyini rejalashtirish va haydovchilar bilan uchrashish. “Avtobusda ketayapmiz”, sahnasini o‘ynash. Sahnalashtirilgan o‘yin haqida suhbat. Qo‘shimcha qism: Tarbiyachi bolalar bilan avtobus chiptalarini chizib, ular orasida chiptachi, yo‘lovchi orasidagi farqni aniqlaydi. E’tiborga molik jihati: Bolalarning haydovchi bilan muloqotga kirisha olishi. Mantiqiy fikrlash qobiliyati. Hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rganishi. Shifokorlar bizning yordamchilarimiz. “Kimdir kasal bo‘lsa” Maqsad: Shifokor kasbi bilan tanishish. Ayrim tibbiyot uskunalar nima uchun ishlatilishi to‘g‘risida tushunchaga ega (harorat o‘lchagich, shprits, stetoskop va h.k.) Jihoz va materiallar: shifokor uchun kerakli bo‘lgan bolalar to‘plami, shifokor to‘plami, qo‘g‘irchoqlar. Faoliyatning borishi: Rollarni mustaqil ravishda taqsimlaydi (shifokor, ona qizi bilan va h.k.) O‘zi o‘ylab topgan ssenariyni sahnalashtiradi. 3.Mazkur mavzu bo‘yicha rollar bilan almashadi va yangi syujetni sahnalashtiradi. Nimaga e’tibor berish lozim: o‘yin davomida bolalarning o‘zaro munosabati; o‘yin ishtirokchilariga emotsional munosabat; faol bo‘lmagan bolalarning o‘yindagi ishtiroki. San’at markazi va syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz faoliyatini kuzatish orqali asosiy e’tiborni mashg‘ulot olib boruvchi pedagoglarning dars jarayonidagi ta’lim samaradorligini oshiruvchi usullardan qay darajada foydalanayotganliklariga qaratdik va quyidagi mezonlar asosida qiyosiy tahlil qildik: Tarbiyachining interfaol usullarni bilish darajasi. Darsda didaktik materiallarni qo‘llay olish mahorati. Bolalarning tinglab, tushunishlariga e’tibor berishi. Tarbiyalanuvchilar tomonidan nofaol lug‘atni faol lug‘atga aylantirish jarayoni. Savol-javobdan foydalanish mahorati. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling