Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
XULOSA VA TAKLIFLAR
Agar bola kichik yoshidan boshlab to‘g‘ri gapirishga (so‘zlashishga) o‘rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya’ni avval tasavvur etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo‘ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Ko‘pgina tajribalar shuni ko‘rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola to‘liq shaxs sifatida kamol topmaydi214. Demak, tarbiyachi har doim shuni esda tutishi kerakki, nutq bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda barcha muhim jarayonlar rivojlanishiga ko‘maklashuvchi vositadir. Bolaga ona tilini o‘rgatish bilan bir vaqtda, ularni maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun zamin tayyorlanadi, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o‘rgatiladi. Bolalar bog‘chasining barcha tarbiyaviy-ta’limiy ishlarida bolalarga ona tilini o‘rgatish orqali ularning nutqi o‘stiriladi. Ayniqsa, nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida har bir bolaning nutqini rivojlantirish bo‘yicha ishlar rejalashtiriladi. Bolalarga barcha mashg‘ulotlarning mazmuni faqat ona tili orqali singdiriladi. „Ona tili, - deb ta‘kidlagan edi K.D. Ushinskiy, - har qanday taraqqiyotning asosi, butun bilimning xazinasidir. Har qanday tushunish undan boshlanadi, u orqali o‘tadi va unga qaytadi“. Kuzatuvlarimizga asoslanib, maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘rta va katta guruhlarida tarbiyachi bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirishi kerak: Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o‘stirish, lug‘atini boyitish. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. So‘zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish. Hikoya qilishga (monolog nutq) o‘rgatish. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Ishni tayyorlashda olib borilgan kuzatuvlar, o‘tkazilgan so‘rovnomalar, solishtirma tahlillar asosida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari uchun bir qator tavsiyaviy xarakterdagi quyidagi fikrlarni keltirib o‘tmoqchimiz: Bolalar bilan muloqot qilishda narsalar nomlarini va so‘zlarni buzmasdan, to‘g‘ri aytish, bolalarga talaffuzi qiyin bo‘lgan va nisbatan uzun so‘zlarni aytishni mashq qildirish va buning uchun o‘yin uslubidan foydalanishlari zarur. Bolalar kattalar nutqini tushunishlari uchun ular so‘zlovchining yuzini va uning qo‘l harakatlarini ko‘rishlari, uning gaplarini tushunishlari va to‘g‘ri javob berishlari darkor. Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni o‘rgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egallashga jalb qilish kerak. O‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga bir tizim sifatida qarash kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini ta’limning interfaol usullari haqida uslubiy ko‘rsatmalar bilan ta’minlash kerak. Tarbiyachilarning axborot texnologiyalari bilan ishlashlari samaradorligini kuchaytirish kerak. Shunday qilib, rivojlantirish markazlarida bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha har bir ish jarayoni bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu borada yuqorida bayon etilgan fikr va xulosalarning har biri o‘zining ta’limiy va tarbiyaviy jihatiga ega. Nutqni rivojlantirish jarayonida shaxsning axloqiy sifatlari shakllantiriladi, aqliy va estetik tarbiyaning muhim vazifalari hal etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling