Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet157/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

ISSN: 2181-1695

OAK: 01-08/1819/6

www.herald.uz



MAKTABGACHA 6-7 YOSHLI BOLALARNI ELEMENTAR MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY TEXNОLOGIYALARI
Rustamova Madinaxon
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

MAQOLA HAQIDA

ANNOTATSIYA



Qabul qilindi: 24-may 2022-yil
Tasdiqlandi: 26-may 2022-yil
Jurnal soni: 3
Maqola raqami: 15
DOI: https://doi.org/10.54613/001150

Maqolada maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limining asosiy didaktik tamoyillari va o‘yinlar, bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish, predmetlar miqdorini idrok qilish, matematik fikrlashni rivojlantirish va o‘qitishni tashkil etish shakllari, esda saqlab qolish va taqqoslashning o‘ziga xos xususiyatlari tahlili o‘rganilgan. Sanash faoliyatining rivojlanishdagi bosqichlari, vaqtni idrok etish, bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar, oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan metodik ishlarni rejalashtirish kabi masalalar ochib berilgan.



KALIT SO‘ZLAR

Elementar matematika, maktabgacha ta’lim, matematik tasavvur, geometrik shakllar, didaktik o‘yinlar






KIRISH

Ta’lim-tarbiya va ilm-fan taraqqiyoti har qanday mamlakatning ertangi kunini, istiqbolini belgilab beruvchi asosiy ustundir. Shu bois yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar, barcha sa’y-harakatlar ta’lim sifati hamda natijadorligini ta’minlashga qaratilganligi bilan yanada ahamiyatlidir.
Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimining ilk poydevori qo‘yiladigan maktabgacha ta’lim sohasini yangi pog‘onaga olib chiqish, bolalarning iqtidori hamda salohiyatini ilk yoshlardanoq to‘g‘ri yo‘naltirish borasida juda ko‘p tashabbuslar hayotga tatbiq etilmoqda va bu sa’y-harakatlar bolalar ta’lim-tarbiyasida o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
Jumladan, Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil topishi, Prezidentimizning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli qarori215, “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori216, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni, 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”217 kabi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimidagi ishlar sifati va samaradorligini oshirishda
alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish masalasi ilmiy asoslangan metodik tizimga ega. Ularning asosiy elementlari maqsad, mazmun, metodlar, ishni tashkil etish shakli va usullari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bular orasidagi asosiy maqsad tasavvurni shakllantirishga qaratiladi. Matematik tushunchalarni shakllantirish - inson ijodiy faoliyatining butun qismi maqsadli amalga oshiriladigan pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi – bolalarga faqat matematikani o‘rgatishgina emas, balki ularni hayotga tayyorlash, mustaqil fikrlash, o‘zlarining hayotdagi o‘rinlarini topa olishlariga yordam berishdan iborat. Ilk matematik tushunchalarga ega bo‘lish kelgusida bolalarning juda ko‘p fanlarni qiyinchiliksiz o‘rganishlariga yo‘l ochadi, hisob-kitobni o‘rgatibgina qolmay, ularni fikrlash, miya imkoniyatlarini ishga solish, tafakkur qilishga undaydi. Masala va misollar kichik to‘siq hisoblanib, matematika kelajakda to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beradi, tartibga, to‘g‘ri va noto‘g‘rini ajratishga o‘rgatadi.
Bolalarda elementar matematik tushunchalarni shakllantirish muammosini to‘g‘ri hal qilish bu jarayon mohiyatini to‘la anglab tushunishni talab qiladi. Jarayon mohiyatini anglash, uning asosini tashkil etuvchi tayanch tushunchalarni sharhlash kerak bo‘ladi. O‘rganilayotgan muammoning mohiyatini yoritishda bolalardagi qiziqish asosiy ro‘l o‘ynaydi218. Qiziqish aqliy rivojlanish uchun maxsus yaratilgan hamda o‘zining yechimi uchun topqirlikni talab qiladi. Buning barchasi taqqoslash, tahlil qilish, analiz, sintez kabi fikrlash jarayonlarining rivojlanishiga imkon beradi.
Qiziqish bu – insonning o‘ziga xos psixologik xususiyati bo‘lib, muayyan faoliyatni tashkil etish va o‘rganishga qaratilgan. Kognitiv qiziqish – bu o‘rganishga jalb qilish, bolalarning tafakkurini kengaytirish, ishtiyoq bilan ishlash vositasi hisoblanadi. Predmet yoki hodisaning mohiyatini o‘rganish, anglash yoki bilishga bo‘lgan qiziqishning shakllanishi ham psixologik hodisa va ayni paytda ta’lim samarasi sifatida ko‘rinadi.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling