TADQIQOT NATIJALARI
Maktabgacha yoshdagi muhim faoliyatlardan biri muloqotdir. Bu shaxsning rivojlanishi uchun zarur shart hisoblanadi. Shu sababli, pedagog va bolaning vazifasi bu faoliyatni maxsus tashkil etish, uning ichida hamkorlik muhiti, o‘zaro ishonchni yaratishdir. Muammoni hal qilishning yo‘li esa tarbiyachi va bolalar tomonidan interfaol usullardan foydalanish. "Interfaol usullar" konsepsiyasining ma’nosi "uslub" va "interfaol "tushunchalaridan iborat. Uslub – pedagogik muammolarni hal qilish uchun pedagog va ishtirokchilarning maqsadli o‘zaro ta’siri. "Interaksiya" tushunchasida ikkita atama mavjud: "Inter" - "harakat" - o‘rtasida kengaytirilgan faoliyat. Interfaol ta’lim, birinchi navbatda, bolalarning ta’lim muhitiga ta’sir amalga oshiriladigan tajriba sohasi sifatida xizmat qiluvchi ta’lim muhitiga asoslangan muloqot ta’limdir.1030
SUHBAT METODI TAHLILI
Tadqiqotlar natijasida o‘rganilgan suhbat metodi orqali quyidagicha tahliliy xulosaga ega bo‘ldik.
Natijalarga ko‘ra, tarbiyachi-pedagoglarning aksariyati mashg’ulot jarayonida interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanishar ekan. Bu esa ta’lim jarayonida pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish, bolalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish, bolalarning o‘quv mashg’ulotlarini puxta egallashlari, ulardagi mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi. Pedagog-tarbiyachilar interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, zamonaviy ta’limning to‘g’ri yo‘nalganlik darajasida ishlash ko‘nikmalarini asoslab beradi.
5-rasm. Pedagog-tarbiyachilarning interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligini aniqlash ko‘rsatkichlari.
Aksariyat ishtirokchilar bu jarayonni tashkil etishda yosh guruhlarining chegarasi mavjud emas, degan fikrni bildirishdi.
6-rasm. Interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish natijalari.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, mashg’ulot jarayonida qo‘llaniladigan metodlardan eng ko‘p foydalanilgan va yetarlicha samara beradigani bu – Aqliy hujum metodi. Sababi bu jarayonda bolaning bor diqqat-e’tibori va fikri bir nuqtaga jamlangan bo‘ladi, natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-gʻoyalarning shakllanishiga olib keladi va barcha ishtirok etadi; fikr-gʻoyalar vizuallashtirilib boriladi; boshlangʻich bilimlarini tekshirib koʻrish imkoniyati mavjud bo‘ladi; mavzuga esa qiziqish uygʻotishi bilan boshqa metod turlaridan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |