Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


-rasm. Rivojlantiruvchi markazlardan ixtiyoriy foydalanish yutuqlari


Download 3.1 Mb.
bet19/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

7-rasm. Rivojlantiruvchi markazlardan ixtiyoriy foydalanish yutuqlari.

Demak, bolalarga rivojlantiruvchi markazlardan foydalanish imkonini cheklash mutlaqo mumkin emas, chunki bola qiziqishlariga ko‘ra markazlarni ixtiyoriy tanlashi lozim. Agarda biz uning ehtiyojlarini majburiy holatda markazlarga yo‘naltiradigan bo‘lsak, undagi tanlov erkinligi va to‘g’ri qaror qabul qilishni chegaralab qo‘yamiz.


Chunki bola shaxsini shakllantirish uning ilk yosh davridan boshlanadi va bolaning ta’lim-tarbiya jarayonida uzluksiz ravishda amalga oshiriladi. Tarbiyachilar ta’limda har bir yosh davriga xos interfaol ta’limni qo‘llash bola shaxsini rivojlantirishda muhim omil ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.


8-rasm. Interfaol ta’limni tashkil etishda AKT vositalarining
o ‘rni.


9-rasm. Interfaol texnologiyalardan foydalanishning kun qismlari bo‘yicha tahlili.

Xulosa o‘rnida, tarbiyachi-pedagoglar ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatni tashkillashtirishda AKTning barcha turlaridan qisman bo‘lsa ham foydalanishar ekan. Lekin qolgan turlariga qaraganda videofilmdan foydalanish ko‘proq samara berishini kuzatdik. Chunki bolalarning qiziqishlari va fikrlash dunyosi rang-barang va xilma-xildir. Uni shakllantirish uchun aynan AKTning videofilm turi yetarlicha samara beradi, ya’ni unda bolaning diqqatini tortadigan musiqali, qiziqarli namoyishlar, yorqin tasvirlar va harakatlar ketma-ketligi batafsil yoritilgan bo‘ladi.


Natijalarga ko‘ra, tarbiyachilarning aksariyati ya’ni 70% dan yuqorisi TRIZ texnologiyasi haqida ma’lumotga umuman ega emas. Agar bu texnologiyani ta’lim jarayoniga olib kiradigan bo‘lsak, quyidagicha natijalarga erishishimiz mumkin:

  1. Bolalarda mustaqil fikr yuritish va o‘z nuqtai nazarini himoya qilishga intilish hissi paydo bo‘ladi;

  2. Bolalardagi xulqning steriotiplarini yengish hissi paydo bo‘ladi;

  3. Yangi ma'lumotlarni o‘rganish va qabul qilish istagi rivojlanadi;

  4. So‘z erkinligi paydo bo‘ladi.

  5. Bola dastlab oson vazifalarni yengish, asta-sekin esa qiyin vaziyatlardan chiqish yo‘lini topishni o‘rganadi.

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvda interfaol texnologiyalardan foydalanishni kunning 1-yarmida olib borgan ma’qul, chunki bu paytda bolalar faoliyatini ko‘proq ta’limiy maqsadga jalb etish yetarlicha samara beradi, ya’ni bolaning mashg’ulot jarayonida diqqati va tafakkuri bir nuqtaga jamlangan bo‘lib, bu jarayonda bolaga ta’sir etish nisbatan oson. Interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish an’anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tez va sifatli hisoblanadi. Ushbu texnologiyalar bilimlar bilan rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o‘zgartiradi, o‘rganilayotdan mashg’ulotning mazmunini chuqurlashtiradi va har bir tarbiyalanuvchi uchun ta’lim olish imkonini sezilarli darajada kengaytiradi.
Interfaol texnologiyalardan foydalanishni har bir mashg’ulotning didaktik vazifalaridan kelib chiqib tanlash kerak. An’anaviy ta’lim shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman uslublar bilan boyitish tarbiyalanuvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshiradi.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling