Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet20/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

TADQIQOT MUHOKAMASI
Interfaol ta’limning maqsadlaridan biri - ta’lim oluvchining muvaffaqiyatini, intellektual qobiliyatini his etadigan qulay ta’lim sharoitlarini yaratishdir, ya’ni bu o‘quv jarayoni samarali tashkil qilinadi. Interfaol ta’lim samarali muloqotni o‘z ichiga oladi, chunki u o‘zaro yordam, o‘zaro tushunishni talab qiladi va muammolarni birgalikda hal qilishga jalb qiladi.1131
Biz MTTlarida quyidagi interfaol usullardan foydalanib, yetarlicha xulosa olamiz:

              1. Individual shakl – har bir bolaning vazifasini mustaqil ravishda bajarishini bildiradi.

              2. Juftlik shakli esa birgalikdagi vazifalarni hal qilish uchun ishlatiladi.

              3. Guruh yondashuvida bolalar kichik guruhlarga bo‘linadi, agar vazifa bir vaqtning o‘zida barcha ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilsa, bu shakl jamoaviy deb ataladi.

Ta’limning ushbu interfaol shakllari faoliyatning samarali va mazmunli bo‘lishiga yordam beradi. Tadqiqotlarda keltirilishicha, olimlar U.N. Nishonaliyev, B.L. Farberman, V.P. Bespalko, M. Ochilov, N.N. Azizxodjayeva, N. Saidahmedov, M.V. Klarin, V.A. Slastenin, S.K. Ismagulova, O‘.Tolipov va boshqalarning ta’riflarini umumlashtirgan holda pedagogik texnologiya “Pedagogik faoliyat muvaffaqiyatini kafolatlay oluvchi hamda tarbiyalanuvchi shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon loyihasi” deb yuritila boshlandi.
Olimlar olib borgan izlanish natijasida Interfaol ta’limni yaratish birinchi navbatda, bolalarning ta’lim muhitiga, pedagog va bolaning o‘zaro ta’siri amalga oshiriladigan tajriba sohasi sifatida xizmat qiluvchi ta’lim muhitiga asoslangan muloqot ta’limidir, deya e’tirof etiladi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish, yangi sifat darajasiga o‘tish innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqmasdan amalga oshirilmaydi. Innovatsiyalar bolaning shaxsiyatiga, uning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan yangi usullar, shakllar, vositalar, texnologiyalarni aniqlaydi. Bunga ko‘ra, A. M. Matyushkin, T.V. Kudryavtsev, M.I. Maxmutov, I.Ya. Lerner, M.M. Levi va boshqalar faol usullar bo‘yicha tadqiqotlar, birinchi navbatda, maktab o‘quv materiallarida olib borildi, bu esa maktabgacha ta’limda faol usullarni joriy etishni qiyinlashtiradi, chunki u muayyan moslashishni talab qiladi, degan fikrga kelindi.
Shunday qilib, o‘qitishning faol usullarini ishlab chiqish va joriy etish ilmiy bilimlarning turli sohalarida taqdim etilgan va ko‘plab pedagoglar va psixologlar tomonidan o‘rganilgan, ammo maktabgacha ta’lim sharoitida faol o‘qitish usullaridan foydalanish yetarli darajada o‘rganilmagan, bu esa ushbu mavzuning dolzarbligini oldindan belgilab beradi.1232

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling