Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Atoqli bolalar adibi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir kitob va kitobxonlik haqida to‘xtalib shunday degan edi “Umrim davomida inkor qila olmaydigan haqiqatim shuki, kichkintoylarning to‘g‘ri yo‘lni topib dunyoqarashini shakllantirish, axloq-odobini yo‘lga solishda kitobdan-da muhimroq narsa yo’q ekan shuning uchun ham ota-onalarning birinchi vazifasi o‘z farzandida kitobga mehr uyg‘otishir. Ertak va hikoyalar bolalarning ma’naviy kamolotini ta’minlashga xizmat qiladi va bolalarni asar qahramonlanning xatti-harakatlarini mustaqil baholashga, ularning ayrim ma’naviy sifatlari (yaxshilik-yomonlik, jasurlik-qo`rqoqlik)ni tushunishga, ruhiy kechirmalar (xursandchilik, hafachilik)ni his qilishiga o`rgatadi. Z.А.Gritsenkoning taʼkidlashicha, bolaning kitoblar va badiiy adabiyotlar bilan birinchi tanishuvi u oʼqishni oʼrganishidan oldin boshlanadi. Bolani oʼqish, soʼzlar va jumlalarni tuzishga oʼrgatish – bu usulni oʼzlashtirishi kerak degan fikrlarni ilgari suradi. Z.А.Gritsenko, tinglovchi bolani kitobxon deb hisoblaydi. Аmmo kichkina kitobxonnning taqdiri kitobni olib, yozuvchi va tinglovchi oʼrtasida vositachiga aylanadigan kattalarga bogʼliq. Kattalar bolani oʼqishga jalb qilishi uchun u oʼzi oʼqishni yaxshi koʼrishi, adabiyotlarni oʼqishdan zavqlanishi kerak. Kattalar uchun badiiy adabiyotni oʼqiyotganda, tasvirlangan voqealarning murakkabligini tushunish, ular tomonidan olib borilishi, bundan tashqari, ularning fikrlari, his-tuygʼulari, hissiyotlari va tajribalarini kichik bolaga yetkazish imkoniyati boʼlishi kerak.41 S.Jumaeva va Z.Usmonovalarning tadqiqotlari oʼzbek xalq ertaklarida hayvonlar haqidagi ertaklar alohida guruhni tashkil etishini, shuningdek, novellistik ertaklar ham talaygina ekanligini yorqin tasdiqlaydi. Аna shu mulohazalarga tayanib, hozircha oʼzbek ertaklarining uch ichki turini farqlab oʼrganmoq maʼqul topildi. Bular quyidagilar: 1. Sehrli-fantastik ertaklar. 2. Hayvonlar haqidagi ertaklar. 3. Maishiy-hayotiy ertaklar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling