Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
-rasm. Olimlar tomonidan ertaklarning turlarga ajratilishi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qib berish metodi
1-rasm. Olimlar tomonidan ertaklarning turlarga ajratilishi942
Eng yaxshi adabiy namunalar asosida insonparvarlik ruxida tarbiyalangan bolalar oʼz hikoyalarida va ertaklarida mazlumlar va zaiflarni ximoya qilish, yomonlarni jazolash orqali oʼzlarining adolatparvarligini namoyon qilishini oʼz ilmiy risolalarda qayd etgan. Pedagog va psixologlar tomonidan olib borilgan tajribalar natijalariga koʼra, 1 yoshdan 7 yoshgacha boʼlgan bolalar bilan kitob oʼqishda samarali boʼlgan vaqt hajmi aniqlangan boʼlib,kitob mutolaasi uchun sarflanayotgan vaqtning shaxsga xos boʼlgan psixologik, fiziologik va jismoniy imkoniyatlarga mos kelmasligi zerikish va toliqishga, natijada qiziqish va ehtiyojning pasayishiga olib keladi. Shu sababli kitob mutolaa qilish jarayonida tarbiyachi va ota-onalar bolalarning psixologik, fiziologik va jismoniy imkoniyatlariga tayanib ish koʼrishlari zarurligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar keltirgan. O‘qib berish metodi O‘qib berish metodi ta’limning og’zaki metodlari turkumiga kiradi, bu metodda badiiy asarni tarbiyachi kitobdan so‘zma-so‘z o‘qib beradi. Asarni o‘qib berish tarbiyachidan adabiy talaffuz me’yorlariga rioya qilishni, shoshilmay, so‘z va gaplarni aniq, gap ohangi to‘xtam, ovoz kuchi sifati, ifodaliligiga rioya qilgan holda o‘qishni talab etadi, bolalarning tinglashi, mazmunini tushunib olishi, adabiy asardagi so‘zlarni aniq eshitishga diqqat qilishni ta’minlaydi. O‘qib berish metodi bolalarda tarbiyachining o‘qib berishiga xavas, ertak kitobni o’qishga qiziqishini orttiradi, kitobdan foydalanishni o’rganib boradi, ularda badiiy nutq, so‘z boyligi ortib boradi. O‘qib berish metodi quyidagi turlarga bo‘linadi: Audio ertaklar eshitirish. Multfilmlar qo‘yib berish Ertak o‘qib berish Ertak kitobni qayta o‘qib berish Ertakni to‘liq yoki qisqartirib o‘qib berish Tanlab o‘qib berish, yani ertakning eng muhim o‘rinlarini: ertak qaxramoni, obraz nutqini, uning xususiyatini ifodalovchi qism. Ertak mazmuniga mos bo‘lgan rasm, illyustratsiyalar ko‘rsatib o‘qib berish. Bunda bolalar ertak mazmunini eshitish va ko‘rish orqali tushunib oladilar, ertak mazmunini uzoq vaqt yodda saqlaydilar. O‘qib berish metodida tarbiyachi asar muallifining ismi sharifini, ertak nomi, janrini aytib o‘qib berish muhimdir. Masalan tarbiyachi mashg’ulotni Alisher Navoiyning “Sher va durroj” hikoyasini yoki Abdulla Avloniyning “Xo’roz ila bo‘ri” masalini o‘qib beraman deb boshlaydi. O‘qib berish metodi bolalarda badiiy asarni o’qish ishtiyoqini hikoyada qo‘llangan badiiy, tasviriy vositalarni, so‘z va iboralarni eslab qolish va o‘z nutqida foydalanish ko’nikmasini shakllantiradi. O‘qib berish metodi maktabgacha ta’limning barcha bosqichlarida qo‘llanadigan metod hisoblanadi, barcha janrdagi badiiy asarlarni o‘qib berish mumkin. O‘qib berish mashg’uloti quyidagi tartibda tashkil qilinadi: Ertak matni o‘qib beriladi Ertak mazmunini hikoya qilib beriladi Ertakdagi ayrim so’z va iboralarning ma’nosi, talaffuzi tushuntiriladi Ertakni qayta o‘qib beriladi. Ertak mazmuni bo‘yicha tuzilgan savollarga javob beradilar Ertak mazmunini qismlarga ajratilgan yoki to‘liq holda bolalar hikoya qiladilar. Ertaklar olamiga sayoxat bolalar tasavvurini, ularning xayolot olamini, fantaziyasini rivojlantiradi. Eng yaxshi adabiy namunalar asosida insonparvarlik ruxida tarbiyalangan bolalar o‘z hikoyalarida va ertaklarda mazmunlar va zaiflarni ximoya qilish, yomonlarni jazolash orqali o‘zlarining adolatparvarligini namoyon qiladilar. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling