4-rasm Bolalar qanday turdagi ertaklarni o’qib berish lozim deb o’ylaysiz?
“Bolalar qanday turdagi ertaklarni o’qib berish lozim deb o’ylaysiz?” deb berilgan savolimiz natijalariga ko‘ra 44% jahon ertaklarini, 32% o‘zbek ertaklarini, 12% esa mualliflik va klassik ertaklarni o‘qish ma’qul deb ko‘rsatilgan. Zamonaviy ertaklarga esa talab kamligini 1% zamonaviy ertaklar degan javobda ko‘rinib turibdi. Demak, bolalarimizda jahon ertaklarini eshitish va uni tasavvur qilishga bo‘lgan moyillikni, qiziqishni yuqoriligini kuzatishimiz mumkin.
Xulosa:Chunki jahon ertaklari rang-barang rasmlar bilan nashr etiriladi.
Ota-onalar tomonidan jahon ertaklarini o‘qib berilishi avvalo ota-onalarni o‘zlarini undan voqif bo‘lishini talab etadi. Shu bilan birgalikda milliy o‘zbek ertaklarini xorijiy ertaklar bilan taqqoslab tushuntirish borishlari bolani maktabgacha yoshdayoq boshqa xalqlarni hurmat qilishga ular kabi keng kamrovli fikrlashga hizmat qiladi.
MTTda bolalar kitobga qiziqishi uchun qanday kitoblar o’qish tarafdorisiz? so’rovi natijalariga ko‘ra, 36% sarguzasht kitoblarni ma’qullashlarini bildirganlar. Bu esa ota-onalarda bolalarini tasavvur va fikrlashlarini, hissiy emosionalligini, xotirasini keng rivojlanishiga e’tibor qaratayotganliklarini anglatadi. Zamonaviy kitoblarni 26% javobda ma’qullashlari esa bugunni holatini bola tez anglaydigan, bola uchun tanish ma’lumotlar bo‘lishini xoxlayotganliklarini bildiradi. Vatan madxini ifodalovchi kitoblarni ma’qullayman degan javoblari esa 14% da keltirilganligi achinarli xol bo‘lib, bolaga ilk yoshligidan Vatanini sevadigan uni asraydigan qilib tarbiyalashga e’tibor kam qaratilayotganligini ko‘rsatadi.
5-rasm. Ota-ona va tarbiyachilarning bolalarni kitobga qiziqishtirishdagi ertak turlari44
Demak ota-onalarni bola tarbiyasi va kitobxonlik madaniyati borasidagi ko‘nikmalari, bilimlari o‘rta darajani tashkil qiladi, bu esa qoniqarli holat, aslida esa ota-onalar yuqori darajada bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo‘lishlari joiz. Lekin biz olib brogan tajriba-sinov ishlarimizda ota-onalarning o‘zlari kitob o’qimasliklari aniqlandi. Oilada bu madaniyat shakllanmagan bo’lgani uchun bolani kitobxonlikka bo’lgan qiziqishini shakllantirish, ertaklar olamiga jalb qilish pedagog-tarbiyachilar uchun qiyinchilik tug’diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |