Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
ADABIYOTLAR TAHLILI
Yuqorida keltirilgan dalillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston ta’lim tizimining pedagogik amaliyotiga inklyuziv ta’limning joriy etilishi uning dolzarbligiga shubha tug‘dirmaydi hamda insonparvarlashtirish va demokratlashtirishning xalqaro g‘oyalariga mos keladi. Shu munosabat bilan “Maktabgacha yoshdagi bolalar inklyuziv ta’limini takomillashtirish” ilmiy tadqiqot mavzusi dolzarb hisoblanadi. Ushbu ta’lim tizimi borasida bir qator olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Jumladan, Psixolog L.S.Vigotskiy imkoniyati cheklangan bola normal rivojlanayotgan bolalar davrasidan chiqarilmaydigan ta’lim tizimini yaratish zarurligini ta’kidlagan edi. Uning fikricha, maxsus maktab o‘zining barcha afzalliklaridan qat’i nazar, asosan bir kamchilik bilan ajralib turadiki, u o‘z tarbiyalanuvchisi - ko‘r, kar yoki aqli zaif bolani tor jamoaga kiritadi, hamma narsa bolaning nuqsoniga moslashtirilgan, uning e’tiborini o‘z nuqsoniga qaratadigan va uni haqiqiy hayotga kiritmaydigan berk dunyoni yaratadi. Qisqa qilib aytganda, maxsus maktab bolani alohida ajratilgan olamdan chiqarish o‘rniga, unda o‘z qobig‘iga yanada kuchliroq o‘ralishga eltuvchi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Shu tufayli ham L.S.Vigotskiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolani tarbiyalashning asosiy vazifalari uni hayotga olib kirish va uning nuqsoni o‘rnini boshqa biron-bir yo‘l bilan to‘ldirishdan iborat, deb hisoblagan. Shunday qilib, L.S.Vigotskiy birlashtirilgan ta’lim g‘oyasini birinchilardan bo‘lib asoslagan. Keyinchalik uning g‘oyasi G‘arbiy Yevropa va AQSh maktablarining ish amaliyotida ro‘yobga chiqarildi.48 Lin Ang, Lasse Lipponen va Sirene Lim May Yin tomonidan so‘nggi o‘n yil ichida rivojlangan Singapurning erta bolalik davridagi g‘amxo‘rlik va ta’lim muhitini tanqidiy aks ettirib, ta’limni inklyuzivlik yani ijtimoiy tenglik yo‘li sifatida tasavvur qilish va chinakam inklyuziv jamiyat qurish, yosh bolalar hamda oilalarning turli ehtiyojlarini qondirish uchun siyosat va amaliyotda erta bolalikning rolini yanada rivojlantirish uchun tanqidiy tahlillar olib borilgan.49 W. Catherine Cheung, Michaelene M. Ostrosky, Paddy C. Favazza, Melissa Stalega, Hsiu‑Wen Yanglar maktabgacha yoshdagi nuqsonli bolalarning yirik va mayda motorika ko‘nikmalarini o‘rganish va bolalarning sog‘lom rivojlanayotgan tengdoshlari bilan jismoniy mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyatlarini qanday tashkil etish va yaratish ko‘nikmalarini maktabgacha ta’lim mutaxassislariga samarali usullar yordamida amalga oshirish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgan.50 Francis R. Ackah-Jnr, Hyacinth Udah kabi Avstraliya olimlari esa inklyuziyani bolalar ta’limiga qancha erta olib kirilsa, buning samarasi yuqori bo‘lishi hamda pedagoglarning inklyuziv kompetentligini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib brogan.51 Italiya olimlari Dario Ianes, Heidrun Demo, Silvia Dell’Anna tomonidan nogironlikning individual-tibbiy modelining maktab amaliyotiga doimiy ta’siri, imkoniyati cheklangan bolalarni sog‘lom bolalarga qo‘shish uchun imkoniyatlar va qo‘shimcha resurslarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar atroflicha o‘rganilgan.52 V. D. Eremeyeva va T. P. Xrizmanlarning fikriga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda, ularning psixik funksiyalari faol rivojlanishda davom etayotganligini hisobga olib, individual tarzda va kichik guruhlarga bo‘lib interfaol o‘yin metodlaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Chunki o‘yin, o‘yinchoqlar, ertak va ijodiy faoliyatning boshqa turlari bolalardagi individuallikni juda faol rivojlantiradi. Bu yoshdagi bolalarni o‘qitishda sinf-dars shaklidan emas, balki interaktiv o‘yin metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.53 O‘zbekistonda inklyuziv taʼlim mavzusiga katta eʼtibor qaratgan, nogironligi bo‘lgan va АEBlarni umumtaʼlim – inklyuziv taʼlim jarayoniga kiritish uslublarini tatbiq etgan, “Inklyuziv va maxsus taʼlim” uslubiy qo‘llanmasi va inklyuziv taʼlim konsepsiyasi muallifi p.f.n. professor R. Sh. Shomaxmudova ilmiy tadqiqotlarida xorijiy tajribalarga tayangan holda integratsiya va inklyuziv taʼlim strategiyasini jahon miqyosida nazariy va amaliy qo‘llab-quvvatlanishini ochib bergan.54 N. Sh. Abdullayevaning maktabgacha ta’limni kreativ yondashuv asosida takomillashtirishga bag‘ishlangan dissertatsiyasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish uchun o‘quv dasturlarida bolalarning yoshi, psixologik va intellektual jihatlarini inobatga olish, ta’limni individuallashtirish va differensiyalashga asoslangan texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida yetarli darajada foydalanish, bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan metodik ta’minotni ishlab chiqish va amalda joriy etish zaruriyatini asoslab berdi.55 G. M. Nazirova “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan yoshga doir jihatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, bu yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati – o‘yin. To‘g‘ri tashkil etilgan o‘yinda esa bolaning jismoniy, aqliy va shaxsiy sifatlarining rivojlanishi, o‘quv faoliyatiga tayyorlik shakllanishi va maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy muvaffaqiyatini ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi”56, - deya fikr bildirgan. TADQIQOT METODOLOGIYASI Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling