Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
-rasm. Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm: Inklyuziv ta’limga kiritiladigan alohida ehtiyojli bolalar 58
1-rasm. Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari57
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining yangi me’yoriy-huquqiy bazasiga muvofiq, inklyuziv ta’lim barcha bolalarning individual imkoniyatlaridan, ta’lim yutuqlaridan, ona tilidan, madaniyatidan qat’iy nazar, istisnosiz ta’lim-tarbiya va rivojlanish imkonini beradigan innovatsion jarayondir. Inklyuzivlikning joriy etilishi ta’limni yanada insonparvarlashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning arzon va sifatli ta’lim-tarbiya olish huquqlari tan olinishi, yangi tipdagi professional pedagogik hamjamiyatni shakllantirishni ta’minlaydi. Inklyuziv ta’limning joriy qilinishi quyidagi xalqaro tamoyillarga asoslanadi (1-rasm). I nklyuziv taʼlim tashkilotlariga imkoniyati cheklangan bolalarning yengil darajasi 2020-yil 13-noyabrdagi “Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takominlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 23-sentabrdagi “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etish hamda ushbu ta’limga muhtoj bolalar tarkibi va inkyuzivlik darajasi batafsil ta’kidlab o‘tilgan (2-rasm). 2-rasm: Inklyuziv ta’limga kiritiladigan alohida ehtiyojli bolalar58 Shu bilan birga, barcha bolalarni ommaviy ta’lim tizimiga jalb qilish mumkin emas. Inklyuziv ta’lim uchun tavsiya etilmaydigan toifaga og‘ir jismoniy va aqliy nuqsonlari bo‘lgan bolalar kiradi. AEBlar maktabgacha ta’lim tashkilotiga kirganda, uning moslashishi va keyingi ijtimoiylashuvi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi. Bunday bolalarning ijtimoiylashuvi uning odatiy muhitga qo‘shilishida muhim ahamiyatga ega. Biz bilamizki, bunday bolalar ko‘pincha ommaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kiritilganda tengdoshlari bilan ta’lim-tarbiya jarayonida qiyinchiliklarga duch keladi. Chunki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida haligacha AEBlar uchun tuzatish va rivojlanish muhitining moslashtirilgan dasturlarining yo‘qligi, MTT mutaxassislarining "maxsus" bolalar bilan ishlash tajribasining yetishmasligi kabi holatlar mavjud. Bu kabi qator muammolardan kelib chiqqan holda muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan inklyuziyani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlar: “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 20-moddasida alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda, barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida tahsil olishdagi teng imkoniyatlarni ta’minlashga e’tibor qaratilishi qayd etilgan. Shu asosda jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etildi. 2020-yil 13-oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror59 qabul qilganligi va amaliyotga tadbiq etilayotganligi AEBlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatini ta’minlaydi. Yuqorida berilgan rasm tahliliga nazar tashlaydigan bo‘lsak, segregatsiyadan inklyuziyaga ya’ni tibbiy modeldan ijtimoiy modelga o‘tish muhimligi, bugungi zamonaviy dunyo ta’limida eng samarali tizim inklyuziya ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Segragatsiya rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ajratib ko‘rsatishni nazarda tutadi. Integratsiya esa AEBlarni ommaviy ta’lim-tarbiya tashkilotlariga olib kirishni bildirsada, alohida guruhlar tashkil qilinib, rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘sha guruhda o‘qitilishini ma’qullaydi. Inklyuziv ta’lim sog‘lom va alohida ehtiyojli bolalarni bitta guruhda ta’lim-tarbiya olishini nazarda tutadi. Shubhasiz, inklyuziv ta’lim yanada demokratik jamiyat hamda adolatli va sifatli ta’lim tizimini qurishga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar inklyuziv ta’limini rivojlantirish nogiron bolalar va ularning ota-onalari (bola oilada yashash va normal rivojlanayotgan tengdoshlar muhitida tarbiyalanish imkoniyati), jamiyat (ijtimoiy segregatsiyani bartaraf etish va ijtimoiy rivojlanish darajasini barqarorlashtirish) hamda davlat (nogiron bolalar uchun qonun bilan mustahkamlangan ta'lim huquqlarini ta'minlash), ya’ni ta’lim xizmatlarining barcha ijtimoiy qatlam guruhlari uchun ochiq bo‘lishini ta’minlaydi. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling