Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


-rasm. Umumiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida alohida ehtiyoji bo‘lgan bolalar mavjudligi ko‘rsatkichi


Download 3.1 Mb.
bet38/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

6-rasm. Umumiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida alohida ehtiyoji bo‘lgan bolalar mavjudligi ko‘rsatkichi62

Ushbu rasm tahlilidan inklyuziv ta’limga bolalar qamrovi yuqori darajada ekanligi ma’lum bo‘ldi. Imkoniyati cheklangan bolalar maxsus internatlarda taʼlim-tarbiya olishi ularni o‘z oilasidan uzoqda boʼlishga majbur qiladi. Inklyuziv ta’limni qo‘llashning afzalligi shundaki, maxsus ta’lim muassasalari mavjud bo‘lmagan joylarda ham alohida ehtiyojli bolalarning umumiy maktabgacha ta’lim tizimiga to‘liq jalb qilinishiga imkoniyat yaratiladi.




7-rasm. Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim berishda tarbiyachiga mutaxassislar tomonidan beriladigan yordam izohi63

Yuqoridagi rasm tahlili natijasida rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlaydigan tarbiyachilarga yetakchi mutaxassislar (defektolog, logoped, psixolog, resurs pedagog) maslahat berish orqali yordam berishini 60 % tarbiyachi qayd etgan bo‘lsa, 40 % i buni inkor etdi.


Bu muammoning asosiy sababi sifatida mutaxassislar yetishmasligini ko‘rsatishimiz mumkin. Rivojlangan davlatlar – Germaniya, Italiya, Singapurda MTT inklyuziv guruhlarida har bir tarbiyachi yonida assistent faoliyat olib boradi. Ular asosiy pedagoglar bilan bir qatorda o‘quv muassasasidagi barcha tarbiyalanuvchilarining ta’lim sifati uchun javobgardir. Ushbu assistentlarning mutaxassisligi defektologiya, psixologiya yoki logopediya bo‘lishi lozim.64
8-rasm. Alohida ta’limiy ehtiyoji bo‘lgan bolalarga o‘quv dasturlarining moslashtirilganlik darajasi65

Alohida ta’limiy ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun moslashtirilgan dasturlarning yetishmasligi eng katta muammolardan biri hisoblanadi. Inklyuziv ta’limga endigina kirib kelayotganligimiz sababli bunday tizimlar doirasida ilmiy-pedagogik kadrlar va ta’lim tashkilotlarining o‘quv-moddiy bazasidan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq. Respublikamizning bir qator olimlari tomonidan inklyuziv ta’lim uchun maxsus “Moslashtirilgan o‘quv dasturi” alohida ehtiyoji bor 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ishlab chiqildi.66 Ushbu dasturda inklyuziv ta’lim tamoyillari, alohida ehtiyojli bolaga qanday yondashish lozimligi; shuningdek individuallik va tabaqalashtirilgan yondashuv tamoyillari atroflicha yoritilgan. Shu singari moslashtirilgan o‘quv materiallari ko‘proq ishlab chiqilishi va rivojlangan davlatlarda qo‘llaniladigan o‘quv adabiyotlarini milliy tizimga moslab olib kirish inklyuziyaning rivojlanishida muhim sanaladi.


Ushbu rasm tahlilidan ma’lumki guruhdagi bolalar ta'lim-tarbiya jarayonida yordamga muhtoj tengdoshlariga ko‘maklashishi ularda insonparvarlik hissi shakllanayotganligini ko‘rsatadi. Bunda pedagoglar streotiplarni qo‘llashdan qochishlari va guruhdagi bolalar oldida AEBlarning nuqsonlarini sharhlamasliklari lozim hamda nuqsoni bor bolalarga laqab qo‘yish, masxara qilish kabi salbiy munosabatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.


Shuningdek, AEBlar bilan ta’lim-tarbiya olayotgan tengdoshlari o‘rtasida do‘stona munosabatni shakllantirish uchun turli metodlardan foydalangan maqsadga muvofiq.
Masalan: «Kungаboqаr» o‘yini.
O‘yinning maqsadi: bolalar o‘rtasida do‘stona munosabat muhitini shakllantirish.
O‘yin jihozlari: gul bargi shaklida qirqilgan rangli qog‘ozlar. Bolalarning har biri uchun tamg‘asifat rangli qog‘ozdan yasalgan shakllar yoki nakleykalar. Har bir bolaning fotosurati, yelim.
O‘yinnig borishi:

    1. Bolalar uchun yangi o‘yin oʼynalishini maʼlum qilish.

    2. Hamma bolalarga o‘z shaklini rangli qog‘ozdan qirqib olishiga yordam berish.

    3. Har bir bola fotusuratining bosh qismini dumaloq tarzda qirqib olib, alohida A4 formatli qog‘ozning o‘rtasiga yopishtirish.

    4. Har bir bola rasmining atrofiga oldindan tayyorlab qirqib olingan gul barglarini xuddi kungaboqar guli kabi aylana qilib yopishtirib chiqish (bunda bolalar faol ishtirok etadilar).

    5. “Bolalar, qarang, har biringizning rasmingizni gul ichiga joylashtirdik.

Endi har kuni hammangizning mana shu rasmingizni doskaga ilib qo‘yaman. Qolgan bolalar esa agarda rasmi ilingan bola unga biror bir yordam bersa yoki biror bir yaxshilik qilgan bo‘lsa o‘z tamg‘asini uning kungaboqar guli barglariga yopishtirib qo‘yib, rahmat aytadi. Biz kun yakunida har bir boladan bu tamg‘aning nima uchun yopishtirganligini so‘raymiz. O‘yinimiz yakunlanganda har bir bolaning kungaboqarida yopishtirilgan tamg‘alarni sanaymiz. Qani, kimning kungaboqar guli barglarida tamg‘alar ko‘p bo‘ladi”, deyiladi.
M azkur o‘yindan mashg‘ulot jarayoni, jismoniy daqiqalar va mashg‘ulotdan tashqari vaqtlarda foydalanish tavsiya etiladi.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling