Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
TADQIQOT MUHOKAMASI
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish jarayoni nafaqat davr talabi, balki bolalarning arzon ва qulay ta’lim olish huquqlarini to‘liq ta’minlash yo‘lidagi samarali qadamdir. Inklyuziv amaliyot ta’limning u yoki bu turini olishda teng imkoniyatlar va barcha bolalarning individual xususiyatlari, aqliy va jismoniy imkoniyatlaridan qat’iy nazar, istisnosiz ta’limga moslashishiga erishish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. “Inklyuziv ta’lim” konsepsiyasining mazmunini aniqlashning asosiy yondashuvlarini tahlil qilish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, bu barcha bolalarning maxsus ta’limiy ehtiyojlari va individual imkoniyatlarining xilma-xilligidan qat’iy nazar bilim olishdan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlovchi ta’lim jarayonini tashkil etishdir. Har bir bola boshlang‘ich rivojlanish yo‘lini aynan maktabgacha yoshda bosib o‘tishi sababli, ta’lim-tarbiya jarayonini individuallashtirish va psixologik jarayonlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan muhitni yaratishimiz kerak. Bola psixikasini rivojlantirishning potensial imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, bir tomondan, umumiy ijtimoiy farovonlik, ikkinchi tomondan esa, ta’limga individual va differensial yondashuvni hisobga olgan holda pedagogik jarayonni tashkil etish bilan bog‘liqdir. Inklyuziv ta’lim bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim tuzilmalari va mazmunini qayta takomillashtirib, moslashtirishni talab etadi. Odatiy ta’lim tizimini ushbu fotosuratga qiyoslash mumkin. Bunda hamma bir xil imtihon topshirishi lozim: “daraxtga chiqish”. Ayrim hayvonlar tezda chiqadi, ayrimlari esa hatto quruqlikda yashay olmaydi. Inklyuziv ta’lim tizimida ham aynan individual ta’lim yondashuvi shu qadar muhimdir. Demak taʼlim samaradorligi va sifatini taʼminlanishda har bir bola shaxsining individual ruhiy jarayonlaridan kelib chiqqan holda yondashilishi, qobiliyatlari turlari eʼtiborda tutilishi muhim faktor bo‘lib xizmat qiladi. B ugungi kunda O‘zbekistonda turli toifadagi bolalarni umumiy ta’limga o‘tkazish qonuniy asosga ega ekanligini aytishimiz mumkin. Afsuski, qonunda ko‘rsatilgan ijobiy jihatlarning aksariyati qog‘ozda qolmoqda. Ko‘pgina ilg‘or qonun hujjatlarida bo‘lgani kabi, ularni amalga oshirish mexanizmi amalda yo‘qligicha qolmoqda. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling