Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqichda
Birinchi bosqichda bolalarlarning bilim darajasi, qobiliyatini aniqlash bo‘yicha anketa-so‘rovnomalar o‘tkazish va uni tahlil qilish.
Ikkinchi bosqichda birinchi bosqichda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga asosan keng qamrovli (pedagoglar, ota-onalar va tiflopedagoglar, surdopedagoglar) monitoring o‘tkazish. Uchinchi bosqichda olingan ma’lumotlar tahlilini o‘rganib chiqish va uning natijalari yuzasidan rahbariyatga yozma ravishda ma'lumot berish, pedagogik kengashga muhokamaga olib chiqish. To‘rtinchi bosqichda monitoring natijasi asosida olingan ma’lumotlar va kelgusida ta’limiy-tarbiyaviy va korreksion-pedagogik ishlarni har bir AEBlarning imkoniyatidan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirishga tavsiyalar berish. Psixologik monitoring bolalarni shaxsiy xususiyatlari, ta’lim-tarbiya faoliyatining natijalari, bolalarning individual imkoniyatlari, qobiliyati, rivojlanish dinamikasi, o‘quv jarayonida mavjud bo‘lgan qiyinchiliklarni aniqlash hamda shu asosda har bir AEB bilan individual shug‘ullanishni samarali amalga oshirilishda yordam beradi. Umumiy MTTlarida ta’lim-tarbiya olayotgan maxsus ehtiyojli bolalar bilan olib boriladigan qoֹ‘shimcha korreksion rivojlantiruvchi ishlarning samaradorligi aynan bu toifadagi bolalarni ta’lim jarayoni va turli tadbirlarda (sport musobaqalari, san’at, musiqa, mehnat, kompyuter musobaqalari va til o‘rganishda) ishtirok etishida inklyuziv ta’limning o‘rni beqiyosdir. Bolalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga moslashishi hamda ularga o‘rgatilgan bilimlarni amalda qo‘llashlari uchun jamoalar umumiy muhit hisoblanadi. Jamoa a’zolariga quyidagilar kiradi: Oilalarning, tashkilot rahbarlarining va boshqa jamoa a’zolarining MTTni qo‘llab-quvvatlashi hamda unda ishtirok etishi barcha bolalarni MTTga olib kelish va ularning muvaffaqiyatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun yordam berishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, ota-onalar bolalariga MTTda berilayotgan ta’lim-tarbiyani qadrlasalar shunda bolalar ham o‘zlarining bilim olish imkoniyatlarini qadrlaydilar. Bu ularning o‘z tarbiyachilari va tengdoshlariga nisbatan, ayniqsa, kelib chiqishlari va qobiliyatlari turli xil bolalarga bo‘lgan hurmatini oshirib borishda hamda o‘zlari o‘rgangan narsalarni kundalik jamiyatdagi hayotda qo‘llashda alohida o‘rin egallaydi. Oilalar bilan muloqotda bo‘lish: Bir yilda uch yoki to‘rt marta bolalarning o‘rganishini baholash bo‘yicha ota-onalar bilan norasmiy suhbatlar uyushtirish zarur. Bolalar bajargan ishlarning namunalarini ularga ko‘rsatish, har bir bolaning iste’dodi va ijobiy yutuqlariga urg‘u berib, ularning yaxshiroq o‘rganishi uchun ma’lum bir to‘siqlarni yengib o‘tishi kerakligi haqida ta’kidlab o‘tish joiz. Inklyuziya bo‘yicha ota-onalarga tushuntirish ishlarini amalga oshirish, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlar bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish lozim. Ota-onalar yig‘ilishida “chetlashtirilganlarni kiritish” nimani anglatishini ularga tushuntirib berish uchun “Arzandalar o‘yini”dan foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu o‘yinda ikki xil rangda bo‘lgan, ya’ni qizil va ko‘k rangli belgilar tayyorlanib, qatnashuvchilarning kiyimiga skoch yoki to‘g‘nog‘ich yordamida mahkamlanadi. Har bir ishtirokchi bitta belgiga ega bo‘lishi shart. Ushbu o‘yinda ayrimlar imtiyozlarga ega va ayrimlar esa imtiyozlardan chetlashtirilgan bo‘lishi tushuntiriladi. Qizil belgisi bor kishilarga xonaning oxirida yoki bir tomonida o‘tirishlari aytiladi. Shundan so‘ng ko‘k belgisi bor kishilar bilan yoqimli suhbat olib boriladi. Aksincha qizil belgili guruhdagilarga e’tibor qilinmaydi. Goh-gohida ularga jiddiy nazar bilan qarab qo‘yiladi va jim o‘tirishlari yoki tipirchilamasliklari yoxud tirjaymasliklari aytiladi. Ko‘k belgili guruh bilan 5-10 daqiqagacha shu yo‘sinda gaplashishda davom etiladi. Hattoki ko‘k belgisi bor shaxsdan qizil belgili guruhga jim bo‘lishlarini aytishni so‘rash mumkin. O‘ninchi daqiqaning oxirida barchadan o‘z belgilarini yechib tashlashlari va yana birga o‘tirishlari so‘raladi. Quyidagi savollar beriladi, - «Ko‘k rangli belgiga ega bo‘lganda nimani his qildingiz? Qizil rangli belgiga ega bo‘lish qanday ekan? Agar siz qizil rangli belgini taqib olgan bo‘lsangiz, ko‘k rangli belgiga ega bo‘lishni xohlarmidingiz? Ko‘k rangli belgiga ega bo‘lish uchun biror narsa qila oldingizmi? Chetlashtirilganlik nimani anglatdi? Kim chetlashtirdi? Kim eng ko‘p jabr (ko‘rishi mumkin edi) ko‘rdi?». “Inklyuziv” va “birgalikda o‘rganish” deganda nimani nazarda tutishimizni yanada yaxshiroq tushuntirish uchun yuqoridagi topshiriq va savollardan foydalangan ma’qul. “Inklyuziv o‘rganishning” afzalliklari pedagoglar va ota-onalar o‘rtasida qanday qilib sheriklik asosida yaratilishi mumkinligi ular bilan muhokama qilinishi lozim. Haqli savol tug‘iladi, nima uchun imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimiga jalb etish kerak? Keltirilgan dalillarni tahlil etib, inklyuziv ta'lim tizimi sharoitida biz bolalarni MTTga moslashtirish, uning qonun-qoidalariga bo‘ysunishga o‘rgatish, sog‘lom tengdoshlari bilan muloqot qilishdagi muammolariga barham berishimiz mumkin. Natijada bolalarda o‘z-o‘zini boshqarish va mustaqil xulosalar chiqarish malakalari shakllanadi. Tarbiyalanuvchilar orasida o‘zaro tenglik huquqiga egalik hissi uyg‘onadi, bir-birlarini kamsitmaydilar va ular orasida do‘stona munosabat shakllanadi. Bunday malakalar ularning sog‘lom tengdoshlari qatorida jamiyat hayotida o‘z o‘rnini topib, mustaqil hayot kechirishlariga imkon yaratadi. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling