O‘quv seminarlari tashkil etish. Tadqiqot davomida pedagoglardan eng ko‘p bildirilgan javob ayni o‘quv seminarlari orqali ularni tadqiqot mavzusi doirasidagi yangi bilimlar o‘rgatilishini nazarda tutishgan. Shu o‘rinda o‘quv seminrlari bilan birga ish jarayonidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligini, har bir pedagog o‘zining o‘zlashtirgan bilimlarini hamkasblari bilan birga muhokama qilishi, o‘quv seminarlaridan so‘ng pedagog o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil tarzda loyiha shaklida tayyorlay olishi va uni hamkasblari bilan fikr almashgan holda ko‘rib chiqishi Seminarlarni natijasi samaraliroq bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yangi o‘quv qo‘llanmalar yaratish, chop etish va tarqatish. Tadqiqot natijasida ma’lum bo‘lgan navbatdagi xulosa STEAM texnologiyasini pedagoglarga tanishtirishda zarur bo‘lgan materiallar (kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar, tarqatmali materiallar, video va audio shaklidagi elektron resurslar) ining yetishmasligi bo‘lgan. Muammoga yechim sifatida ushbu texnologiyani dastlab xorij tajribasida bo‘lgan resurslarini o‘rganib chiqish, natijalarini o‘rganish ososida ularni milliy ta’lim tizimimizda qo‘llash yo‘riqnomasini ishlab chiqish. Tadqiqotning keying natijasi esa STEAM texnologiyasining bolalarga o‘rgatish bo‘yicha qulay bo‘lgan elektron programa shaklidagi materiallarini o‘zbek tilida yetishmasligi bo‘lgan . Muamoni yechim sifatida STEAM texnologiyasi asosida bolalarni aqliy va jismoniy rivojlanishiga qaratilgan elektron o‘yinlar, elektron mashg‘ulotlar elektron platformalar bazasini yaratishda kadrlarni rag‘batlantirish kerakligini aniqlangan .
Xorij tajribasini kuzatish va o‘rganish. STEAM Amerika ta’lim tizimida yaratilgan texnologiya hisoblanadi va bugungi kunda dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida shu texnologiya asosida ta’lim faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bizni Maktabgacha ta’lim tizimimizda STEAMni qo‘llashda ta’limda yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgan davlatlar: Amerika, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Finlandiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Isroil davlatlari ta’lim tizimlarini chuquroq o‘rganish, ularni dars va mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etuvchi davlat dasturlarini ko‘rib chiqish va biz uchun yangilik bo‘lgan metodlarni o‘zlashtirish maqsadga muofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |