Qo’qon xonligi arxivlari taqdiri


Download 61.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1563803
Bog'liq
QO’QON XONLIGI ARXIVLARI


QO’QON XONLIGI ARXIVLARI TAQDIRI.

Reja:


  1. Qo’qon xonlarinng arxivi

  2. Qo’qon xonligining moddiy madaniyati

1962-yilga qadar M.Ye.Saltikov-Shedrin nomidagi Davlat jamoat kutubxonasida saqlangan XIX asr Qo’qon xonlarining arxivi, imperator Jamoat kutubxonasiga 1876-yilda kelib tushgan edi. Ular Qo’qon xonligi Rossiya imperiyasi tarkibiga qo’shib olinishi bilan sharqshunos olim A.L.Kun tomonidan Turkiston general gubernatori K.P.fon Kaufmanga topshirilgan. Ma’lumki, A.L. Kun Qo’qon xonlari arxivini tadqiq qilish bilan shug’ullamagan, balki faqat uni imperiya mas’ullariga yetkazib beruvchi manba vazifasini bajargan xalos. Arxiv Peterburgga jo’natilishidan oldin Qo’qonda va Toshkentda uni tadqiq qilish bilan bu vaqtda O’rta Osiyoda bo’lgan N.N. Pantusov shug’ullangan edi. U tomonidan Qo’qon xonlari arxivi tarkibining qisqacha sharhi tayyorlangan bo’lib, “Qo’qon xonlarining arxivi” sarlavhasi ostida “Turkistanskiy vedomosti” gazetasining 1876-yil 12-sonida nashr etilgan edi.
N.N. Pantusovning yozishicha, Qo’qon xonlarining arxivi mingga yaqin “daftarlar”dan iborat bo’lib, ularda statistika, masjid va madrasalarning vaqf mulklari, soliq va o’lponlarning yig’ib olinishi, ulardan ozod etilgan kishilarning ro’yxati, harbiy ish, qurol-yarog’larning turlari, qurollarni yasash bo’yicha xarajatlarning qaydnomalari, harbiy xizmatdan qochgan kishilarning ro’yxati, qo’shinlarni va amaldorlarni saqlash bo’yicha kirim-chiqim qaydnomalari, xonga taqdim etilgan sovg’a-salomlarning ro’yxati bo’yicha muhim ma’lumotlar keltirilgan. N.N.Pantusovning ta’kidlashicha, arxivning ahamiyatli qismi 1875-yil Qo’qon xonligida boshlangan alg’ov-dalgo’vlar paytida talon-taroj qilingan, xon devonxonasining sobiq amaldorlari tomonidan ataylab yo’qotilgan, shuning uchun ko’pchilik daftarlarning boshlanishi va tugashi bilan bog’liq betlar saqlanib qolmagan edi. Shuni takidlash lozimki,
1962-yilda Qo’qon xonlarinng arxivi O’zSSR Arxiv boshqarmasiga qaytarilgan. Butun arxivning mikrofilmi M.ye.Saltikov-Shedrin nomidagi Davlat jamoat kutubxonasida saqlanmoqda
Davlat jamoat kutubxonasiga kelib tushgan daftarlarning umumiy soni 151 tani tashkil etadi. Aftidan, ularning katta qismi Qo’qon xonligining o’rnida tashkil etilgan Farg’ona viloyatida ma’muriy faoliyatni yo’lga qo’yish uchun muhim manba sifatida Toshkentda qoldirilgan bo’lishi mumkin. Chunki, Turkiston general gubernatorligi tarkibida Farg’ona viloyati tashkil etilgan dastlabki yillarda unda soliqlar va o’lponlarni yig’ish bo’yicha eski tizimi saqlanib qolgan edi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Qo’qon xonlarining arxivi uzoq vatgacha tadqiqotchilarga ma’lum bo’lmagan. Faqat 1939-yilda P.P.Ivanov Xiva xonlarining arxivini saralash vaqtida Farg’ona vodiysi o’tmishiga oid bo’lgan fors tilidagi ahamiyatli hujjatlarning chiqib qolganligi haqida eslatib o’tadi. 41 1951-yilda esa M.Yu.Yuldashev, “Jamoat kutubxonasida arxivlarni saralash va o’rganish vaqtida Xiva xonlari arxivi bilan birgalikda Qo’qon xonlarining arxivi saqlanayotganligini aniqladik”, deb ta’kidlab o’tadi.
Qo’qon xonlari arxivini rejali ravishda saralash va o’rganish 1952-yildan boshlangan. Shuni ta’kidlash lozimki, arxiv saqlanish holati achinarli holatda edi. Daftarlarning katta qismi yirtilgan, siyohlar o’z rangini yo’qotib o’qib bo’lmas darajaga kelib qolgan, hujjatlarning bir qismi ingichka ip bilan o’ralgan bo’lib, xon devonxonasida qanday saqlangan bo’lsa shunday holatda turgan edi. Daftalardan ayrim hujjatlar alohida ajratib olingan va ipga tizilgan edi. Mutaxasislarning fikricha, bu Qo’qon xonligida hujjatlarni saqlashning usullaridan biri bo’lgan. Yoki bu keyinchalik arxiv xodimlari yoki tadqiqotchilardan biri tomonidan amalga oshirilgamn bo’lishi ham mumkin. Shuningdek, hujjatlar chang va boshqa tashqi ta’sirlarning natijasida ahamiyatli darajada kirlangan edilar. Natijada arxivdagi barcha hujjatlarni restavratsiya qilish va tozalash zarurligi masalasi ko’ndalang bo’lib qoladi. Bu vazifa esa jamoat kutubxonasining Restavratsiya bo’limi xodimi Ye.X.Trey va uning yordamchilariga topshirilgan.
5026 ta varaq va 151 ta daftardan iborat bo’lgan arxiv hujjatlarini restavratsiya qilish va tozalash ishlari ikki yil davom etdi. Shundan keyingina bu qimmatli hujjatlarni saralash, tasniflash (sistemalashtirish) va har bir hujjatni alohida sharhlash yoki tavsiflash imkoniyati paydo bo’ladi.
Qo’qon xonlarining arxiviga oid hujjatlarni dastlabki saralash va sistemalashtirish davomida uning tor xoronologik doirasi aniqlana boshlanadi. Ma’lum bo’lishicha, arxiv hujjatlarning asosiy qismi Xudoyorxonning uchinchi hukmronligi davri, ya’ni 1866-1875-yillarga oid ekan (Xudoyorxon Qo’qon xonligini tanaffuslar bilan 1845-1858, 1862-1863, 1866-1875-yillarda boshqargan). Qo’qon xonlarining arxividagi bu xronologik sanalarni N.N. Pantusov ham o’zining yuqorida qayd etilgan maqolasida keltirib o’tgan edi. Arxiv hujjatlari bilan yaqindan tanishish natijasida ularning orasida Xudoyorxonning otasi Sheralixon hukmronligi davri (1842-1845-yy.) va uning o’gay ukasi Mallaxon hukmronligi davriga (1858-1862-yy.) oid bo’lgan ba’zi hujjatlarning tasodifan kirib qolganligi va saqlanib qolganligi aniqlanadi42. Hujjatlarning asosiy qismi XIX asr 60-yillari oxiri va 70-yillari boshlariga oid bo’lib, Xudoyorxonning uchinchi hukmronligi davriga to’g’ri keladi. Shuni ta’kidlash lozimki hujjatlarning 1/4 qismi hech qanday sanaga ega emas, shuning uchun ularning hammasini ham Qo’qon xonligining aniq qaysi davriga tegishli ekanligini aniqlashning imkoni bo’lmagan.
Qo’qon xonlari arxivi hujjatlarining sinchkovlik bilan o’rganilishi XIX asr ikkinchi yarmi, asosan, Xudoyorxon hukmronligi davri Qo’qon xonligining ichki va tashqi siyosati, bu davrda xonlikda sodir bo’lgan o’zgarishlar va voqelar xususida bahs yuritish imkonini bermoqda. Manbalar va hujjatlarga qarab hukm qiladigan bo’lsak, 1845-1875-yillar oralig’idagi davr, ya’ni Xudoyorxon hukmronligi davri (tanaffuslar bilan bo’lsada) Qo’qon xonligida
murakkab siyosiy vaziyat hukm surgan davr sifatida tavsiflanadi. Bu davrda xonlikning mustaqilligiga daxl solayotgan Buxoro amirligiga qarshi kurash olib borildi, muhim strategik ahamiyatga ega bo’lgan O’ratepa bekligini xonlikka tobe etish uchun urushlar amalga oshirildi. Bu davrda xonlikning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlari Rossiya imperiyasi tomonidan tortib olindi va 1867- yilda ularning o’rnida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Xonlikning o’zida esa ko’chmanchi chorvador va o’troq aholiga mansub bo’lgan yer-egalari va aslzodalari o’rtasida hokimiyat uchun ayovsiz kurash borar, ularning har biri taxtga o’z nomzodlarini ilgari surar va bu Xudoyorxonning ikki marta (1858 va 1863-yillarda) taxtdan voz kechishiga sabab bo’lgan edi. Xonlik aholisi esa hukmron sinfning shafqatsiz feudal- sudxo’rlik zulmi ostida qolgan bo’lib, bu son-sanoqsiz norozilik chiqishlarining va xalq qo’zg’alonlarining ko’tarilishiga olib kelgan edi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, XIX asr ikkinchi yarmi O’rta Osiyo xonliklari tarixida tovar-pul munosabatlarining kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Bu birinchi navbatda Rossiya imperiyasida kapitalizmning taraqqiy etishi, uning Sharqqa tomon kengayib borishi va O’rta Osiyo xonliklari bilan tashqi savdo munosabatlarining o’sishi bilan bog’liq bo’lgan. Bunday vaziyatda Qo’qon xonligi mustaqilligini har qanday yo’l bilan bo’lsada saqlab qolishga harakat qilgan Xudoyorxon podsho hukumatiga mumkin bo’lgan hamma yon berishlarni amalga oshira boshlaydi.43 Birinchi navbatda u Qo’qon xonligida rus savdogarlari uchun katta imtiyozlar beradi, bu esa o’z navbatida xonlikda tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kabs etgan. Tovar-pul munosabatlarining o’zishi esa xonlikda soliq va o’lponlarning mahsulotdan pul shakliga o’tkazilishini tezlashishiga olib keldi.
Bu davr Qo’qon xonligi uchun soliq va majburiyatlarini oldindan to’lash yoki sotib olish xarakterli hisoblanadi. Shuningdek, yerga nisbatan xususiy mulkchilikning kengayganligini kuzatish mumkin. Xon ham o’z yerlarini kengaytirishga harakat qilib buni nafaqat o’zlashtirilgan yerlar hisobiga, balki daryolar va ko’llar bo’yida joylashgan qo’riq yerlar hisobiga ham ko’paytirishga harakat qilganligiga guvoh bo’lamiz. Xon qo’riq yerlarda ham unumli foydalanishga harakat qilar ekan, ularni aholiga “qo’riq” yerlar sifatida mol boqish, o’tib tayyorlash va qamish g’amlash uchun ijaraga bera boshlaydi. Cho’llarda mavjud bo’lgan saksovul esa xonlikdagi asosiy yonilg’i manbai bo’lib, ular ham xonning shaxsiy mulki deb e’lon qilingan va maxsus “qo’riqchi”larning nazorati ostida bo’lgan. Ular shunigdek, aholidan cho’llardagi saksovulni terganlari uchun “panjiyak” deb nomlangan o’lponni yig’ib olish bilan ham shug’ullanganlar. Xonlikda mavjud bo’lgan yaylovlar esa ko’chmanchi chorvadorlarga ijaraga berilgan. Soliqlar va to’lovlar orqali Xudoyorxon o’z xazinasini yanada boyitishga harakat qilar, Qo’qon xonligini qulashi arafasida esa xon xazinasida to’plangan bo’ylikning umumiy qiymati 7 mln. rublni tashkil etgan44.
Arxiv hujjattalari sinchkovlik bilan o’rganilishi natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, Xudoyorxonning uchinchi hukmronligi davrida (1866-1875- yy.) soliqlar, o’lponlar va davlat majburiyatlari ikir-chikirlarigacha ishlab chiqilgan. Xon tomonidan shuningdek, yangi soliqlar va majburiyatlar joriy etilgan bo’lib, bularga, masalan, yarim qo’riq yerlarda yashovchilar uchun o’tin g’amlash majburiyati, hikohdan o’tganlik uchun maxsus to’lovlarni kiritish mumkin. Ungacha bu xil to’lovlar nikoh bitimlarini tuzgan qozilar tomonidan undirilar va ularning shaxsiy daromadi hisoblanar edi. Xonlikda shunigdek, barshchnaga yaqin bo’lgan ishlab berish majburiyati ham keng qo’llanilgan. Ularning orasida sug’orish inshoatlarini ta’mirlash va tozalash,solig’iga tortilganlarning o’tin tashib berishi va xonning shaxsiy yerlarida qishloq xo’jalik ishlarini bajarish eng asosiylari hisoblangan. Soliqlar va mehnat majburiyatlarining butun og’irligi mehnatkash ommaning gardaniga tushar, chunki, din va davlat xizmatchilari, xo’jalar va sayyidlar, saroy ayonlari, xonning yaqin qarindoshlari ulardan ozod etilgan, harbiy xizmatchilar esa maxsus imtiyozlarga ega edilar.
Qo’qon xonlarining arxivini o’zining tarkibiga ko’ra tipik xo’jalik arxivi deb ham hisoblash mumkin. Ularda yerga egalik qilish va yerdan foydalanish, ayniqsa, in’om etilgan yoki xazinaga tegishli bo’lgan yerlar, “mulki xos” yoki “amiriy” va Xudoyorxonning qo’riq yerlari, shaxsiy yerlar – “mulkiyat”, beklarga taqdim etilgan yerlar, boshqa ko’chmas muklar va merosiy yerlarning taqsimlanishi bilan bog’liq nihoyatda katta materiallar keltirilgan. Davlat va jamoa yerlaridan foydalanish bo’yicha materiallar nisbatan ozchilikni tashkil etsa-da, arxiv hujjatlarini umumiy o’zganilishi natijasida ulardan foydalanishning umumiy shartlari va davlat va jamoa yerlarining asta-sekinlik bilan shaxsiy yerlarga aylanib borganligini kuzatish mumkin.
Shunigdek, asosiy soliqlardan biri hisoblangan “xiroj” va yerdan foydalanganlik uchun pul solig’i sifatida olingan “tanobona” solig’i haqida ma’lumotlar ham arxiv hujjatlarida nihoyatda ko’pchilikni tashkilm etadi. Arxiv hujjatlarini o’rganish natijasida xiroj solig’ini sotib olish, ya’ni, bir yo’la to’lab yuborish, dehqonchilik mavsumi oxirida dehqonlardan yoppasiga yig’ib olish jarayoni – ijara tizimining qanday ishlaganligini ham kuzatish mumkin. Bunda mazkur tizimning ishlash tartibi va xiroj solig’idan ozod etilgan ijtimoiy toifalarning ro’yxati ham keltirib o’tilgan. Tanobona solig’ining yig’ib olishda ham xuddi shu tizimning ishlaganligini ko’rish mumkin45. Bundan tashqari arxiv materiallari soliqlardan tushgan daromadlarning xon va uning beklari tomonidan qanday sarflangani, asosan Marg’ilon hokimi Sulton Murodbek qo’shini va beklik o’rdasi sarf-xarajatlari haqida haqida ham ma’lum xulosalarni chiqarish imkoniyatini beradi.
Cho’llarda saksovulning qo’rigan shoxlaridan o’tin g’amlash majburiyati
– “panjiyak” haqida ham arxiv materiallarida batafsil ma’lumot berib o’tilgan. Bu majburiyatdan keladigan daromadning barchasi to’g’ridan to’g’ri xon xazinasiga tishgan bo’lib, majburiyatning bir qismi, Qo’qondan ancha uzoqda joylashgan joylarda, pul ko’rinishida, Farg’ona vodiysining o’zida esa yig’ilgan o’tinning 1/5 qismi hisobida natura shaklida undirilgan.
Qolgan soliqlar va davlat majbuyatlari haqida esa faqat tasodifiy hujjatlar saqlanib qolgan, xalos. Masalan, chorvadorlar va savdogarlardan undirilgan “zakot” solig’ining tartibi haqida ayrim hujjatlarda tasodifiy qaydlar keltirib o’tilgan. Bozorlarda undirilgan soliqlar va majburiyatlar, merosni qayta taqsimlash bo’yicha undirilgan to’lov – “tarakona” yoki nikohda o’tganlik uchun undirilgan to’lov – “nikohona” haqida ham deyarli m’lumotlar saqlanmagan46. Natijada ularning undirilish tartibi va qanday fuqarolarning ulardan ozod etilganligi haqida aniq tasavvurlarga bo’lishimiz imkonsiz bo’lib qolmoqda. Qo’qon xonlarining arxivi bilan ilk tadqiqot ishlarini amalga oshirgan N.N. pantusovning fikricha, yuqorida nomi keltirilgan soliqlar va to’lovlar haqidagi ma’lumotlar arxiv hujjatlarida bo’lgan. Faqat ular Peterburgga jo’natilmagan, balki, kerakli statistik materiallar sifatida Toshkentda olib qolingan.
Arxiv materillarida Qo’qon xonligida qo’shinlarning tashkil etilishi, ularni oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlash, harbiy amaldorlaning ta’minoti va qurol-yarog’ ishlab chiqarish bo’yicha ham qimmatli ma’umotlar keltirilgan. Shuningdek xon o’rdasi va Xudoyorxonning shaxsiy xo’jaligi haqida ham materiallar ko’pchilikni tashkil etadi.
Xonlikdagi konlar (asosan qo’rgo’shin konlari), neft qazib olish, undan kerosin ishlab chiqarish, xonga tegishli bo’lgan g’isht tayyorlaydigan pechlar va gugurt ishlab chiqarish bo’yicha ma’lumotlar berib o’tilgan.
Saqlanib qolgan hujjatlarning ko’pchiligi Marg’ilon hokimi Sulton Murodbek o’rdasi xo’jaligining tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lib, ularning o’rganilishi Qo’qon xonligining eng oliy amaldori sifatida bekning xo’jaligini eng mayda detallarigacha tiklash imkoniyatini beradi. Shuningdek, bekning o’rdasi xo’jaligi, shaxsiy saroyi, saroyida amalga oshirilgan qurilishlar, unda xizmat qilgan amaldorlar va xizmatchilar haqida ham ko’plab hujjatlar aniqlangan. Biroq bekning shaxsiy xo’jaligi, uning yerlari va shaxsiy daromadi haqida malumotlar arxiv materiallarida deyarli uchramaydi. Bu o’z navbatida Marg’ilon hokimi darajasidagi beklarning shaxsiy xo’jaligi muhokamaga qo’yilmaganligi bilan izohlanadi.
Materiallarning ko’pchiligi shuningdek, Xudoyorxonning Qo’qon yaqinida joylashgan Yer-Masjiddagi va Marg’ilon bekligidagi chek yerlariga bag’ishlangan.
Qo’qon xonlari arxivi materiallari o’zining tor doiradagi xronologiyasi va geografiyasiga ega bo’lishiga qaramasdan, Qo’qon xonligining iqtisodiy tarixini o’rganishda mukammal va bebaho manbalardan biri hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, arxiv materiallari nafaqat O’rta Osiyo xonliklarining, balki O’rta va Yaqin Sharqning boshqa davlatlari ijtimoiy- iqtisodiy tarixining alohida masalalarini o’rganishga katta ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi.
Arxivda Qo’qon xonligining moddiy madaniyati, jumladan, kiyim- kechak, taqinchoqlar, poyafzallar, matolar va boshqalar bo’yicha ham katta hajmdagi materiallar mavjud bo’lib, ular etnograflar uchun qimmatli manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. Nihoyat arxiv materiallari O’rta Osiyo xonliklari diplomatiyasini o’rganish bo’yicha ham qimmatli manbalardan biri hisoblanadi.
Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling