Qoqshol qo`zg`atuvchisi


Yarali anaerob infeksiyalarning klostridiylari


Download 64.5 Kb.
bet6/13
Sana20.01.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1103484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5375338290352229044

Yarali anaerob infeksiyalarning klostridiylari
Anaerob infeksiya (gazli gangrena) poliepidemiologik kasallik. Uni Cl.perfringens urug`iga mansub qo`zg`atuvchilarning bir necha turlari hamda aerob bakteriyalardan patogen stafilokokk, streptokokk va boshqa mikroorganizmlar qo`zg`atadi.Klostridiylarning sporalari fizik va kimyoviy omillar ta'siriga chidamli, shuning uchun tashqi muhitda tuproqda 20—25 yil saqlanadi, qaynatilganda bir soat davomida o`ladi, 5% formalinda bir necha daqiqada zararsizlanadi. Yarali anaerob infeksiyalarga Cl.perfringens, Cl.novyi, Cl.septicum, Cl.histolyticum, Cl.difficile, Cl.sordellii, Cl.bifermentans, Cl.fallax lar kiradi. Kasallik patogenezida patogen mikroorganizmlar bilan bir qatorda nopatogen klostridiylar Cl.aerafaetedum, Cl.tertium, Cl. sparoqenes hamqatnashadi. C.perfringens, C.novyi, C.septicum, C.histolyticum larning har birialohida-alohida kasallikni keltirib chisarishi mumkin, lekin uni ko`pincha boshqa turlari birgalikda qo`zg`atadi.
Gazli gangrenaning qo`zg`atuvchilari
Kasallik qo`zg`atuvchisi (Clostridiun pefringens) M.Uelch va G.Netall tomonidan kashf etilgan (1892). U odam va hayvonlar ichaklarida odatdagi mikroflora bo`lib yashaydi. Tashqi muhitda, tuproqda spora shaklida yillab yashaydi. Morfologiyasi. C.perfringens yirik grammusbat tayoqcha bo`lib, uzunligi 8 mkm, eni 1-1,3 mkm, tashqi muhitda spora hosil qiladi, u hujayrada subterminal joylashadi, diametri bakteriya enidan katta, harakat qilmaydi. Nukleoid DNK tarkibida G+S 24—27% ni tashkil etadi. Odam va hayvon organizmida kapsula hosil qiladi.
O`sishi. C.perfringens qat'iy anaerob, pH 7,2—7,4 bo`lgan barcha anaerob bakteriyalar o`sadigan oziq muhitlarda 37C0 yaxshi ko`payadi. Kitt-Trossi muhitida bir xil quyqa, agar ustunchasining tagida yasmiqqqa o`xshash, Vilson-Bler muhitida esa 1—3 soatdan so`ng qora koloniyalar hosil qiladi. Qonli agarda silliq diskka o`xshash yassi, kulrang, chetlari tekis S-koloniyalar hosil qiladi. R- va M-koloniyalar ham hosil qilishi mumkin.

Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling