Toksin hosil qilishi. C.novyi - alfa, gamma, beta, E-toksinlarni ajratadi. Bu toksinlar S-lesitinaza xususiyatiga ega bo`lgan gemolizinni ajratadi.
Antigen tuzilishi. C.novyi antigenlik tuzilishiga ko`ra A,B,C,D serologik variantlarga bo`lingan. Shulardan faqat A serovar odamlarda kasallik qo`zg`atadi.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Tajriba hayvonlari oq sichqon, kaptar, quyon va boshqalar. Ularning terisi ostiga mikrob kulturasi yuborilsa, gazsiz suyuqlikdan iborat shish paydo bo`ladi. Hayvonlar yorilganda ularning muskullarida ham o`zgarish kuzatiladi. Shishdagi suyuqlik esa rangsiz yoki bir oz qizil rangda bo`ladi.
C l o s t r i d i u n s e p t i c u m. Qo`zg`atuvchini L.Paster va J.Juberlar sigir qonidan topganlar (1877). 1881 yili R.Kox bakteriya tez rivojlanuvchi shish qo`zg`atishini isbotladi. Tekshirilgan tuproq namunalarida 20% C.septicum sporasi bo`ladi.
Morfologiyasi. C.septicum polimorf uzunligi 3,4—14,1 mkm, eni 1,1—1,6 mkm, ipsimon shakli uchrashi mumkin. Harakatchan, peritrix, grammusbat, tashqi muhitda spora hosil qiladi, spora bakteriya hujayrasida subterminal joylashadi, kapsula hosil qilmaydi.
O`sishi. C.septicum qat'iy anaerob, pH 7,6 bo`lgan oddiy muhitlarda 37—45C0 haroratda yaxshi o`sadi. Glyukoza-qonli agarda nozik ingichka iplarning chigaliga o`xshab parda hosil qilib o`sadi, eritrositlarni gemoliz qiladi. Agar ustunchasida jun koptokchalarga o`xshash koloniyalarni hosil qiladi. GPB da avval tiniq quyqa hosil qilib, so`ng cho`kmaga tushadi.
Toksin hosil qilishi. C.septicum, asosan, kuchli ekzotoksin hamda gialuronidaza, neyraminidaza, kollagenaza, dezoksiribonukleaza, fibrinolizinlarni ajratadi. Odam, ot, qo`y, quyon, dengiz cho`chqalarining eritrositlarini gemoliz qiladi.
Antigen tuzilishi. C.septicum da bir necha serovarlarning borligi aniqlangan. Antigenining tuzilishiga ko`ra kulturalarni farqlash mumkin, bundan tashqari, klostridiyning boshqa turlari bilan umumiy antigeni ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |