Qor qiz: O`ylashimcha bu yerda bayram boshlanibdi. Hamma yig`ilgan qor bobo esa yo`q. Boshlovchi
Download 19 Kb.
|
SENARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qor qiz
- Raqs
- Sehrlardi
- I. Kichik guruh
- Oymomo
SSENARIY Assalom-u alaykum aziz va jonkuyar ustozlar, shirintoy bolajonlar. Mana biz yil bo`yi orziqib kutgan yangi yil bayrami ham kirib keldi. Bugun biz shu bayram munosabati bilan shu yerga yig`ildik. Xozir bayramimizni ochib berish uchun so`z navbatini bog`chamiz direktori S. Xalilovaga beramiz. Marhamat. Endi esa sizlar uchun sahnalashtirilgan yangi yil bayramini boshlaymiz marhamat. Ko`rib tomosha qiling. Marxamat. Xozir esa I tayyorlov guruhi tomonidan tayyorlangan yangi yil xaqidagi sherlarni eshitsak marxamat. 1. 1,2,3 2. 1,2,3 3. 1,2,3 Saxnaga “Ёлочка” raqsi bilan qor qiz kirib keladi. (II tayyorlov). Qor qiz: O`ylashimcha bu yerda bayram boshlanibdi. Hamma yig`ilgan qor bobo esa yo`q. Boshlovchi: Kelinglar qor bobo kelgunicha jajji bolajonlarning she’r va qo`shiqlarini tomosha qilib tursak. Qor qiz: Mayli. Sher: II tayyorlov guruhi bolalari. Raqs: III tayyorlov (o`g`il bolalar) hedikedi hedi. Qor qiz: Bayram boshlanganiga ancha bo`ldi lekin bobomdan haligacha darak yo`q. Bolajonlar kelinglar uni chaqiramiz (Qor bobo) kelmayapti nimadur bo`lganga o`xshaydi. Yordamchilarimni chorlasam bo`lmaydi. Sehrim qani ishga tush yordamchilarimni choral. Raqs: II tayyorlov qor qizlar (Naima opa) Qor qiz: Nega bobomdan darak yo`q (yig`laydi) saxnaga musiqa va raqs bilan “Tun qirolichasi” keladi. Raqs: II tayyorlov o`g`il bolalar “stolda” raqsi (Naima opa) Tun qirolichasi: Qorbobo hali beri kelmaydi meni bayramga taklif qilmaganinglar uchun men zulmat va qorong`ulik olib keldim va qorboboni yo`ldan adashtirdim. Xa – xa – xa – xa. Sehrlardi: Oymomo porlamasin, Yulduzlar chaqnamasin Zulmat humkron bo`lsin chiqib ketadi. Qor qiz: Eshitdingizmi ? Tun qirolichasi nimalar dedi. Butun yer yuzini zulmatda qoldirdi. Oyni 3 yulduzlarni sehirladi. Endi nima qilamiz? Raqs. III tayyorlov. Qizlar ijrosida “jingl bels” Gnomlar shohi: Voy biz bu yerda bayramga kelgan edikku, nega hafa ko‘rinasiz? Bizlardek quvnoq bo‘lmaysizlarmi? Qor qiz: To`g`ri biz bayram qilmoqchi edik lekin tun qirolichasi kelib bayramimizni buzib hammayoqni sehirlab ketdi. Gnomlar: Sizlar hafa bo`mang biz sehirni yo`qotishni yo`lini bilamiz. Sizlar qancha hursand bo`lsangiz sehir shuncha zaiflashib yo`q bo`ladi. Hozir men jajji bolajonlarni yordamga chaqiraman ular raqs tushib sizlarni kayfiyatingizni ko`taradi shunda sehir ham yo`qoladi. Qani kelinglar… Raqs: I tayyorlov. Qizlar ijrosida raqs (qorparcha) Qor qiz: Raxmat sizlarga biga ko`p yordam berdingiz. Kayfiyatimiz ham ko`tarildi. Keling endi yangi yil haqida she’rlar eshitamiz. She’r: III tayyorlov 1. 2. 3. Raqs: III tayyorlov. Qizlar oy raqsi Qor qiz: Oymomo nega yig‘layapsan? Oymomo: Meni tun qirolichasi sexirlab qo`ydi. Quvnoq yorqin Nurimni o`g`irladi. Qor qiz: Men nima qilishni bilaman. Bayramimizga mehmon bo`lib kelgan jajji kichkintoylar seni kayfiyatigni ko`tarishadi natijada sehr yo`qoladi. Ularning she’r va raqslarini tomosha qil. I. Kichik guruh: She’r raqslari II. Kichik guruh: She’r raqslari Oymomo: Raxmat sizlarga sizlar tufayli sehr juda jodu yo`qoldi. Qor qiz: Sen jonlanding va yaqinlashding. Ammo o`rmon quyuq tun qoplagan qorbobo o`rmondan qanday yo`l bilan topib kelayotgan ekan-a. Oymomo: Yaxshi men yerdan beraman. Yanada kuchliroq nur sochadi. Raqs: I tayyorlov o`g`il bolalar. Qorbobo raqsi. Qorbobo: Salom bolajonlar salom qizalog‘im, senga ham salom. Rahmat senga oymomo o`z nurlaring bilan yo`limni yoritding. Endi Birgalikda archa atrofida aylanib chiroqlarni yoqamiz va yangi yilni birgalikda kutib olamiz. Download 19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling