Qora metall va uning qotishmalari. Chuyan va uning sinflanishi
Kotishma turlari va xossalari
Download 68 Kb.
|
Metal va ularning qotishmalari
Kotishma turlari va xossalariIkki va undan ortik elementlarni birga suyultirish orkali xosil kilingan birikma kotishma deyiladi. Kotishmani tashkil etgan elementlarning xar biri komponent deb ataladi. Texnikada sof metallar emas, balki ularning kotishmalari ishlatiladi. Korroziyabardoshlik fakat kotishmalarning tarkibiga boglik bulmay, balki ularning strukturasiga, kotishmada xoil bulgan fazalarning xossalariga, strukturani tashkil kiluvchilarga, xosil kilingan strukturaning yuza kattaligiga, uning tuzilishiga, shakliga va uning sistemada tarkalishiga, shuningdek kotishmada xosil bulgan kuchlanishga va kotishmaning sirt tuziliщiga boglik. Komponentlar suyuk xolatida bir-birida eriydigan, ammo kattik xolatida bir-birida mutlok erimaydigan va uzaro kimyoviy birikma xosil kilmaydigan kotishmalar mexanik aralashmalar deyiladi. Kotishmaning bir-biridan chegara sirt bilan ajralgan kismi faza deb ataladi. Mexanik aralashmalarda, uni tashkil kiluvchi komponentlar soniga karab, ikki yoki undan kup fazalar buladi. Binobarin, ikki komponentli mexanik aralashma ikki fazali kotishma xisoblanadi. Kupchilik metall kotishmalar suyuk xolatda bir jinsli, ya’ni komponentlari bir-birida erigan xolatda buladi va kristallanish jarayonida uning bir jinsliligi saklanib koladi. Bunday kotishmalarda komponentlarning atomlari umumiy kristall panjaraning tarkibiga kiradi, ya’ni komponentlari bir-birida eriydi. Demak, eruvchi komponentning eruvchanligi va erituvchi komponentning eritish kobiliyati kattik xolatda xam saklanib koladi. Bunday kotishmaning kristallanishi natijasida xosil bulgan kattik jism kattik eritma deyiladi. Binobarin, kattik eritma bir fazali, bir turdagi kristallardan iborat va bir kristall panjaraga ega bulgan kotishmadir. Birlamchi kristallanish jarayonida komponentlarning uzaro kimyoviy reaktsiyaga kirishuvi natijasida xosil bulgan kotishmalar kimyoviy birikmalar deb ataladi. Kimyoviy birikmalar bir jinsli, ya’ni bir fazali kotishmalar jumlasiga kiradi. Xulosa Kotishmalarda ikkilamchi kristallanish jarayoni xam sodir buladi. Bu kristallanish kotishma komponentlarining allatropik shakl uzgarishlariga yoki kattik eritmalarni kisman yoki batamom parchalanishiga boglik. Kattik eritmalar parchalanganda yangi kattik eritma, kimyoviy birikma yoki mexanik aralashma xosil buladi. Kimyoviy birikma xosil kiluvchi bir fazali kotishmalar konstruktsion material sifatida ishlatilmaydi. CHunki bunday kotishmalar murt, kattik bulishi bilan birga yomon texnologik xususiyatlarga ega buladi. Kattik eritma xosil kluvchi bir fazali kotishmalar yaxshi texnologik xususiyatga ega bulishi bilan birga ular korroziyabardosh kotishmalar xisoblanadi. Kup fazali kotishmalar korroziyabardosh bulmaganligi sababli ulardan kimyoviy sanoatda ishlatiladigan jixozlar tayyorlanmaydi. Ammo kup fazali kotishmalar ichida korroziyabardoshlari xam buladi. Masalan: kremniyli chuyan, kremniy alyuminiy (silumin kotishma) - Al+Si li kotishma va x.k. Adabiyotlar ro’yxati: Xamraev A.L. Konstruktsion materiallar va metallar korroziyasi fanidan ma’ruza matni. Toshkent, TITLP, 1999 y. Klinov I.YA. Korroziya ximicheskoy apparaturы i korrozionnostoykie materialы. M.,Mashinostroenie,1967,468 s. Klinov I.YA. Ximicheskoe oborudovanie korrozionnostoykom ispolnenii. Spravochnik. M., Mashinostroenie 1970, 589 s. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling