Qora metallarning asosiy mexanik xossalari, qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo‘rtlik mavzusini o‘Qitish metodikasi
Download 25.91 Kb.
|
8-Amaliy (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
8-Amaliy mashg’ulot: Qora metallarning asosiy mexanik xossalari, qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo‘rtlik mavzusini o‘Qitish metodikasi Darslardagi asosiy vazifalar qora va rangli metallar ishlab chiqarish haqida umumiy ma’lumotlarni qora va rangli metallar haqida to‘liq tushunchalarga ega bo‘lishni o‘rganishdan iborat. Bundan tashqari qora va rangli metallarni sanoatda keng ko‘lamda ishlatilishini, ba’zi hollarda rangli metallar o‘rniga qora metallar yoki metalmas materiallardan foydalanishni aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Odatda rangli metallarning xossalari, ulardan misning korroziyabardoshligi, alyuminiyning samolyotsozlikda, avtomobil, vagonsozlikda, asbobsozlikda ishlatilishiga to’xtalish maqsadga muvofiqdir. Temir va rangli metallarning korroziyadan va saqlashning quyidagi usullari ya’ni metall qoplamlar, ximiyaviy himoya, elektroximiyaviy himoya, metalmaslardan qoplamlardan foydalanish mumkinligini aytish muhimdir. Odatda, ko‘pchilik o‘quvchilar qora va rangli metallarni namunalaridan farqlashni ularning ishlatilishini, mavzuga tayangan holda, ular turmushdagi ahamiyatiga to‘xtalish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarning bilim darajalarini aniqlash maqsadida ularga «Aqliy hujum» metodidan foydalanib savollar beriladi va ularning javoblari eshitiladi va umumlashtiriladi. Shundan so‘ng mavzuga doir ma’lumotlarni berish taklif qilinadi. Bulardan tashqari o‘quvchilarni ekskursiyalarga ya’ni metalla ishlab chiqarish korxonalariga, maxalliy sharoitga qarab konlarga olib borish o‘quvchilarni nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. Turmush, ishlab chiqarish va ro‘zg‘or buyumlarining aksariyat ko‘pchiligini metallar tashkil qiladi. Cho‘yan, po‘lat kabilar qora metallar turiga kiradi. Yupqa list metall po‘latdan tayyorlanadi. Tunuka 0,5 mm qalinlikda bo‘ladi. Yupqa list metalldan konserva va bo‘yoq bankalari, bolalar o‘yinchoqlari, turli qutilar va shunga o‘xshash buyumlar tayyorlanadi. Simlardan mix, to‘r, prujina, turli ilgaklar va hokazolarni yasash mumkin. Metallar rangli va qora metallarga bo‘linadi. Qora metallarga cho‘yan va po‘lat kiradi. Ular temir va uglerodning qotish-masidan iborat bo‘ladi. Sof temirdan kam foydalaniladi. Temir va uglerod qotishmasida uglerod mikdori 1,7% dan kam bo‘lsa, po‘lat va shundan ko‘p bo‘lsa, cho‘yan hisoblanadi. Rangli metallarga mis, alyuminiy, rux, qalay, oltin, nikel va boshqalar kiradi. Listli metallar 0,5 dan 2 mm gacha qalinlikdagi yupqa me-tallardan iboratdir. Metall listlar sirtining qalay bilan qoplanishi va qoplanmasligiga qarab oq va qora metallarga bo‘linadi. Qora metall listidan texnik maqsadlarda foydalaniladi, yupqa oq metallar esa ko‘proq uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladi. Topshiriqlar. Metall namunalari (mis, po‘lat, alyuminiy va boshqalar) dan olib, ularning tashqi ko‘rinishi nima bilan farq qilinishini o‘rganing. Turli qalinlikdagi bir xil metall listini oling va ularni buking. Siz bundan qanday xulosaga kelasiz? Diametri 20 mm li aylana sterjenni tiskiga mahkamlab, uni 5-10 marta aylantirib harakatlantirgandan keyin kuzating. Sterjen sirtida yorilgan chiziq bormi? Bundan qanday xulosa chiqara olasiz? Cho‘yan va po‘lat. Qora metallarning asosiy tarkibiy qismini temir tashkil qiladi. Ularning tarkibida temirdan boshqa ximiyaviy elementlar ham mavjud. Qora metallar mashinasozlikda eng ko‘p qo‘llaniladigan arzon materialdir. Qora metall materialli qotishmalaridan cho‘yan va po‘lat olinadi. Cho‘yan deb tarkibida temir bilan 1,7% dan ortiq uglerod, kremniy, marganets, fosfor, oltingugurt bo‘lgan metall qotishmasiga aytiladi. Cho‘yan quymachilik materiali bo‘lib, u domna pechlarida temir rudalaridan eritib olinadi. Cho‘yan ishlab chiqarishda temir rudalari, koks va flyuslar yordamida eritishni va keraksiz moddalarni ajratib chiqarishini osonlashtiriladi. Cho‘yan kulrang, oq va bolg‘alanuvchi turlarga ajraydi. Kulrang cho‘yanni sindirib qaralsa, uning to‘q kulrang tusli ekani yaqqol ko‘rinadi. Kulrang cho‘yanni yaxshi kesib ishlatish mumkin. Undan mashina va stanoklarning staninalari tayyorlanadi. Kulrang cho‘yan juda mo‘rtligi uchun uni payvand qilib bo‘lmaydi va undan uriladigan, cho‘ziladigan, egiladigan detallar tayyorlash mumkin emas. Po‘lat deb, temir bilan uglerodning turli qotishmalariga aytiladi. Uning tarkibida 1,7% uglerod, bundan tashqari uning mexanik xususiyatlarini ancha o‘zgartiradigan boshqa qo‘shimcha elementlar ham bo‘ladi. Po‘lat marten, konverter va elektr pechlarida ishlab chiqariladi. Po‘latning markalari quyidagicha: Konstruksion po‘latlar: ST. 0, ST). 1, ST. 2, ST. 3, ST. 4,ST. 5, ST. 6. Asbobsozlik po‘latlari: U7, U8, U9, U10, U11, U12, U13; yuqo-ri sifatlilari: U7A, U8A, U9A, UYUA, UNA, U12A, U13A. Qora metallarning mexanik xossalari. Barcha qora metallar qattiqlik, elastiklik, plastiklik, mo‘rtlik singari xossalarga ega. Materialning qattiqligi o‘ziga boshqa qattikroq jismning botishiga qarshilik ko‘rsatishi bo‘lib, u uning eng muhim mexanik xossalaridan biridir. Metall qancha qattiq bo‘lsa, uni ishlash shuncha ko‘p kuch talab qiladi. Metallarning turli detal va asboblar tayyorlashga yaroqli yoki yaroqsizligi ularning qattiqligiga qarab belgilanadi. Elastiklik deb, metall materialining tashqi kuch ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirishi, kuch ta’siri to‘xtagach, o‘z shaklini qayta tiklay olishiga aytiladi. Metallarning elastikligi metall turiga qarab xar xil bo‘ladi. Materiallarning tashqi kuchlar ta’siri ostida sinmay o‘z shaklini o‘zgartirishi, kuch ta’siri to‘xtagandan keyin ham o‘zgargan shaklini saqlashi plastiklik deb ataladi. Plastik metallarning aksi bo‘lgan mo‘rt metallar tashki kuch ta’siri ostida shaklini o‘zgartirmay sinadi. Texnikada metallning mustahkamligi bilan birga ma’lum darajada plastik bo‘lishi ham katta ahamiyatga ega. Topshiriqlar: 1. Qora metallar turlarini o’zida aks etgan jadval sxema tuzing 2. Qora metallarning xossalari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan taqdimot tayyorlang 3. Qora metallarning qattiqligi elastikligi ular qayerlarda ishlatiladi ? Savollarga 10 ta javob yozing Download 25.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling