Qora metallurgiya


Olovga chidamli materiallar


Download 40.43 Kb.
bet4/6
Sana07.02.2023
Hajmi40.43 Kb.
#1175335
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
matrialshunosli KMT j...a...v...o...b...l...a...r...i

Olovga chidamli materiallar. Olovga chidamli materiallar metallurgiya pechlarining ichki qatlami uchun ishlatiladi. Ular quyidagi xususiyatlargat ega bo‘lishi kerak.
• yuqori haroratlardagi kuchlanishlarga bardosh berish;
• haroratning keskin o‘zgarishiga, shlak va pech gazlarining kimyoviy ta’siriga bardosh berish.
Materialning o‘tga chidamliligi uning yumshatilish harorati bilan belgilanadi. Kimyoviy xossalariga ko‘ra o‘tga chidamli materiallar quyidagilarga bo‘linadi:
nordon;
asosiy;
neytral.
Nordon. Kislotali materiallar katta miqdordagi silika SiO2 ni o‘z ichiga olgan materiallardir.
7. Cho‘yan ishlab chiqarish
Choʻyan — har xil buyumlar (kozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik bezaklari, panjaralar va boshqalar) quyish uchun ishlatiladigan moʻrt material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy (legirlanmagan) Ch. tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqsorda doimiy qoʻshilmalar — kremniy, marganets, fosfor va oltingugurt boʻladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va boshqa, shuningdek, 2% dan ortiq marganets hamda 4% dan ortiq kremniy boʻlgan Ch. legirlangan (maxsus) Ch. deyiladi.
CH. kulrang, oq va oraliq turlarga boʻlinadi. Kulrang Ch.da uglerod erkin holatda — bodroqsimon, plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida, oq Ch.da uglerodning qammasi yoki juda koʻp qismi temir karbidi Gʻe3S — sement holida, oraliq Ch.da esa uglerodning bir qismi sementit va bir qismi grafit holida boʻladi.
Kulrang Ch. tarkibidagi grafitning shakliga koʻra, oddiy kulrang Ch., bolgʻalanuvchan va juda puxta Ch.larga boʻlinadi. Oddiy kulrang Ch.da grafit plastinka (yaproq) shaklida, bolgʻalanuvchan Ch.da — bodroqsimon (pagʻapagʻa), juda puxta Ch.da esa shar shaklida boʻladi. Kuymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang Ch. quymakorlik choʻyani deb ham ataladi. Ok Ch. qayta ishlanuvchi Ch. deyiladi, chunki u, asosan, poʻlat ishlab chiqarishga yaraydi. Oq Ch.ni termik ishlab, yumshatish yoʻli bilan bolgʻalanuvchi Ch. hosil qilinadi
Choʻyan — temirning uglerodli qotishmasi (C 2,14 % dan koʻp). Uglerod choʻyan tarkibida sementit va grafit koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tarkibidagi grafit shakli va sementit miqdoriga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: oq, kulrang, bolgʻalanuvchan va mustahkamligi yuqori choʻyanlar. Choʻyan moʻrt jismdir.
8. Domna pechi qurilishi va ishlash tamoyili.
Domna pechi, domna — temir rudalaridan choʻyan olinadigan shaxta pech. Beton poydevorga oʻrnatilgan silindrik kojuxdan iborat. Kojux ichiga pech tagligi (leshad) ni hosil qiluvchi oʻtga chidamli gʻisht terib chiqiladi. Pechning pastki qismida gorn va furma bor. Gornda choʻyan va shlak oqib chiqadigan teshiklar qilingan. Shaxta silindrik koloshnik bilan tugaydi. Chuyan oqib chiqadigan teshik sathidan koloshnik yuqorisidagi yuklash konusigacha bulgan masofa D. p.ning foydali balandligi deyiladi. Ana shu balandlik orasidagi hajm foydali hajm deb ataladi. Foydali hajmdan foydalanish koeffitsiyenti D. p. ishining asosiy texnik-iqtisodiy kursatkichi bulib, u pechda 1 sutkada eritib olinadigan 1 t chuyanga tugʻri keladigan foydali xajmni ifodalaydi. U qanchalik kichik bulsa, pech shunchayaxshi ishlaydi. YirikD. p.ning ish unumdorligi sutkasiga 10000 t dan ortiq.

Download 40.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling