Qora oʻra yoki qora tuynuk


Har qanday yulduz qora tuynukka aylanishi mumkinmi?


Download 326.39 Kb.
bet2/8
Sana07.02.2023
Hajmi326.39 Kb.
#1172556
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qora oʻra yoki qora tuynuk

Har qanday yulduz qora tuynukka aylanishi mumkinmi?
Olimlarning ta’kidlashicha, og‘irligi Quyosh vaznidan 20 marta katta bo‘lgan yulduzlar oxir-oqibat qora tuynukka aylanishi mumkin ekan. Bunga sabab ularning ulkan tortishish maydoni va yirik massaga ega ekanligidir. Lekin hajmi va massasi kichik bo‘lgan yulduzlarning qora tuynukka aylanishi uchun yetarlicha bosim bo‘lmagani sababli ular qora tuynukka aylana olmas ekan.
Nega ko‘rinmaydi?

Biror jism moddaning gravitasiya maydonidan qutulish uchun u gravitasiya sur’atidan tezroq harakatlanishi kerak. Aks holda u bu maydondan qutulib keta olmaydi. Masalan, Yerning tortishish maydonini yengib o‘tish uchun kosmik kema soniyasiga 11,2 kilometr tezlikda yuqoriga harakatlanishi lozim. Qora tuynukda esa jismlarning gravitasiya ta’siridan qochish tezligi nihoyatda ulkan bo‘lishi kerak. Ammo hech bir jism bunday katta tezlikka erisha olmaydi. Hatto yorug‘lik ham. Vaholanki, u soniyasiga 300 ming kilometr tezlikda harakatlanadi. Ammo qora tuynukning tortishish maydonidagi tezlik yorug‘lik tezligidanda yuqori bo‘lgani uchun u yorug‘likni ham yutib yuboradi. Qora tuynuk yorug‘likni qaytarmagani, balki yutib yuborgani uchun ko‘rinmaydi, uni tasvirga olishning ham imkoni bo‘lmaydi. Faqat unga yutilayotgan jismlarning taratayotgan nurlari orqaligina qora tuynukni tasvirga olish mumkin.


Olimlarning aytishicha, ko‘rinmas jism bo‘lgan qora tuynuk harakatlanadi va yo‘lida uchragan barcha jismlarni o‘z domiga tortib, yutib yuboradi. Boshqacha qilib aytganda, yo‘lini tozalab, “supurib” o‘tadi.
Ilk bor qora tuynukning surati olindi
Kengligi 40 milliard kilometrga teng - Yer o‘lchamidan 3 milllion marta katta bo‘lgan, taxminan 50 million yorug‘lik yili yoki 500 kvintillion (million milliard) kilometr olislikdagi Messiyer 87 galaktikada joylashgan qora tuynuk surati birinchi bor olindi. Bu surat turli qit’alarda joylashgan sakkizta teleskop tizimi orqali amalga oshirildi. Uning massasi Quyosh tizimi massasidan 6,5 milliard marta og‘irroq, deb izohlaydi Niderlandiyadagi Neymegen universiteti professori Keyno Falke “Bi-bi-si” muxbiriga bergan intervyusida. «Bu mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng ulkan qora tuynuklardan biridir. Eng og‘ir vazn bo‘yicha koinot o‘pqoni, haqiqiy maxluq», deb qo‘shimcha qiladi professor.
Bu dunyo ilm-fani uchun o‘ta muhim yangilik bo‘lganidan bir vaqtning o‘zida olti shaharda (Bryussel, Vashington, Santyago-de-Chili, Taypey, Tokio va Shanxay) matbuot konferensiyasi tashkil qilinib, surat haqida jurnalistlarga ma’lum qilingan.
Shu vaqtlarga qadar qora tuynuklar to‘g‘risidagi bilimlarimiz faqat nazariy bo‘lib kelgan edi. Ularning mavjudligi mutlaq ilmiy gipoteza hisoblanib, ayrimlar bunga ishonqiramay qaragan ham.
Quyida biz “Bi-bi-si” axboorot agentligi jurnalistining professor Keyno Falke bilan qilgan suhbatini keltiramiz.

Download 326.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling