Malakaviy bitiruv ishida olingan asosiy xulosalar quyidagilar:
Qora tuynuklarning hosil bo’lishi galaktika (yulduz) evolyutsiyasining oxirgi bosqichlaridan biridir.
Qora tuynuklar hosil bo’lishida tabiatning gravitatsion, yadroviy va boshqa kuchlari asosiy sababchi bo’ladi.
Qora tuynuklarni o’rganishning yagona usuli ularning boshqa koinot jismlari bilan ta’sirini o’rganishdir.
Koinotda aylanadigan va aylanmaydigan qora tuynuklar tortishish maydonlarining asosiy xususiyatlari ko’rsatib berilgan.
Qora tuynuklarni kuzatishning ishonchli usullaridan biri ular tarqatayotgan Xoking nurlanishini qayd qilishdan iboratdir.