TAVSIFNOMA
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori X.B. Yunusovning 2023-yil 28 -yanvardagi “2-bosqich magistrlarini ilmiy amaliyot (stajirovka) ga yuborish haqida”gi №27-t sonli buyrug‘iga asosan Tursunova Kamola haqiqatdan ham Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy amaliyot (stajirovka)ni o‘tadi. Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot istitutida amaliyot davomida Qorako’l qo’ylari seleksiyasi bo’lim mudiri (PhD) B.Mamatov ilmiy amaliyot rahbari etib tayinlandi. Amaliyot davomida ushbu magistr berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, ma’suliyat bilan bajardi.
Shuningdek, ilmiy mavzusida kerakli adabiyotlardan foydalanib, dissertatsiya mavzusiga oid amaliyotlarni tahlil qildi. O‘zining xulqi, odobi, talabchanligi hamda fanlarni yaxshi o‘zlashtirganligi bilan boshqa magistrlardan ajralib turdi. Tursunova Kamola kelajakda yetuk kadr bo‘lib yetishishiga ishonamiz.
Tavsifnoma talab qilingan joyga taqdim qilish uchun berildi.
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi
ilmiy tadqiqot instituti, ilmiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari, q.x.f.f.d. (PhD),
katta ilmiy xodim: A. X. Xatamov
Do'stlaringiz bilan baham: |