Qoraqalpog’iston 1917-1924-yillarda reja: Amudaryo bo’limida ijtimoiy-siyosiy vaziyat va sovet hokimiyatining qaror topishi


Download 25.5 Kb.
Sana06.01.2020
Hajmi25.5 Kb.

QORAQALPOG’ISTON 1917-1924-YILLARDA

Reja:

1.Amudaryo bo’limida ijtimoiy-siyosiy vaziyat va sovet hokimiyatining qaror topishi

2. Chimboyda sovet hokimi-yatiga qarshi isyon

3. Amudaryo viloyatida iqtisodiy o’zgarishlar

1917-yil fevralda chorizm-ning ag’darilishi qoraqalpoq xalqining hayotiga ham kuch-li ta'sir ko’rsatdi. Qoraqal-poqlar bu paytda asosan Turkiston general-guberna-torligiga qarashli Amudaryo bo’limi — okrugi (markazi Petro-Aleksandrovsk—hozirgi To'rtko'1 shahri) va Xiva xonligining ayrim bekliklarida istiqomat qilishgan. Mart oyida To’rtko’lda soldat deputatlari soveti tashkil qilindi. 1917-yil oktabrdan to 1918-yil boshlariga qadar Amudaryo bo’limi komissari vazifasini gidrotexnik V.Palishev egallab turdi. Bu davrda hokimiyat tizimida keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Amudaryo bo’limi tasarrufidagi ovul va qishloqlar aholisi To'rtko'1 ma'murlaridan hech qanday harbiy va moddiy ko’mak olmasdan o'z-o'zini mudofaa qilish otryadlarini tashkil etdi, ularga nufuzli urug’ boshliqlari hisoblangan Xon Maxsum — Ubaydulla Bohautdinov (1887-1956), Bola biy va boshqalar yetakchilik qilishdi. Qoraqalpoq xalqi urug’ yo’lboshchilari tevaragiga qiyinchilik bilan bo’lsa ham birlasha boshladi, chunki ocharchilik, qurg’oqchilik, tartibsizlik va qaroqchilik hujumlari xavf solayotgan edi. 1918-yil aprelda Amudaryo bo’limi Turkiston respublikasi tarkibiga kiritilganligi e'lon qilindi. 1918-yil-ning ikkinchi yarmidan boshlab Amudaryo bo’limida vaziyat keskin o’zgardi. Bu eng avvalo bolsheviklar faoliyati va qizil gvardiyachilar otryadlarining xatti-harakatlari bilan bog’liqdir. Bolsheviklar Amudaryo bo’limiga Chorjo’y va Toshkentdan qizil gvardiyachilar otryadlarini jo’natishdi. To'rtko'1 shahri bolsheviklar hokimiyatining tayanchi, uning harbiy bazasiga aylantirildi. Ular Amudaryo bo’limi hududida turib, Xiva xon-ligiga qarshi harbiy harakatlarga puxta tayyorlandilar.

Bolsheviklar qizil gvardiyachi otryadlarga tayanib, 24 ta hunarmandchilik va baliq korxonalari, paxta tozalash zavodlari, bog’lar, dorixonalar, kasalxonalar va badavlat kishilarning uylari va yerlarini musodara qildi. Yangi hokimiyat komissarlari mahalliy kengashlarga saylov o’tkazdilar, biroq saylovda savdogarlar, ruhoniylar, mulkdorlar ishtirok qilishiga yo'1 qo’yilmadi. Bolshe-viklarning sinfiy prinsip asosida mahalliy kengashlarga o’tkazgan saylovlari milliy va mahalliy xususiyatni e'ti-borga olmadi, qoraqalpoq jamoalari urug’chilik asosida tuzilganligiga amal qilinmadi. Saylovlar jarayonida po-raxo’rlik va zo’ravonlik avj oldi. Yangi hokimiyat asrlar davomida shakllangan an'anaviy sharqona hayotni, qoraqalpoq xalqi turmushida faol rol o’ynab kelayotgan biylik boshqaruv usulini barbod qilishga kirishdi.

Bolshevik komissarlar ulamolar, shuningdek, mad-rasalar, masjidlar va eski maktablarni xalqning tafakkuri uchun kurashda o’zining asosiy raqobatchilari deb hisoblab, Amudaryo bo’limidagi diniy arboblarga «salib yurishi»ni o’tkazdi. Qizil askarlar o’rtasida ichkilikboz-lik, o’g’rilik, poraxo’rlik, talonchilik, ayollarni zo’rlash avj oldi. Aholining aksariyat qismi yangi hokimiyatning bunday siyosatidan norozi bo’lib, unga qarshi kurashga chog’landi. Mahalliy aholining bu kurashini Ural kazak-lari (ular 1874-yili Amudaryo bo’limiga ko’chirilgan edi) ham qo’llab-quvatlashdi.

1919-yil iyun oyining oxirida Chimboy uchastkasining Zair posyolkasiga maxsus komis-siya jo’natildi. Ularga berilgan farmoyishda «3-Zair kazaklar harbiy bo’linmasidagi burjua unsurlarini qurol-sizlantirish» kerakligi ko’rsatilgan edi. Biroq, 3-Zair kazaklar harbiy bo’linmasi maxsus komissiyaga bo’ysun-masdan, Chimboyga ketib qoldi.

Chimboyda sovet hokimi-yatiga qarshi isyon. Bolsheviklarning Amudaryo soveti 29-iyulda maxsus qarorqabul qilib, Chimboyga RSFSRning Xiva xonligidagi favqulodda vakili A.Xristoforov boshchiligidagi maxsus komissiyani yubordi. Komissiya raisiga favqulodda huquqlar berilgan edi. Biroq komissiyaning urallik kazak-lar atamani MFilchyev bilan olib borgan muzokaralari muvaffaqiyat keltirmadi. Shunda komissiya Chimboy ijroiya qo’mitasini tarqatib yuborib, uning o’rniga Chimboy uchastkasi inqilobiy qo’mitasi (peBKOM)ni tuzdi. Bu holat Chimboyda sovet hokimiyatiga qarshi isyon ko’tarilishiga olib keldi. 10-avgust kuni favqulodda komis-siya To’rtko’ldan harbiy yordam so’radi. Chimboyga bu yerdan qizil askar otryadlari jo’natilgan bo’lsa ham, ular qamalga tushib qoldi. 14- avgustda maxsus komissiya a'zo-lari qamoqqa olindi. Tez orada qo’zg’olonchilar Nukus qal'asini ishg’ol qildilar. 17-avgustga kelib Chimboy uchastkasi va Mo’ynoq tumani hududi butunlay bolshe-viklardan ozod qilindi. Shu tariqa, Amudaryo bo’limining shimoliy qismida bolsheviklarsiz xalq hokimiyati o’rnatil-di. Xalq hokimiyatining boshlig’i qilib urallik kazak Mixail Filchyev saylandi. Uning tarkibiga qoraqalpoq biylaridan Xon Maxsum (U. Bohautdinov), Ibrohim Odilov, Bola biy, Seytnazar Pirnazarov, Inoyat Niyozov va boshqalar kirishdi. Ular faoliyati qoraqalpoqlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

Bolsheviklarga qarshi harakat tobora keng ko’lam kasb etib bordi. Sovet rejimi Amudaryo bo’limiga o’zi-ning yangi harbiy qismlarini jo’natdi. 11-noyabrda N.Shaydakov boshchiligidagi qizil askarlar Nukus qal'asini bosib olishdi. Oradan ko’p o’tmay Xiva xonligi tugatildi. 1920-yil 18-fevralda Turkkomissiya vakili CSkalov bilan muxolifatdagi kuchlar yo’lboshchisi o’rtasida sulh bitimi imzolandi. Unga ko’ra, Chimboy uchastkasida muvaqqat inqilobiy qo’mita tuzildi. Kazaklarning urf-odatlari va turmush xususiyatlaridan kelib chiqib, ularning o’z-o’zini boshqaruviga ruxsat etildi. Qo’zg’olonchilarga amnistiya berildi. Mazkur bitim-ning asosiy qoidalari 20-mayda Zakaspiy fronti qo’shinlari Amudaryo gruppasi qo’mondonligi bilan qora-qalpoqlar va kazaklar o’rtasida tuzilgan sulh shartnomasi bilan tasdiqlandi.



Amudaryo viloyatida iqtisodiy o’zgarishlar. Biroq oradan ko’p o’tmay bolshevik komissarlar o’z

va'dalarini unutdilar. 1921-yil fevralda Chimboy uchastkasida isyonning sobiq ishtirokchilaridan 24 kishi hibsga olindi. Xon Maxsum va boshqalar Sibirga surgun qilindi. Yirik yer egalari va savdogarlar — 75 kishidan 10.000 Rossiya chervon rubli miqdorida tovon puli undirib olindi.

Amudaryo bo’limida bolsheviklar amalga oshirgan to’ntarish va sovet rejimi mahalliy aholiga katta zarar va azob-uqubatlar keltirdi. Agar to’ntarishga qadar bu yerda 232700 kishi yashagan bo’lsa, 1920-yilga kelib ulardan atigi 113440 kishi qolgan edi, xolos. Chorvador aholi-ning ko’pchilik qismi ocharchilik natijasida ham nobud bo’ldi.Amudaryo bo’limida qoraqalpoqlardan tashqari O’zbeklar va qozoqlar ham yashashgan. Bo’limning janu-bi-sharqiy hududida asosan O’zbeklar istiqomat qilgan.

Ma'muriy jihatdan Amu-daryo bo’limi ko’p pog’onali boshqaruv tizimiga ega bo'l-gan: u maorif va sud ishlari bo’yicha Samarqand vilo-yatiga, harbiy xo’jalik va sovet qurilishi bo’yicha Sirdaryo viloyatiga, ayrim favqulodda holatlarda bevosi-ta Turkiston respublikasi MIK va XKSga bo’ysunar edi. Bolsheviklar hokimiyati tomonidan Amudaryo bo’limini boshqarish shu tariqa murakkablashtirilgan edi.

1920-yil oktabr oyida Turkiston MIK Amudaryo bo’limining 1917-yildagi hududi doirasida unga viloyat maqomini berdi. Sho’raxon va Chimboy uchastkalari shu nomli uyezdlarga aylantirildi. Viloyat markazi sifati-da To’rtko'1 shahri e'lon qilindi. Amudaryo viloyatining inqilobiy qo’mitasini Turkiston MIK tayinladi.

Bolsheviklar hukmronligi Amudaryo viloyatining iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Harbiy kommunizm davrida ekin ekiladigan umumiy maydon 1917-yildagi 57950 desyatinadan 1920-yilda 47000 desyatinaga, oli-nadigan yalpi paxta hosili 1917-yildagi 433000 puddan 1920-yilda zo’rg’a 88000 pudga yetdi. g’alla ekinlari deyarli 3 baravar kamayib, chorva mollar soni 500000 boshdan 201000 boshga tushib qoldi.

Amudaryo viloyatida yangi iqtisodiy siyosatning joriy etilishi dastlabki yillarda bir qadar ijobiy siljishlarga olib keldi. Viloyatdagi chorva mollar soni 1921-yildagi 201000 boshdan 1922-yilda 233000 boshga yetdi. Bu paytda 200 ta mayda xususiy savdo korxonalari faoliyat ko’rsatardi. Ariqlarning kengaytirilishi va uzaytirilishi, yangi dambalar qurilishi va eskilarining mustahkamla-nishi qishloq xo’jalik ekinlari ekiladigan maydonlarni ancha ko’paytirish imkonini berdi. Biroq yetishtirilgan mahsulotlarning aksariyat qismi Rossiyaga tashib ketilar-di. 1921—1924-yillarda viloyatdan jami 339521 pud baliq Markazga olib ketildi.

Amudaryo viloyatida yangi iqtisodiy siyosat va yer islohotining o’tkazilishi iqtisodiy ahamiyatdan ham ko’ra ko’proq siyosiy ahamiyatga ega bo’ldi. Yer-suv islohoti natijasida qishloq aholisining oz qismiga yer berildi, xolos. Oradan ko’p o’tmay yangi iqtisodiy siyosat tugatildi va dehqonlar qo’lidagi yerlar davlat tomonidan tortib olindi.



1917—1924-yillarda Qoraqalpog’iston hayotiga bol-sheviklar tomonidan tiqishtirilgan mustabid sovet rejimi va uning siyosati qoraqalpoq xalqining asriy orzu-umid-lariga javob bermadi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling