Qoraqalpog`iston geografiyasi


Download 0.83 Mb.
Pdf просмотр
bet2/11
Sana24.06.2017
Hajmi0.83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

er  resurslari.    Qoraqalpog`iston  Respublikasining  tuproq  qatlamlari  cho`l  sharoitida 

shakllanganligi  tufayli  har  xil  tuproq    turlari    uchraydi.    Bulardan   eng ko`p tarqalgani qumli bo`z 

tuproqlar,  botqoqli-o`tloqli  tuproqlar,  taqirli  tuproqlar  insonning  mehnat  faoliyati    ta`sirida  

shakllangan    madaniy    tuproqlar  va  sur  qo`ng`ir  tuproqlar,  sho`rxoqlar  hisoblanadi.     

Qoraqalpog`iston  geografik  o`rni  bo`yicha  cho`l  rayonsida  joylashgan  bo`lib,    uning  rayonllik 

xususiyati  ega tuproqlar  kiradi.  Del`tada tuproqning paydo bo`lishi, shakllanishi Amudaryo bilan 

bevosita  bog`liq  bo`lib,  bu  rayonda  allyuvial`  tuproqlar  keng  tarqalgan.  Professor  A.A.Rafikov  va 

boshqalarning  ma`lumotiga  ko`ra,  Qoraqalpog`istonda  o`tloqli  tuproqlar  ham  uchraydi.

11

    Bular,  



odatda,  avtomorfli va gidromorfli tuproqlar guruhi o`rtasidagi oraliq tuproq qatlami hisoblanadi. 

Botqoqli-o`tloqli  tuproqlar  botqoqli  chuqurlarning  yonbag`rida,  Amudaryo  va  uning 

tarmoqlariga yaqin erlardagi  balandroq  joylarga xos. O`tloqli taqirlar er osti suvlari bilan namlanib 

turadi,  er  osti  suvlari  bug`langan  paytda  o`tloqli  taqir  erlarning  yuzasi    sho`rlanib  ketadi.    O`tloqli 

tuproqlar  Qoraqalpog`istonda  Suvenli,    Qizkqetgan,  Paxtaarna  va  Nazarxon  kanallarining  o`ng  va 

chap  qirg`oqlarida  uchraydi.  O`tloqli  taqirlar  taqir  o`tloqlar  kabi  er  osti  suvlarining  chuqurlashuvi 

natijasida  paydo  bo`ladi,    shuningdek  ular  taqir  erlarni  sug`orish  natijasida  er  osti  suvlarining 

ko`tarilishiga bog`liq paydo bo`lishi mumkin. 

O`tloqli-taqirli  tuproqlarning  asosiy  qismida  sug`orilib  ekin  ekiladi.    Faqat  Amudaryoning 

hozirgi qirg`oqlaridagi unchalik  katta  bo`lmagan qismigina tuqay o`simliklari mavjud quruq erlar 

fondiga kiradi. 

Taqirlar,  ayniqsa,  shimoliy  sharqda  del`taning  g`arbiy  qismida  Qo`ng`irot,  Xo`jayli  tumanlari 

oralig`ida,  janubiy  sharqda  «Qirqqiz  massivi»  da  mavjud.  Taqirli    tuproqlar  Amudaryo  del`tasida 

eng ko`p tarqalgan tuproq turi hisoblanadi. 

Yuqorida  sanab  o`tilgan  tuproqlardan  boshqa  quyi  Amudaryo  qismida  ekin  ekishga 

yaramaydigan cho`l-qumloq va cho`l-toqir joylar mavjud. 

Qizilqumning  asosiy    qismi    sur    qo`ng`ir  tuproqdan  iborat.  Sur  qo`ng`ir  tuproqlar  Sulton 

Uvays  atrofida  va  boshqa    qoldiq    tog`larda  uchraydi.  Qumli  tuproq  esa  qum  do`ngliklarida  va 

ko`chma  qumtepalarda  uchraydi  va  uning  maydoni  6,8  mln  ga  teng.  Qoraqalpog`istonda  cho`l 

sharoitidagi  qumli  bo`z  tuproqlari  ham  mavjud.  Ular  keng  hajmda  Qizilqum  rayonsida  uchraydi.  

Amudaryo  del`tasi  Ustyurtda  qumli  bo`z  tuproqlar  kichik  hajmli  mayda  qum  tepaliklarda  mavjud. 

Sug`oriladigan  rayonlarda  insonning  mehnat  faoliyati    natijasida    tuzilishi    jihatdan  katta 

o`zgarishga  uchragan  madaniy  tuproqlar  uchraydi.    Bular  respublikaning  asosiy  er  fondini  tashkil 

qiladi. 


Qoraqalpog`iston  hududida  har  xil  tuproq  turlari  mavjud  bo`lib,  ular  maydoni  16,6  mln 

gektarni  tashkil  qiladi.  Biroq    shu    hajmdagi    er  resurslarining  hozirgi  vaqtda  qishloq  xo`jaligida 

faqat  416,9-429,7  ming  gektari  dexkonchilikda    foydalaniladi  xolos.Ularning  ko`p    qismi    haddan  

tashqari  mineralashuv  jarayonini  boshdan  kechirmoqda.  Shu  sababli  Respublika  sharoitida  er 

fondidan oqilona foydalanish kun tartibidagi asosiy  masalalardan  biridir. 

Biologik  resurslar.  Qoraqalpog`iston  hududida  uchraydigan  o`simliklar  cho`l  mintaqasining 

tabiiy  sharoitiga  moslashgan  bo`lib,  ko`pchiligi    chorvachilik  uchun  em-hashak    hisoblanadi.  

To`qay  tipidagi  o`simliklar  Amudaryo  deltasida  mavjud  bo`lib,    turong`il,    jiyda,  jing`il,  shular 

jumlasiga kiradi. 

Ko`llar  yoqasida  esa  qamish,    kendir,    o`rik  keng  tarqalgan.    Bundan  tashqari  sho`rlanmagan 

erlarda    bo`yon,    changal,  bug`doyiq,  qizil  kendir,  qorabaraq  va  sho`ra  o`simliklari  o`sadi. 

Qoraqalpog`iston  Qizilqumida    oq    saksovul,    qora      saksovul,  rank,    yulg`un,    qum  pechagi,  

qizilcha boyalish, tarkibida tuzi ko`proq bo`lgan erlarda burgan,  sariq sazanlar ko`p  tarqalgan. 

Ustyurt  o`ziga  xos  tabiiy  majmuaga  ega  bo`lib,    bunda  burgan,  jo`san  (yovshan)  saksovul,  

kerebux,    tereskan,  oq  jing`il  turlari,  chidir,  arpag`on,  bug`doyiq  va  boshqa  o`simliklar  o`sadi.  

Ustyurtning  Amudaryo  del`tasiga  chegarasiga  yaqin  hududlarida  er  osti  suvlari  chuqur  joylashgan, 

bu  erlarda  jing`il,    yantoq,  quyonsuyak,  itsiygak  kabi  o`simliklar  uchraydi,  biroq Qoraqalpog`iston 

                                                           

11

 Рафиков А.А., Эргашев Ш.А., Хайдаров А. Процессы опустинования Южного Приаралья.-Т.,1997, С17-35 



 

Ustyurti  keskin  kontinental  iqlim    sharoitiga  ega    bo`lganligi    bilan  meridianal  yo`nalishda  uzoq 



masofaga  cho`zilib  joylashishi  o`simliklar  dunyosining  soni  va  sifatiga    ta`sir  qiladi.  Masalan, 

Ustyurtning  shimolida  boyalish,  buyurgun  o`simligi  keng  tarqalsa  markaziy  Ustyurtda  yovshan,  

buyurgun,  janubiy  qismida  esa  buyurgun,  kovrak    assotsiyasiga  kiradigan  o`simliklar  katta 

maydonni egallaydi. Qoraqalpog`iston hududidagi qoldiq tog`lar atrofida yog`in-sochin miqdori  oz  

bo`lishiga  qaramasdan o`simliklarga juda boy. U erlarda yovshan,  qo`yrovik, bo`yon, tog` piyozi, 

kovrak, tog` pechagi, qirqbo`g`in, iloq, buzoqbosh o`sadi. 

Amudaryo  vohasi  ko`p  yillar  mobaynida  inson    faoliyati    tufayli  katta  o`zgarishga  uchrab 

madaniy  o`simliklari  bilan  ajralib  turadi.  Qoraqalpog`iston  sharoitiga  moslashtirilgan  gulli 

o`simliklarning    va    bezash  uchun    kerakli  o`simliklarning  turlari  ham  ko`p.  Shunday  qilib, 

Qoraqalpog`iston Respublika-sida  uchraydigan  o`simliklarning  ba`zilari chorvachilik  uchun em-

hashak    bo`lsa,    ba`zilari  dori-darmon,  shuningdek  dam  olish  o`rinlarini  bezash  va  bo`yash 

maqsadida foydalaniladi. 

Xulosa    tariqasida  shuni  aytish  mumkinki,    Qoraqalpog`iston  respublikasi  katta  hajmli  tabiiy 

resurslar  fondiga  ega.    Keyingi  yillarda  resurslarni    xalq  xo`jaligi  tevaragiga  qo`shish  bo`yicha  bir 

qancha ishlar amalga oshirildi. 

Ayniqsa, er-suv resurslaridan foydalanish darajasi yaxshilandi. Bu Qoraqalpog`istonda qishloq 

xo`jalik mahsulot-larini ko`paytirish va er osti qazilma boyliklarining zahiralarini aniqlash bo`yicha 

katta  ishlar  amalga  oshirilmoqda.    Biroq  so`nggi  yillarda  Amudaryo  suv  balansining  kamayishi 

natijasida o`lkamizning  tabiiy  resurslaridan, ayniqsa, bioresurslaridan xalq xo`jaligida foydalanish 

darajasi  pasaymoqda.    Shunga  ko`ra  Bodayto`qay  qo`riqxonasi  tipidagi  qo`riq  bazalarini  yaratish  

orqali ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish, er resurslari, mineral xom ashyo resurslari va boshqa: 

Resurslardan  oqilona  foydalanish    xalq    xo`jaligi    uchun    ahamiyatli  masalalar  qatoriga  kiradi. 

Haddan tashqari qurg`oqchilik o`simliklar geografiyasiga ta`sir  qilganidek, hayvonot  dunyosining 

tarqalishi  va  tur  o`zgachaligiga  ham  ta`sir  etadi.  Amudaryo  del`tasi  Ustyurt  va  Qizilqumda 

yashaydigan  hayvonlar bir-biridan ancha farq qiladi. 

Orol  dengizi  va  Amudaryoning  quyi    qismida    baliqchilik    bilan  shug`ullanadigan  hududlar 

bo`lib,  baliqning  ko`p  turlari  uchraydi.  Xulosa  qilib  aytganda,    Qoraqalpog`istonda  uchraydigan 

o`simliklar  va  hayvonlarning  ko`pchiligi  iqtisodiy  unumdorligi  past  darajada.  Chorvachilikda 

foydalanadigan  cho`lli  yaylov-larning  hosildorligi  gektariga  2,5  tonnani  saksovulli  erlarning 

hosillari  gektariga  25-50  tonnani  tashkil  etsa,  pichanzorlarning  maydoni  73  ming  gektarga  teng 

O`rtacha 4-7 tsentner hosil olgan taqdirda chorvachilik, ayniqsa,  yirik qorachorvachilik uchun em-

hashak    bazasini  yaratishga  imkon  beradi.  Respublika  hududida  dori-darmonlik  o`simliklarning 

turlari  ham  uchraydi.  Ular  qatoriga  garmolla,  efedren,  reven`,  itsiygek,  salotka  o`simlik  turlarini 

keltirish mumkin. 

Olimlarning  fikricha,  dorivor    o`simliklarning  ayrim  turlarini  tabiiy  sharoitga  moslashtirish 

yo`li  bilan  qo`lda  o`stirish  va  maxsus  xo`jaliklar  tuzish  orqali  bu  masalani  hal  qilish  mumkin. 

Qoraqalpog`istonda dori-darmon tayyorlashda ishlatiladigan bo`yon tomiri  15000  gektarga  yaqin 

maydonga  tarqalgan.    Ularning  hosildorligi  va  ildizi  tarkibidagi  gletsirin  kislotasining  solishtirma 

darajasi  O`zbekistonning    boshqa  mintaqalariga  nisbatan  1,5-2  hissa  yuqori.  Shu  sababli 

Qoraqalpog`iston  sharoitida  bo`yon  ildizini  o`stirish  bilan  shug`ullanadigan    xo`jaliklarni  

ko`paytirish  katta  ahamiyatga  ega.    Buni  tezda  amalga  oshirish  hozirgi  bozor  munosabatlari 

sharoitida  respublikaning  iqtisodiy  rivojlanishini  jadal-lashtirishi  uchun  qo`shimcha  mablag` 

manbalarini to`plash imkonini beradi. Xulosa  shundan iborat, Qoraqalpog`iston Respublikasi katta 

hajmli  tabiiy  resurslar  fondiga  ega.    Keyingi  yillarda  resurs  boyliklarini  xalq    xo`jaligi  tevaragiga 

qo`shish  bo`yicha  bir  qancha  ishlar  amalga  oshirildi.  Ayniqsa,  Respublikada  yaylovlarni 

o`zlashtirish  va  er  osti  qazilma    boyliklarning    zahiralarini  aniqlash  bo`yicha  katta  ishlar  amalga 

oshirilmoqda. 

Lekin,  Amudaryo  suv  balansining  ozayishi  natijasida  o`lkamizning  tabiiy  resurslaridan,  

ayniqsa,    bioresurslardan  xalq  xo`jaligida  foydalanish  darajasi  pasaymoqda.  Shunga  ko`ra, 

Bodayto`qay  qo`riqxona  tipidagi  qo`riq  bazalarini  yaratish  orqali  ilmiy  tadqiqot  ishlarini 

jadallashtirish,  er  resurslari,  mineral  xom  ashyo  resurslari  va    boshqa  resurslardan  oqilona 

foydalanish xalq xo`jaligi uchun ahamiyatli masalalar qatoriga kiradi. 



 

10 


 

2-mavzu. QORAQALPOG`ISTONNING AHOLISI VA MeHNAT ReSURSLARI. 

Aholining  o`sish  sur`ati  va  tarkibi.    Qoraqalpog`iston  hududi  O`zbekistonning  boshqa 

hududlari  kabi  qadimdan  aholi    yashab    kelayotgan    va  madaniyati  rivojlangan  o`lkalar  qatoriga 

kiradi.  Statistik  ma`lumotlarga  ko`ra  2009  yilning  1  yanvarida  respublika  hududida  1  mln  629,3 

ming  aholi  yashagan,  bu  O`zbekiston  aholisining  6,1%  i  degan  so`z.  1928-1998  yillar  oralig`ida 

yoki  keyingi  72  yil  ichida  Qoraqalpog`iston    aholisining  mutlaq  o`sishi  1  mln  172  ming  kishini 

tashkil  qiladi,  yoki  respublika    aholisi    1926    yillarga  taqqoslaganda    4,4  hissa,    1959  yillarga 

nisbatan deyarlik 3 hissa ko`paydi.  

1926-1959  yillar  oralig`ida,  yoki  ikkinchi  jahon  urushi  va  undan  keyingi  yillarni  o`z  ichiga  

qamrab  oladigan  33  yil    davomida    Qoraqalpog`iston  aholisining  o`sishi  176  ming  kishini  tashkil 

qilgan, 1959-1992 yillarda yoki keyingi 33 yil ichida bu ko`rsatkich 800 ming kishiga ko`paydi. 

Shunday    qilib,    Qoraqalpog`iston    Respublikasining  aholisi  bugungi  kunga  kelib,  1,6  mln 

kishidan  oshdi.    Bu  davr  mobaynida    respublika    ishlab    chiqarish  kuchlarining  rivojlanishi  va 

aholiga    tibbiy  yordam  berining  yaxshilanishi  sababli  yuqori  tabiiy    o`sishga    erishildi.  Hozir 

Qoraqalpog`iston   aholisining  soni  bo`yicha   O`zbekiston  viloyatlari  ichida sakkizinchi o`rinni 

egallaydi.  Faqat  Sirdaryo,  Jizzax,  Navoiy,  Buxoro,  Xorazm  viloyatlaridan  oldinda  turadi.  

O`zbekistonning  barcha  viloyatlariga  xos  ko`rsatkich  singari,  Qoraqalpog`istonning    aholisi  

ikkinchi    jahon    urushidan    keyin    ancha    tez  o`sa  boshladi.  Agar  1940-1959  yillar  oralig`ida 

O`zbekiston  aholisining  yillik  o`sishi  1,1%  ni  tashkil  qilgan  bo`lsa,  1959-  1970  yillarda  3,3%  ga 

oshdi yoki  10 yil ichida (1979-1989) bu ko`rsatkich yiliga 3% ga ortib bordi. 

Qoraqalpog`istonda esa  aholinig  o`sish  sur`ati  1940-1959  yillarda 0,7%, 1959-1989 yillarda 

2,8%  ni  tashkil  etdi.  Shunday  qilib,  Qoraqalpog`iston  aholisining  yillik  o`sishi  yildan-yilga  ortib 

bormoqda.Qoraqalpog`istonda    aholi  soni  yillik  o`sish  sur`atining  1940-1959  yillar  orasida  ancha 

past  bo`lishi,  birinchidan,  urush  yillaridagi    noqulay  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarga  bog`liq  bo`lsa,  

ikkinchidan,  uzoq  yillar  mobaynida  o`lkamizda  transport-iqtisodiy  aloqalarining  bo`lmasligi  katta 

qiyinchilik  tug`dirdi.  1952-1955  yillarda  Chorjo`y-Qo`ng`irot  temir  yo`lining  qurilishi  bilan 

respublika aholisining madaniyati va moddiy sharoiti yaxshilandi. Bu o`z navbatida aholi sonining 

tez  sur`at  bilan  o`sishga  va  1959-2000  yillar  o`rtasida  aholining  mutlaq  o`sishi  1  mln.    kishiga 

ko`payishiga yo`l ochdi.                                       

Hozir respublikada yil sayin aholining mutloq  ko`payishi 19-21 ming kishini tashkil etadi.  

      Agar  hozir  MDH  ga  kiradigan  davlatlarda  o`rtacha  1000  kishiga  tabiiy  ko`payish  darajasi  6,5 

kishini    tashkil  qilsa,  bu  ko`rsatkich  Belorusda  2,2  kishini,  Rossiya  Federatsiyasida  2,2  Ukrainada 

0,6, Tojikistonda 32, O`zbekistonda 17,0 kishini tashkil qiladi. Qoraqalpog`istonda esa 1000 kishiga 

to`g`ri keladigan tabiiy ko`payish 16-19 kishiga teng. 

Qoraqalpog`iston    aholisining  o`sishini  ta`minlaydigan  olimlarining  farqini  tahlil  qilsak,  

qo`shni davlatlarda  aholining tabiiy o`sish darajasi past bo`lsa, bu ko`rsatkich Qoraqalpog`istonda 

yuqori tabiiy o`sish koeffitsenti bilan tavsiflanadi. 

Qoraqalpog`istonda  tug`ilish  koeffitsientining  yuqori    bo`lishida  nikoh  yoshidagi  ayollarning 

ko`payishi  hamda  nikohning  barqaror  bo`lishi  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Masalan,  agar    MDH  

davlatlarida  har  bir 1000  kishiga to`g`ri keladigan 16 yoshdan katta nikohda bo`lgan ayollar soni 

500 bo`lsa, bu ko`rsatkich O`zbekistonda 550 ayolni  tashkil  qiladi. Shu  bilan  birga nikohdagilar 

orasida  20-49  yoshgacha  bo`lgan  ayollarning  foizi  o`smoqda.  Bu  va  boshqa  omillar  respublikada  

aholining  tabiiy    o`sishiga  kuchli  ta`sir  qilmoqda.  Aholining  jins  va  yosh  tarkibi,  ularni  har 

tomonlama  o`rganish  demografiyaning  asosiy  masalalaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  masalalarni 

o`rganib chiqish va hal qilish aholi sonining o`sishini ta`minlashda, yosh va jinsiy  tarkibiga  qarab  

aholini    maishiy  xizmat    turlari    bilan  ta`minlash  ayniqsa,  xalq  xo`jaligi  sohalarida  mehnat 

rsurslaridan  oqilona  foydalanish  imkonini  beradi.  Shunday  qilib,  aholi    jins  tarkibi  teng  yoki  bir-

biriga  yaqin  bo`lsa,  yoki  aholining  yosh  tuzilishida  o`spirinlarning  soni  ko`p  bo`lsa  tug`ilish  

koeffitsienti    yuqori  bo`ladi.  Bu  holat  hududlarda  ishlab  chiqarish  kuchlarining  mintaqaviy 

rivojlanishini  rejalashtirishda  katta  ahamiyatga  ega.  Bu  asosda    Qoraqalpog`iston  Respublikasi 

aholisining  yosh  va  jinsiy  tarkibini  tahlil  qilish  o`ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  O`tmishda  

Qoraqalpog`iston  aholisi  tarkibida    erkaklar    soni  yuqori  darajada  bo`lgan,  masalan,  1939  yillarda 


 

11 


Qoraqalpog`istonda  1000  erkak  kishiga  826  ayol  to`g`ri    kelsa,  bu  ko`rsatkich 1970 yillarda 1010, 

1979 yillarda 1018, 1989 yili 1015 ayolni tashkil qildi. Shaharlarda esa har ming erkak kishiga 1023  

ayol    to`g`ri  kelsa    qishloq  joylarda  1002  ayol  to`g`ri  keladi.  Qoraqalpog`iston  Respublikasi 

sharoitida  aholi  jinsiy  tarkibining  shakllanishiga    ikkinchi    jahon  urushi    kuchli    ta`sir    qildi. 

Aholining  jinsiy  tarkibi  erkaklar,  53%  ni  tashkil  qilgan  bo`lsa,  1959  yili  49,7%  ni  tashkil  qildi. 

Urushdan keyingi yillarda bu  ko`rsatkich  qayta  shakllana boshladi.  

1 yoshdan 0-4,5-9,10-14,15-19 yosh oralig`idagi  o`smirlarda  ug`il  bolalarning ulushi yuqori 

bo`lsa,  20-24,25-29,  30-34,  35-39.yosh  oralig`ida  ayollarning  hissasi  yuqori,  40-44,45-49,  50-54, 

55-59  yosh  oralig`ida  erkaklar    soni  ko`p    hissani    egallasa,    60-64,  70  yoshdagilar  orasida 

ayollarning  soni  ko`p  ekanligi  ko`rinib  turibdi.    Buning  asosiy    sababi  0-19    yosh    oralig`idagi  

kategoriyada tug`ilgan o`g`il bolalar sonining ko`p bo`lishi 20-39 yosh oralig`ida har xil kasalliklar 

orqali  erkaklar  soni    kamayib  kyotgan  40-59  yoshlilar    ichida  erkaklar  soni  ko`p  bo`lsa  60-70 

yoshdagi  va  undan  yuqori  yoshdagilar  orasida    ayollar    soni  ko`p.    Sababi    ikkinchi    jahon  urushi 

tufayli  bu  davrda  erkaklar  ko`p  qirg`inga  uchragan.  Shunday  qilib,  Qoraqalpog`iston  aholisining  

yosh  va jinsiy tarkibini tahlil qilsak, qo`shni davlatlardan Belorus, Ukraina va Rossiyada aholining 

tabiiy  o`sishi  pasayishi  natijasida  millatning  eskirishi  jarayonini  kuzatiladi.  O`zbekistonda,  shu 

jumladan  Qoraqalpog`istonda  esa  tug`ilish  koeffitsenti  natijasida  aholinig  ko`pchiligi  yoshlar 

ekanligi  aniq  ko`zga  tashlanadi.    Bu  o`z  navbatida  kelajakda  mehnat    resurslarining  sifat 

ko`rsatkichlarini  yaxshilashga  imkon  yaratadi.  Qoraqalpog`istonda  xalq  xo`jaligi  tarmoqlarining  

hozirgi  ixtisoslashish darajasiga  ko`ra  shahar va qishloq aholining nisbiy ulushi o`zgardi. 

Agar 1926 yillarda respublika aholisining faqat 5% gina shaharlarda yashagan bo`lsa, hozir  bu 

ko`rsatkich  48,3  %  ga  etdi.  Shunga  qaramasdan  respublikaning  iqtisodiy  potentsialida    agrosanoat  

majmuasi  asosiy  o`rin egallaganligi  sababli  aholining ko`pchilik qismi qishloq joylarida yashaydi.  

Respublika  aholisi  tarkibida  qishloq  aholisi  umumiy    foiz  jihatdan    pasaysa  ham  uning  mutloq 

o`sishi  1926  yillarga  nisbatan  2 

hissaga  ko`paydi.  Masalan,  Qoraqalpog`iston  qishloqlarida  1926 

yillarda 314000 aholi yashagan bo`lsa, 2000 yilning 1 yanvardagi ma`lumot bo`yicha bu ko`rsatkich 

779,0 ming kishini tashkil qiladi. 

1959 yildan boshlab respublikaning shahar va qishloq aholisining nisbiy ulushida va geografik 

joylashuvida  ayrim  o`zgarishlar  paydo  bo`ldi.Agar  1959  yilda  Qoraqalpog`istonning  janubiy 

tumanlarida  116  ming  kishi  yashagan  bo`lsa,   

2005  yilga    kelib  bu  rayonda  aholi  soni  3  marta 

ko`paydi.

  Lekin  dengiz  bo`yi  rayonsi  Qoraqalpog`iston  hududining  1/4  qismini  egallashiga 

qaramasdan    aholi    soni    bu  rayonda  7-10%  ga  kamayib  ketdi.  Bu  dastlab  Orol  dengizining  suv 

bosgan  maydonining  qisqarishiga  va  shu    asosda  iqtisodiy    sharoitlarning  o`zgarishiga  to`g`ridan 

to`g`ri  bog`liq  bo`lmoqda.    1926-yildan  2005  yillar    oralig`ida    Qoraqalpog`istonda    shahar 

aholisining    soni    17    ming  kishidan  760,6  ming  kishiga  ko`paydi,  Chimboy,  Xo`jayli,  Qo`ng`irot 

kabi  shaharlarning  aholisi    avvalgi    3-5,4  ming    kishidan  31,9-70,7  ming  kishiga  ko`paydi.  Hatto 

avval  inson  qadami  tegmagan  cho`lli  dalalarda  va  11  ming  aholi  bor.  Bo`ston  50    ming  kishi  

yashaydigan  Taxiatosh va 212 ming aholisi bor. Nukus shahri ham o`sib etishdi. Ko`rsatilgan yillar 

ichida  qishloq  aholisining  nisbiy salmog`i  foiz  jihatidan  pasaygani bilan mutloq son jihatdan 2,3 

marta  ko`paydi.  Shuning  uchun  qishloq  joylarida  aholiga  xizmat    qiladigan  tarmoqlarni  

rivojlantirish  alohida ahamiyatga ega.  Bunday qishloq joylarida aholini ish bilan ta`minlashga yo`l 

ochsa,  ikkinchidan,    mehnat  resurslaridan  oqilona  foydalanishga  imkon  beradi.  Qoraqalpog`iston 

ko`p millatli respublika, uning milliy tarkibida qoraqalpoqlar 32,1% ni egallaydi. 

  Ma`lumotlariga  ko`ra  Qoraqalpog`istan  aholisi  asosan  uch  millatning  vakillari  ko`pchilikni 

tashkil etadi va ular  respublikada yashaydigan barcha aholining 91,2 % ini tashkil qiladi. Keyingi 

yillarda  respublikada  qoraqalpoqlar  soni    ko`paymoqda.  Agar    ular  1959  yili  156,0  ming  kishini 

tashkil qilgan bo`lsa, 1989 yilgi aholi ruyxati bo`yicha bu ko`rsatkich 389,3 ning kishiga ko`paydi. 

Qoraqalpoqlar  Chimboy,  Kegeyli,  Qorao`zak,  Qangliko`l,  Nukus  tumanlari  va  Nukus  shahrida 

aholining  50,5%  idan,  85,7%  igacha  tashkil  etsa  Taxtako`pir,  Mo`ynoq,  Shumanoy,  Xo`jayli 

tumanlarida  23,8-42,6%  ni  tashkil  etadi.  qolgan  To`rtko`l,  Beruniy,  Ellikqal`a  va  Amudaryo 

tumanlarining har birida 2% dan 5,7% gacha qoraqalpoq millatiga mansub aholi yashaydi.                                              

       Bundan  tashqari  qoraqalpoq  millati  vakillari  Turkmanistonning,  Toshhovuz  viloyatida, 

shuningdek,  O`zbekistonning  Buxoro,  Navoiy  viloyatlarida,  Farg`ona  vodiysi  va  boshqa  



 

12 


hududlarda    uchraydi.  Shunday    qilib,  qoraqalpoq  millatidagi    aholining  ayrim  qismi  (34,7  ming 

kishi)  qo`shni  respublikalarda,  shuningdek  MDH    davlatlarida    yashaydi.  Qoraqalpog`iston  

aholisining demografik jihatdan o`sishini xarakterlaydigan ko`rsatkichlar qatoriga aholining har bir 

km  kv  o`rtacha    zichligini  hisoblash  ham  kiradi.  Keyingi  yillarda  Qoraqalpog`istonning  tabiiy-

iqtisodiy rayonlarida xalq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirish  bo`yicha katta ishlar amalga oshirildi. 

Amudaryoning o`ng va chap sohilida joylashgan hududlar temir yo`l transporti orqali birlashtirildi, 

ishlab  chiqarish  korxonalarning  iqtisodiy  quvvati  mustahkamlandi  va  yangi  o`zlashtirilgan 

hududlarda  yangi    aholi    punktlari  paydo  bo`lib,ularda  kooperativ  korxonalarning  markazlari 

shakllandi.  Shunga  ko`ra  aholi joylashgan hududlarning miqyosi  kengaydi  va  aholining o`rtacha 

zichligi  oshmoqda.  Agar  1959  yili  Qoraqalpog`iston  aholisining  o`rtacha  zichligi  1  km  3,6  kishini 

tashkil qilsa, 

2005 yilga  kelib, bu ko`rsatkich 9,4 kishiga to`g`ri keldi. 

Respublika  hududida  aholining  o`rtacha  zichligi birdek emas. Agar janubiy rayonda 1 km^2 

erga  34,8  kishini  tashkil  qiladi.  Amudaryo  atrofida  joylashgan  va  irrigatsiya  tarmoqlari    bilan 

ta`minlangan  sug`orma  dehqonchilik  bilan  shug`ullanadigan  tumanlarda  aholi    o`rtacha    zichligi  

yuqori. 


Masalan,  Xo`jayli,  Nukus,  Amudaryo,  Kegeyli  tumanlarida  1  km  kv.ga  57-227  kishi  to`g`ri 

kelsa,  Qo`ng`irot,  Taxtako`pir    tumanlarida    1,4-1,9  kishiga,  Mo`ynoq  tumanida  0,7  kishi  to`g`ri 

keladi. Ustyurt va Qizilqumda bo`lsa 1 km kv erga hammasi bo`lib, 0,1-0,3  kishidan  oshmaydi  (2-

karta-sxema  79

,betda).  Aholining  joylashuvidagi  bunday  nomutanosibliklar  tabiiy-iqtisodiy 



rayonlarning  iqlim  sharoitiga,  hamda  ayrim  hududlarda  xalq  xo`jaligi  tarmoqlarini  rivojlantirish 

darajasiga ham bog`liq.    



Каталог: lektions -> geografiya -> uzb
uzb -> Sizga tavsiya etilaёtgan ma`ruza matnlari Tuproqshunoslik faniga mansub bo`lib, undagi
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi Ajini1z nomidagi Nukus davlat pedagogik instituti
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
uzb -> Uzbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
uzb -> MA’ruzalar matni mavzu: kirish. Topografiya va kartografiya fanlarining maqsadi va vazifalari Reja
uzb -> Uzbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling