Qoraqalpog`iston geografiyasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana24.06.2017
Hajmi0.83 Mb.
#9791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Energetika  sanoati.  Og`ir  sanoatning  bu  tarmog`i  Qoraqalpog`istonda  ikkinchi    jahon 

urushidan  keyingina  paydo  bo`ldi  va  respublikaning  xalq  xo`jaligini  industriyalash-tirishda  o`ziga 

xos  o`rin  egallamoqda.  Yaqin  yillargacha  elektr  energetika  sanoati  yoqilg`i  bazasining  yo`qligi 

sababli  kichik  va  katta  elektr  stantsiyalaridan  iborat  edi.  Masalan,  1961  yillarda  411  ta  elektr 

stantsiyasi  hammasi  bo`lib,  147,7  mln  kvt  soat  elektr  energiyasini    berdi.    Bularning    quvvati  500  

kvt    va    undan  yuqori  bo`lgan  stantsiyalarning  soni  16  ta  bo`lib,  ular  125  ,9  mln  kvt  soat    yoki  

Qoraqalpog`istoning    yillik    elektr  energiyasining  15,2%  ini  tashkil  etadi.    Qolgan  395  ta  elektr 

stantsiyasi  faqat  21,8  mln  kvt  soat,  yoki  respublika  bo`yicha  umumiy  ishlab    chiqarilgan  elektr 

energiyasining 14,8% ini berdi. 

1960  yillardan  boshlab  Taxiatosh  GRESining  birinchi  va    ikkinchi  navbatdagi  quvvatlarini 

amalga  oshirishga  bog`liq  holda  1975  yilning  o`zida  respublikada  yillik  energiyaning  o`sish  hajmi 

1,8 mlrd kvt  soatga   etdi  va  mustahkam  texnik  bazaga  ega  bo`ldi.  Natijada 1940 yillarda ishlab 

chiqarilgan  elektr  energiyasining    miqdori    hozir  bir    necha    soat    davomida  ishlab  chiqariladi.  

Aholi  jon  boshiga  elektr  energiyasining  2672  kvt.soatga  etishi  Qoraqalpog`istonni  bu  ko`rsatkich 

bo`yicha  ko`plab  davlatlarni ortda qoldirishiga olib keldi. 

Taxiatosh  TESi    hozir  faqat  Qoraqalpog`istondagina  emas,  balki  qo`shni  Xorazm  viloyatini 

ham elektr energiyasi bilan ta`minlamoqda. 

1964  yili  Taxiatosh    GRESining  quvvati  48  ming  kilovatga  etdi.  1965-1970  yillarda  har 

birining quvvati 100 ming kvt bo`lgan ko`shimcha 3 turbogenerator o`rnatildi. Shunday qilib, 1970 

yilda bu TESning umumiy quvvati 348 ming kilovatga etkazildi. 1990 yildan boshlab esa Taxiatosh 

GRESining quvvati 420 ming kvt.ga oshirildi. 

Respublikamiz  hududidan  Buxoro-Ural  gaz  quvo`rining  o`tishi  Taxiatosh  TESini  gaz  bilan 

ta`minlashga  yo`l  ochdi.    1961  yili  har  bir  kvt  elektr  energiyasining  tannarxi  6    tiyindan    ortiqroq  

bo`lgan  bo`lsa,    80-yillarining  oxiriga  kelib  1,2  tiyingacha  arzonlashdi.  Hozir  TES  yangi  texnik 

bazaga  ega  bo`ldi.  Bu  qisqa  vaqt  ichida  elektr  energiyasining  tannarxini  5  hissa  arzonlatishga  olib 

keldi. 


1970  yillardan  boshlab  yuqori  vol`tli    elektr    tokini    beruvchi  liniyalarining    qurilishi 

Taxiatoshdan  Nukus  va  Qo`ng`irotga,    Mang`it,  Beruniy  va  To`rtko`l,    Toshhovuz  va  Urganchga 

hamda boshqa  shaharlarga etkazildi.  Shunday  qilib,  rivojlangan  Qoraqalpog`iston energiya tizimi 

paydo bo`ldi. 

Elektr  energiyasini  ishlab  chiqarishning  ortishi  bois,  unga  talab  ham  kuchaymoqda.    Hozir 

respublikamizda  elektr  energiya-sidan  foydalanmaydigan  bitta  ham  sanoat  korxonasi  va  fermer 

xo`jaligi  yo`q.Shunday  qilib,  elektr  energiyasidan  foydalanishning  tarkibi  xalq  xo`jaligining 

talablariga to`liqroq javob bera boshladi.  Keyingi yillarda elektr energiyasiga qishloq xo`jaligining 

ham talabi ancha ko`paymoqda. 

Hozir  respublikamizda      umumiy    ishlab    chiqariladigan    elektr  energisining  12%  i  qishloq 

xo`jaligida foydalanilmoqda. Respublikamizning  bundan  keyin  ham  tabiiy gazga bo`lgan talabini 

hisobga  olib,  Qoraqalpog`istonda  yirik  energetik  markaz  tuzilishining  imkoniyati  mavjud,  deb 

xulosa  qilish  mumkin.    Respublikada  elektr  energiyaga  bo`lgan  katta  talablarga  muvofiq 

stantsiyalarning  va  agregatlarning  qurilishini  tezlatish  Qoraqalpog`istonda  elektro  energetikani 

rivojlantirishning  asosiy  yo`nalishi  bo`lishi  shart.  Kelajakda  Qoraqalpog`istonnining  janubiy 

mintaqalarida  quvvati  1-3  mln.    kilovatlik  gaz  bilan  ishlaydigan  yirik  elektrostantsiya  qurish 

maqsadga muvofiqdir. 

Amudaryoning  quyi    oqimida    bunday    elektr    stantsiyasini  qurish  katta  ahamiyatga  ega.    U 

Xorazm  vohasi  xalq  xo`jaligining,    ayniqsa,  erlarni    o`zlashtirish    va  yangidan  paydo  bo`ladigan 

ximiya  sanoatining  talabini  qanotlantirib,    Quyi  Amudaryo  iqtisodiy  rayonining    boshqa 

mintaqalarga  arzon  elektr  energiyasini etkazib berishiga imkoniyat yaratadi. 


 

18 


Qurilish  materiallari    sanoati.  Qoraqalpog`istonda  energetika  sanoatini  rivojlantirish  va  shu 

asosda xom ashyo resurslaridan kengroq foydalanishga imkoniyat tayyorlash,  respublikada qurilish 

materiallari sanoatini rivojlan-tirishga keng yo`l ochdi. 

Qurilish  materiallari  sanoatining  o`sish  tezligi  keyingi  vaqtda  sanoatning boshqa tarmoqlariga 

qaraganda  yuqori  bo`ldi.    Shunga  qaramasdan  qurilish  materiallarini  ishlab  chiqaradigan 

korxonalarda    hanuzgacha  foydalanilmayotgan  ko`p  rezervlar  uchraydi.  Bu  imkoniyatlarni  amalga 

oshirish  qurilish materiallarini  ishlab chiqaradigan  hozirgi korxonalarning quvvatidan va qurilish 

materiallarining  barcha  turlaridan  to`liq  foydalanishni  talab    qiladi.  Masalan,    silikat    bloklari  va 

temir-beton  plitalari  g`ishtga  qaraganda  foydali  va  arzon  ekanligi  ma`lum.  Biroq,  g`isht  qurilish 

materiallari  ichida  1-o`rinni  egallamoqda  va  Qoraqal-pog`iston  sharoitida,    ayniqsa,  qishloq 

qurilishlari  uchun  asosiy  qurilish  materiallaridan  biri  bo`lmoqda.  Bu  g`isht  zavodlarining 

quvvatidan yanada to`laroq foydalanish zarurligini ko`rsatadi. 

Keyingi  yillarda  ayrim  ish  jarayonlarini  mexanizatsiyalash  va  ishlab  chiqarishni  to`g`ri  

tashkillashtirish    hisobidan    g`isht    zavodlarida  mahsulot  ishlab  chiqarish  bir  qancha  ko`paydi. 

Xo`jayli,  Nukus,  Beruniy  va  Qo`ng`irot  g`isht  zavodlarida  tuproq  chiqarish  va  g`isht  quyish 

mexanizatsiyalashtirildi.  Xo`jayli va Nukus zavodlarida g`ishtni avtomatlashgan jihozlar yordamida 

quritishga o`tildi.  Bu respublikamizda chiqariladigan umumiy g`ishtning 3/4 qismiga to`g`ri keladi. 

  Respublikamizdan  gaz  quvuri  liniyasining  o`tishi  g`isht    zavodlarini    arzon    yoqilg`i    bilan 

ta`minladi.  Natijada  g`isht  ishlab  chiqarish  ancha  ko`paydi.  Biroq  g`isht  zavodlarining  texnik-

iqtisodiy ko`rsatkichlari hali talabga to`la javob bera olmasligini aytib o`tish kerak. 

Yuqorida  ko`rsatilgan    yutuqlarga    qaramasdan      respub-likamizda  g`isht    zavodlarini    texnik  

tomondan ta`mirlash darajasi yurtimizdagi ko`plab korxonalardan orqada qolmoqda. 

Keyingi  yillarda    qurilish    materiallarini    ishlab  chiqaradigan  korxonalarni  yiriklashtirish  va 

ularga    boshchilik    etishning    yaxshilanishi  qurilish  materiallarining  ko`payishiga  olib  keldi.  

Ayniqsa, ularning maxsulotlarini hozirgi zamon qurilishining talabiga ixtisoslasha boshladi. 

Tarkibiy temir-beton konstruktsiyalaridan qurilishda keng  foydalana  boshlandi.  1958 yildan 

boshlab temir-beton ishlab chiqaruvchi mexanizatsiyalashtirilgan korxonalar ishga kirisha boshladi,  

1963  yili  esa  Nukusda  qurilish  kombinati,    Taxiatosh  temir-beton  zavodi  va  boshqada  korxonalar 

foydalanishga berildi. Qoratov  rayonsida qurilish  materiallari  sanoatning xom ashyo tayorlaydigan 

ishlab  chiqarish  bazasi  kengaytirildi.    Bu  respublikada  yil  sayin    qurilish  materiallarini 

etishtirishning hajmini orttirdi. 

Statistik  ma`lumatlarga  kura  respublikamizda    qurilish    materiallarining    bir  qancha  

o`sganligini 

ko`ramiz. 

 

Biroq 


ishlab 

chiqarishning 

o`sish 

tezligi 


talabni 

hozircha 

qondirmaydi.Sababi,  qurilish  materiallarini  ishlab  chiqaruvchi    korxonalar  kam  va  ularning  ishlab 

chiqarish  quvvati  har-xil    turdagi  mahsulotlarni  tayyorlashga  javob  bermaydi.  Shu  tufayli  qurilish 

materiallari  sanoatining  rivojlanish  sur`ati  bu  sohaga  qo`yilgan  talablarni  qondirmaydi.  Shunga 

muvofiq bu tarmoqni tez vaqt ichida og`ir sanoatning  belgili tarmog`iga aylantirish zarur. 

Qurilish  materiallarini  ishlab  chiqarish    darajasining    talabdan  orqada  qolishi 

Korokolpogistonga  aholining  boshqa  viloyatlardan  ko`pgina  qurilish  mateiallarini  olib  kelishini 

taqozo  etadi.  Bu  hol  qurilish  materiallarini    tashish    uchun    ko`p    sarf  talab  qiladi  va  qurilishning 

tannarxini qimmatlashtiradi.  

Keyingi  yillarda  Qoraqalpog`istonga  boshqa  viloyatlardan    millionlab    dona  g`isht  tashib 

kelinmoqda.    Uni  tashish  uchun  sarf  etiladigan  xarajat  ham  ko`paymoqda.Qurilish  materiallari  

sanoatining    hozirgi  ahvolini  tekshirish  qurilish  materiallarini  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarni 

joylashtirishda  faqat  yirik  qurilishning  talabigina  hisobga  olinganligini  ko`rsatadi.    Qurilish 

materiallari  sanoati  hozir  Nukusda,    Taxiatoshda,  Xo`jaylida,    Beruniy,    Qo`ng`irot,  Amudaryo  va 

boshqa  tumanlarda  joylashgan.  Bu  shaharlar  va  tumanlarda  yirik  sanoat  korxonalari  to`plangan. 

Natiyjada  2000  yili  respublikada    etishtiriladigan  g`ishtning  yarmidan  ko`pi  Xo`jayli  va  Nukusda 

tayyorlandi.    Lekin,  Respublikamizning  47  foiz  aholisi  yashaydigan  va  yangi  dexkonchilikga 

ixtisoslashgan  xo`jaliklarida  joylashgan  g`isht  zavodlari  eski  texnologiyaga  asoslangan  va  g`isht 

mahsulotlariga  bo`lgan  talabni  qondirmaydi.  Shunday  qilib  kelajakda  qurilish  materiallarini 

ko`paytirish  uchun  uning  ishlab  chiqarish  bazalarin  kengaytirish  va  qurilish  materiallari  sanoati 

korxonalarini respublika hududi bo`yicha maqsadga muvofiq joylashtirish zarur. 



 

19 


Agar  kelajakda  respublikada  asfal`tlangan  avtomobil`    yo`llarini  qurish,    shaharlarning 

gidromeliorativ  sharoitiga  va    sanoat  majmualarining  talabiga  asosan  yangi  ob`ektlarini  qurish 

masalalarini hisobga  olsak,  unda  kelajakda  qurilish materiallariga bo`lgan ehtiyoj yanada ortadi. 

Shuning  uchun  qurilish  sanoatida  etishtiriladigan  mahsulotlarning  hajmini  ko`paytirish  uchun 

hozirgi  bor  korxonalarning  ishlab  chiqarish  quvvatlaridan  to`liq  foydalanish  va  ishlab  chiqarish 

sohalarida  yangi  texnologiya  asosida  mahsulot  tayyorlashini  kengaytirish    kabi    ishlarni    amalga 

oshirish kerak.  Mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to`liq foydalanish uchun Qo`ng`irot, Nukus, 

Chimboy,  Beruniy,  Mang`it,    Xo`jayli,  Taxtako`pir  va  To`rtko`l  g`isht  zavodlarining  ish  ritmiini 

oshirish  zarur.  Ayniqsa,  ularda  g`isht  tayyorlovchi  korxonalarning  ish  jarayonini    yakunlash    va 

g`isht  quritish  protsessini  tezlatish  kerak.    Bu  choralar  hozirgi  zavodlarda  etishtirilayotgan 

g`ishtning  yillik  miqdorini  200 mln donaga etkazishga imkoniyat tug`diradi. 

Shu  bilan  birga,    Beruniy,  Mang`it  ohak  zavodlarini  ta`mirlashini  rejalashtirilish  zarur.  

Shuning  hisobidan  bu ikki zavod yiliga 60 ming tonna ohak ishlab chiqaradigan bo`ladi.  Nukus,  

Xo`jayli,  Oqtov  va Mang`itdagi noruda materiallarni ishlab chiqaruvchi korxonalarda ish jarayoni 

(tosh qo`porish, maydalash va saralash) mexanizatsiyalashtirish-graviy,  shag`al va yirik  toshlarning  

yillik miqdorini 1500 ming tonnaga etkazishga imkoniyat yaratadi. 

Qo`shma  temir-beton    va    silikat  bloklari  materiallarini  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarda 

bug`lantiruvchi kameralar bilan avtoklablarning quvvatliligini orttirib,  yuklash,  tushirish jarayonini 

mexanizatsiyalashtirish  orqali  har  yili  ishlab  chiqariladigan  temir-beton    konstruktsiyalarining 

miqdorini 450 ming metr kubgacha etkazish mumkin. 

Qurilish  materiallari  sanoatining  rivojlanishi  uning    xom    ashyo  bazasining  o`rganilishiga 

bog`liq  bo`ladi.    Lekin  uzoq  yillar  davomida  Qoraqalpog`istonda  qurilish  materiallari  sanoatining 

xom ashyo bazasini  tekshirish va tadqiqot ishlarini rejalashtirishning yo`qligidan ortda qolib keldi. 

Hozir qurilish  materiallarining  ishlab  chiqarish markazlarini tuzish va geografik joylashtirish 

masalalari ancha kulga olindi. O`tkazilgan tadqiqotlarning  yakunlariga va  qurilish materiallari xom 

ashyo bazasining xarakteriga asoslanib, olimlarimiz respublika hududini 4 rayonga  bo`ladi. 

1. Noruda har xil qazilma boyliklariga ega. Sulton Uvays-Jumurtov raioni; 

2. Keramika xom ashyosi va  inert  materiallariga boy Toshsaqa-Tuyamo`yin raioni; 

3. Mergel`, gips va ohak tosh chiqaradigan Kegeyli-Chimboy-Taxtako`pir raioni; 

4. Loy, gips, karbonat va tal`k xom ashyosiga boy Sulton Uvays-Jumurtov  raioni.  

Xalq  xo`jaligi  uchun    Sulton  Uvays-Jumurtov    zonasidagi    noruda    qazilma  boyliklarni 

o`zlashtirish alohida ahamiyatga ega. Bu rayonda qurilish materiallari uchun eng yirik va qulay xom 

ashyo  bazasi  joylashgan.  Shunga  ko`ra  Sulton  Uvays-Jumurtov  zonasida  sanoat    korxonalarni  

qurish    va  uning    ishlab    chiqarish  bazalarini  tashkil  etish  qurilish  sanoatini  rivojlantirishga 

qaratilgan eng yirik va ahamiyatli rejalarning  biri bo`lib hisoblanadi. 

 Qoraqalpog`istonda 2000 yillarga kelib og`ir sanoat majmuasining ayrim tarmoqlari,  ayniqsa, 

gaz sanoati, ximiya  sanoati  shisha va farfor fayans sanoati, shu bilan birga tuz sanoati tarmoqlarini 

tuzish bo`yicha katta amaliy ishlar amalga oshirildi. 1996 yil davomida Qo`ng`irot gaz kondensatini 

etishtiradigan  Urga  korxonasida  respublika  tarixida    birinchi   marta  4,8 ming  tonnadan ortiq gaz 

kondensati,  652,9  mln.  m

3

  tabiiy  gaz  ishlab  chiqildi.  Italiya  firmalarining  ishtiroki  bilan  Nukus 



marmar  zavodida    yiliga    60    ming  kv  metr  marmar  bo`laklarini  tayyorlaydigan  yangi  tsex  ish 

boshladi.  Xo`jayli  shahrida  yillik    quvvati    45    mln  dona  shisha  va  banka  tayyorlaydigan  shisha 

zavodi foydalanishga topshirildi va dastlabki mahsulot chiqarila boshladi. 

Ximiya sanoatining Qoraqalpog`istondagi va hatto O`rta Osiyo davlatlaridagi eng yirik markazi 

Qo`ng`irot soda zavodining qurilishi  juda tezkorlik bilan amalga oshirilmoqda. Bu korxona uchun 

dastlabki  xom  ashyo  sifatida  Qoraumbat  tuz  koni,  keyinchalik  esa  Borsakelmas  tuz  konlari  

foydalaniladi.  Agar  Qoraqalpog`iston  aholisining  osh  tuziga  bo`lgan  yillik  ehtiyoji  2550  tonna 

chamasida  deb  olsak,  bu  nomi  aytilgan  tuz    konlarining    zahiralari    faqat    Qoraqalpog`iston 

respublikasi  emas,  balki  O`rta  Osiyo  respublikalari  aholisining  osh  tuziga    bo`lgan  talabini  uzoq 

yillar davomida qondira oladi. 



engil sanoat. Qoraqalpog`istonda  engil sanoat tarmog`i sanoat majmuasining eng rivojlangan  

tarmoqlaridan  sanaladi. Bu tarmoq respublikaning sanoat majmuasi bo`yicha etishtiriladigan yillik 

mahsulotning    33-35%  ini  va  ishchi  xizmatchilarning  33,5%    ini  jamlaydi.  Keyingi  yillarda  engil 


 

20 


sanoat tarmoqlari yangi texnologik uskunalar bilan  qayta  ta`mirlandi  va bu tarmoqning geografik 

joylashuviga  ham  katta  o`zgarishlar  kiritildi.  Masalan,  1961-2000  yillar  ichida  engil  sanoat 

tarmoqlarida    asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining  qiymati  3,7  hissaga  ko`paytirildi.  Bu  mahsulot 

etishtirishning  darajasini  1,7    hissaga    orttirishga  olib  keldi.  Hozir    respublikada  ko`ra  engil 

sanoatning asosini paxta  tozalash  sanoati  tashkil etmoqda. engil sanoatning boshqa sohalaridan ip 

yigirish  va  to`qish,    tikish  fabrikalari,  trikotaj  mahsulotlari  tayyorlash  yo`lga  qo`yilgan.  Biroq  bu 

tarmoqlar  endigina  rivojlanish  imkoniyatiga  ega  bo`ldi  va  yillik  mahsulotining  25%  i  etishtiradi. 

Qolgan 72% mahsulot paxta tozalash sanoatining ulushiga to`g`ri keladi. 



   Paxta  tozalash  sanoati.  Karokolpogistonda  1960    yillardan    boshlab paxta tozalash sanaoti 

rivojlana  boshladi.  Bo`nga  Qo`ng`irot-Chorjov,  Nukus-Uchkuduk-Toshkent  yo`nalishidagi  temir 

yo`l    liniyasining  ishga  tushishi  katta  imkoniyatlar  ochdi.  O`rta  Osiyo  va  jahonning  boshqa 

davlatlaridan paxta tozalash sanoati uchun mashinalar       jihozlari  olib kelinishiga yo`l ochildi. Bu 

paxta  tozalash  sanoatini  ta`mirlash  uchun  texnik  baza  tuzdi.  Hozir  Qoraqalpog`istonda  9  ta  paxta  

tozalash    zavodi    va  44  ta  paxta  tayyorlash  punkti  bor.  Paxta  tozolash  korxonolarida  49  ta  

qurituvchi-tozalovchi    tsexlar  bor.  Bunday  tsexlar  boshqa  paxta  tayyorlash  punktlarida  ham 

qurilmoqda.  Paxta  sifatining  yaxshilanishi  esa  ko`pincha  uni    quruqsiz    saqlashga  bog`liq.  Paxta 

yig`im-terim mavsumida yuqorida ko`rsatilgan qurituvchi, tozalovchi tsexlarsiz, paxtani nam holda 

toylash qiyin. Shuning uchun hozirgi vaqtda qurituvchi, tozalovchi tsexlarning quvvatini orttirishga 

va  ulardan  samarali  foydalanishga  katta    ahamiyat    berilmoqda.  Qurituvchi,  tozalovchi    tsexlar 

alohida  ishlab  chiqaruvchi  soha  bo`lib  shakllanmoqda.  U  paxta    tozalash    zavodidan    texnologik  

tuzilishi, mashinalar  tizimi va ish jarayoniga ixtisoslashishi bo`yicha ajralib turadi. Paxta tozalash 

sanoatidagi bunday tarkibiy  turli  o`zgarishlarni  ham hisobga olish zarur. 

 Chigitdan  lint  olishni  orttirish  paxta  tozalash  sanoatining  ishlab  chiqaruvchi  va  iqtisodiy 

ko`rsatkichlarning ko`tarishiga yordam beradigan masalalardan hisoblanadi. Paxta etishtirish har yil 

sayin o`sishi kerak. 1990  yili  Qoraqalpog`iston  bo`yicha 361 ming tonna paxta etishtirildi, ya`ni 

1965 yili bilan qiyoslaganda 101 ming tonna  ko`p. Paxtachilik  tarmog`ining  rivojlanishi  sababli 

paxta  tozalash  sanoatida ham texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar yaxshilanmoqda.  

Keyingi  yillarda  lint  etkazish  ham  biroz  o`sdi.  Agar  1965    yili  9,4  ming  tonna  lint  olingan 

bo`lsa,  1996  yili  bu  kursatkish  14,5  ming  tonnaga  etdi.  Biroq  chigitdan  lint  olish  bo`yicha  holi 

foydalanilmayotgan rezervlar ko`p. Masalan, ayrim yillarda, ayniksa Mang`it paxta tozalash zavodi 

bo`yicha  lint  tolasining  chiqarilishi  7,36  %    bo`lsa,  Qo`ng`irot    paxta    tozalash  zavodida  lint 

tolasining  chiqishi  4,49  %ni,  Xo`jayli  paxta  tozalash  zavodida  8,6%    tashkil  etdi.  Olimlarning 

aniqlashlariga  qaraganda,  lintning  chiqimi  lint  olishning  takrorlanishiga  bevosita  bog`liq,  ya`ni 

chigitdan lint olish qancha ko`p takrorlansa,  lintning chiqimi ham shuncha ko`p bo`ladi. Masalan: 

Mang`it  paxta  tozalash  zavodida  chigitdan  lint  olish  jarayoni  3  marta  takrorlangan,  Qo`ng`irot, 

Xo`jayli  paxta    tozalash  zavodlarida  faqat  1  martagina  o`tkazilgan.  Lint  paxtadan  olinadigan 

qimmatbaho  mahsulotlardan  biri  bo`lib,  o`nga  talab  yildan-yilga    ko`paymoqda.      Shuning    uchun 

keyingi  vaqtlarda  chigitlardan  lint  tayyorlash  jarayoni  ko`payishiga  va  paxta    zavodlarining  

barchasida chigitni 3 marta linterlashga o`tishni   ta`minlashga   alohida  ahamiyat berilishi kerak. 

Paxta  tozalash  zavodlarida  ishlab  chiqarish  jihozlaridan  foydalanishning    bir    qancha 

yaxshilanganligini  yuqoridan  keltirilgan  ko`rsatkichlar  dalillaydi.  Agar  djinlarning  unumdorligi 

1965  yili  har    pilo-salt    hisobida    6,79  kg  bo`lsa,  2000  yili  7,69  kg  etdi.  Biroq  ishlab  chiqarish 

korxonalarida  texnologik  tomondan  hanuzgacha    foydalanilmayapdi.  Paxta  tozalash  korxonalarida 

ishlab  chiqarish  fondlaridan  samarali  foydalanish  masalasi  paxta  zavodlarini,  respublikamizning 

hududlari  bo`yicha    to`g`ri  joylashtirishni  talab  qiladi.  Kelajakda  paxta  zavodlarini  joylashtirishda 

quyidagi masalalarga alohida e`tibor berilishi  kerak. Hozir  Qo`ng`irot  paxta  tozalash zavodining 

quvvatidan  to`liq  foydalanilmayapti.  Bu  zavodning  ishlab  chiqarish  quvvati  bilan  xom  ashyo 

bazasining    o`rtasidagi    nomutanosiblikni    yo`qotish  kerak.  Shundagina  Qo`ng`irot  paxta  tozalash 

zavodining yillik samaradorligi 33,6  ming tonna  paxtani  chigitdan  ajratishga yo`l ochadi. Bizning 

hisobimizcha,  Chimboy  va  Xalqobod  paxta  tozalash  zavodlarining  ishlab  chiqarish  quvvati  

kelajakda    ularning    xom  ashyo  bazasidan  ortishi  mumkin.  Shuning  uchun  bu  zavodlarda  paxta 

tozalovchi    mashinalarning    sonini    va    shu  navbatligini    o`zgarishsiz  qoldirishga  bo`ladi.  Buni 

respublikamizning  janubiy  rayonsidagi  Mang`it  paxta  tozalash  zavodi    uchun    ham    taklif  qilish 


 

21 


mumkin.  Sababi  bu  zavodning  ham  ishlab  chiqarish  quvvati  uning  xom  ashyo  bazasi  bilan  mos 

keladi.  Beruniydagi  paxta  tozalash    korxonalari  2  ta  zavoddan  iborat.  Ularning  ikkalasi  ham 

Beruniyda joylashgan har bir boshqarmaga birikadi. Bu zavodlarning birida 5 djin,  ikkinchisida 3 

djin  o`rnatilgan.  Kelajakda  Beruniy,  Ellikqal`a  tumanlari  respublikamizning  eng    samarador  

paxtachilik    tumanlari  bo`lib    qoladi.  Shuning    uchun  keyingi  vaqtlarda  bu  tumanlarning  yangi 

massivlarini  paxta  ekinlariga  o`zlashtirib  va  paxta    hosildorligini  deyarli    ko`paytirish    yo`li  bilan 

paxta  etishtirish  ancha  ortadi.  Shunday  qilib  paxta  tozalash  zavodlarining  xom  ashyo  bazasi  bilan  

moslashtirish bo`yicha yuqorida ko`rsatilgan ishlar amalga oshirilgan holda ularning umumiy ishlab 

chiqarish  quvvati  barcha    chigitli  paxtani  qayta  ilashga  to`liq  javob  beradi.  Bu  Qoraqalpog`iston 

paxta tozalash sanoatining oldida turgan asosiy  vazifalardan  hisoblanadi. 



    To`qimachilik  sanoati.  Qoraqalpog`istonda  to`qimachilik    sanoati  eng    yangi    tarmoqlar  

qatoriga  kiradi.  Dastlab  respublikada    Xo`jayli,  Mang`it,  Beruniy  shaharlarida  ip  yig`iradigan 

to`qimachilik  korxonalari    va  To`rtko`lda  ip-gazlama  to`qiydigan  ishlab  chiqarish  birlashmasi  ish 

boshlagan  bo`lsa,    1993  yilning  may  oyidan    boshlab    Turkiyaning    "Yazeks"  firmasi    yordamida 

"Kateks"  nomli  to`qimachilik  mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchi  korxona  ishga  tushdi.  Bu  korxona 

1993  yilning  8  oyi  davomida  801  ming  donadan  iborat  umumiy  bahosi  2  mln  448  ming  so`mlik 

to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqardi. 1995 yilga kelib esa Nukus to`qimachilik  aktsionerlik 

jamiati 54 mln 624 ming so`mlik mahsulot tayyorlash imkoniyatiga erishdi. Korxona yil davomida  

162    tonna    paxta  ipi    yana    1  mln  883  ming  dona  trikotaj  gazlamalarini  ishlab  chiqara  boshladi. 

Ellikqal`a tumanida ishga tushgan «Elteks» aktsionerlik jamiyati  shu yili 239 mln 170 ming so`mlik 

mahsulot  ishlab  chiqarib,  yil  davomida  717  tonna  paxta  ipini  va  1  mln  932  ming  kv  metr  paxta 

gazlamalarini    tayyorlash  imkoniyatiga  erishdi.  Shu  davr  ichida  To`rtko`l,  Beruniy,  Mang`it, 

Xo`jayli  ishlab  chiqarish  birlashmalarida  yiliga  499,1  mln  so`mlik    mahsulot    ishlab  chiqarildi, 

tayyorlangan  paxta  ipining  hajmi  4,5  ming  tonnani,  trikotaj  mahsulotlarining  hajmi  22  mln.  118 

ming  kv  metrga  etdi.  Shunday    qilib    respublika    hududida    dastlabki  mahsulot  bera  boshlagan 

to`qimachilik korxonalari yillik mahsulotlarining hajmi  793  mln.  so`mni tashkil qildi.  Kelajakda 

bu korxonalar to`liq quvvatga o`tishi bilan yillik ishlab chiqaradigan mahsulotlarning hajmi  1,8-2,5  

hissaga  ortadigan  bo`ladi.  Sof  foydaning  miqdori  "Qoraqalpoqxlopkoprom"  assotsiyatsiyasi 

bo`yicha 34 mln. 641 ming so`mga etadi. 

 Respublika    hududida    to`qimachilik    sanoatini  rivojlantirish  katta  imkoniyatlarga  ega. 

Kelajakda  suv    manbalaridan    samarali    foydalanish  bilan  birga  paxtachilik  sohalarida  yillik 

mahsulot etishtirishni ko`paytirishga alohida e`tibor beriladi. Bu to`qimachilik  korxonalarida ishlab 

chiqarish  quvvatlarini  oshirish,  yillik  mahsulot  tayyorlashning  hajmini  orttirishga  yo`l  ochadi.  Bu 

masalada    O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  Qoraqalpog`iston  respublikasida 

tabiiy ofatning oqibatlarini tugatish va moddiy masalalar echishni  tezlashtirish  haqidagi 1992 yilgi 

405  sonli  qarori  katta  ahamiyatga  ega.  Shu  qarorga  muvofiq  Xo`jayli,  Mang`it  ip  yig`irish 

to`qimachilik  fabrikalarini    qayta  ta`mirlash  va  yangi  texnik  jihozlar  bilan  ta`minlash  masalalari 

echilyapti.  Bu  paxta  mahsulotlarini  1-darajali    qayta  ishlashdan    boshlab,  undan  2-darajali  tayyor 

mahsulotlarni ishlab chiqarishgacha jarayonlarni o`z ichiga oladi. Bu va yana  boshqa  ishlarni tez 

hayotga tadbiq qilish to`qimachilik sanoati mahsulotlarini oshiribgina qolmasdan, uning bir qismini 

eksportga  chiqarish  imkonini  beradi.  Kelajakda    Qoraqalpog`istonda    ip    gazlamalarini    ishlab 

chiqaradigan  sohalar  bilan  bir  qatorda  shoyi  gazlamalarini  ishlab  chiqarish  ham  alohida    e`tibor 

berildi.  Hozir  har  yili  Qoraqalpog`istonda  890-915  tonnadan  ortiq  pilla  mahsulotlari  etishtiriladi.  

Lekin ishlab chiqaruvchi  bazaning yo`qligi uchun tayyorlangan pilla mahsulotlariga katta chiqimlar 

sarflanib rekpublikadan chetga chiqariladi. Bunday  holda  katta tonnali temir yo`l tarkibining  yuk 

ko`tarish  darajasidan  fakat  60    foydalanishini  hisobga  olsak,  unda  yuqoridagi  hajmdagi  pilla 

mahsulotlarini  tashish  uchun ko`p miqdordagi vagonlar talab etilishi aniq.  Bu temir yo`l transporti 

orqali  tashiladigan  yuklar  uchun    yo`l  uzunligini    oshiradi  va  ekspluatatsiya  chiqimlarining  ortishi 

tufayli  tashiladigan  yuklarning  tannarxining  qimmatlab  ketishiga  olib    keladi.  Shuning    uchun  

respublika  hududida  etishtiriladigan  pilla  mahsulotlari  asosida  ipak    gazlamalarini    to`qiydigan  

korxonalarni qurish maqsadga muvofiq keladi.  


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling