Qoraqalpog`iston geografiyasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana24.06.2017
Hajmi0.83 Mb.
#9791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Oziq-ovqat sanoati. Qoraqalpog`iston     oziq-ovqat sanoati engil sanoati kabi etakchi o`rinni 

egallab,  barcha  sanoat  majmuasida  yil  davomida  etishtiradigan  umumiy  mahsulotning  30-35%  , 



 

22 


asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining      12%  ga  yaqini  va  sanoatda  ishlovchi  ishchi  va 

xizmatchilarning  18,6%  ni  tashkil  etadi.  Agar  60-yillarda  oziq-ovqat  sanoati    asosan    baliq  

konservalarini    chiqarish,    o`simlik  yog`ini  etishtirish  va  non  mahsulotlarini  chiqarish  bilan  

cheklansa,  hozirgi    vaqtda    bu  soha    go`sht,    yog`,  un,  makaron  mahsulotlari,  pivo,  konditer 

mahsulotlari, ichimlik suv va boshkada    mahsulotlarni    ishlab    chiqara boshladi. 

Oziq-ovqat    sanoatining    hozirgi  vaqtda  rivojlangan  sohalariga  yog`  ishlab  chiqarish,    go`sht 

sanoati,  sut-yog`  sanoati,  non    sanoati,  un  sanoati  va  meva kontservalarini ishlab shikarish sanoati 

hisoblanadi.  Shu  yuqorida  ko`rsatilgan  sohalar  oziq-ovqat  sanoati  ishlab  chiqargan  umumiy  

mahsulotning  68-73%  ini  etishtiradi.    Keyingi  yillarda  oziq-ovqat  sanoatini  qayta  ta`mirlash 

natijasida  Chimboy,  Xo`jayli,  Beruniyda  yog`  zavodlari,  Xo`jayli    va    Nukusda    go`sht  

kombinatlari, sut-yog`  zavodlari, Mo`ynok raionida baliq zavodlari, Nukusda makaron va  konditer 

fabrikalari   foydalanishga  topshirildi.  Shunday  qilib,  respublikada oziq-ovqat sanoatining asosiy 

ishlab chiqaruvchi bazasi kengaytirildi  va  mahsulot ishlab chiqarishning hajmi ortdi.  

Agar 1960 yillarda Qoraqalpog`iston bo`yicha yiliga 13 ming tonnaga yaqin o`simlik yog`i, 4,5  

ming  tonna  go`sht  mahsulotlari  etishtirilgan  bo`lsa,    tuksoniinchi    yillarnng  oxiriga  kelib, 

respublikamizda yiliga 19 ming tonna o`simlik yog`i, 3,3 ming tonna go`sht mahsulotlari,108 ming 

tonna un, 6ming tonna makaron 192 dkl.litr vino mahsulotlari ishlab chiqaradigan bo`ldi. Lekin, bu 

ko`rsatkichlar    aholining  oziq-ovqatlariga  bo`lgan  ehtiyojini  qanoatlantirmaydi.  Ishlab    chiqarish    

fondlaridan     foydalanishning    pasayishi    xom    ashyo  bazasining deyarli kamayishiga  bog`liq  

bo`lyapti.  Masalan,  2004  yilgi  ko`rsatkich  bo`yicha  Qoraqalpog`istonning  yog`  zavodlari    ishlab  

chiqarish  quvvatidan  hammasi  bo`lib  66%  cha  foydalansa,kontserva  kombinatlarida  ishlab 

chiqarishi  quvvatlaridan  46% ga, mol egin taerlash korxonalarida 17% ga, go`sht  kombinatlarida 

57%ga foydalaniladi.  

        Oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning   darajasi   respublikaning  

boshqa    korxonalarida    ham    yaxshi  emas.  Masalan,    hozirgi  ma`lumotlarga  qaraganda  Nukus  sut 

zavodida  xom  ashyo  bazasining  etishmasligidan  ishlab  chiqarish  quvvati  60%  ga,  go`sht 

kombinatida  43%  ga,  foydalanilsa,  Beruniy  yog`  zavodida  esa  ishlab    chiqarish  quvvatidan 

foydalanish 66% ni, Chimboy yog` zavodida 79% ni tashkil qiladi xolos. Respublika bo`yicha xom 

ashyo  resurslarining  etishmasligidan  ishlab  chiqarish  quvvatidan  foydalanish  darajasi  deyarli 

pasaymoqda. 

     Hozir  Qoraqalpog`iston  yog`  zavodlari  yiliga  28  ming    tonnadan  ortiq    yog`    mahsulotlarini  

etishtirish imkoniyatiga ega. Lekin hozir yiliga hammasi bo`lib 13-15,3 ming tonna yog` mahsuloti 

tayyorlanadi.  Ishlab    chiqarish    quvvatidan  to`liq  foydalanmaslik  natijasida  Qoraqalpog`iston 

bo`yicha  sanoat  sektorida  yiliga  258  mln  sumlik  maxsulot  kam  etishtirildi.  Bundan  tashqari  oziq-

ovqat sanoatida ishchilarning ish vaqtidan foydalanishi grafigida ham kamchiliklar  uchraydi. 2000 

yilgi    ma`lumot  bo`yicha  Chimboy  yog`  zavodida  20  kishi  ishga  qabul  qilingan,  41  kishi  ishdan 

bo`shagan  bo`lsa,  Beruniy  yog`  zavodida  bu  ko`rsatkich  26-34  kishini  tashkil  qiladi.  Shu  sababli, 

Chimboy  yog`  zavodi  bo`yicha  ishchi  kuchidan  foydalanishning  grafigi  18%  ga  bajarilmadi. 

Respublikaning  oziq-ovqat  sanoatida  o`rin  olgan  bunday  hollar  yil  sayin  etishtiriladigan  kundalik 

mahsulotlar miqdorining  pasayishiga va  jon boshiga to`g`ri keladigan oziq-ovqat mahsulotlarining 

keskin  kamayib ketishiga olib kelmoqda.  

Shuning uchun hozirgi vaqtda yiliga respublika  bo`yicha  faqatgina 144,7 mlrd. so`mlik har xil 

turdagi  tutunish  mahsulotlari  tayyorlanadi.  Shunga  kura,    Qoraqalpog`iston    bo`yicha    oziq-ovqat  

mahsulotlarini  tayyorlash  O`zbekistonda  ishlab  chiqariladigan  mahsulotning  faqat  2,4%  ini  tashkil 

qiladi.  Natural    formada  etishtirilayotgan  oziq-ovqat  mahsulotlarining  hajmi  O`zbekistonga 

qiyoslaganda  go`sht  bo`yicha  5%  i,  sut  mahsulotlari    bo`yicha    4,5%  ini    tashkil    qiladi  xolos.  Bu  

haqiqatdan  ham  achinarli  hol..  Respublikamiz  qishloq  xo`jaligiga  iktisoslashgan  bulsada  yiliga  

aholi jon  boshiga  5,1 kg  kartoshka, 52,8  kg  poliz mevalari, 77 kg qovun-tarvuz mahsulotlari, 963 

kg cha meva, 28,4 kg go`sht  mahsulotlari, 155-160  kg sut, 77-80 dona tuxum etishtirish darajasiga 

ega.  Bunday  og`ir  sharoitdan  chiqish  uchun  xom  ashyo  bazasini  kengaytirishga  alohida  e`tibor 

berish zarur.  

 Qoraqalpog`istonning  yog`    zavodlarida    mahsulot  etishtirish-ning  pasayishi,  etishtiriladigan 

paxta  mahsulotlarining  kamayishiga  bog`liq  bo`lyapti.  Shunga  kura,  korxonolarda  xozirgi      ishlab 


 

23 


turgan  kuvvatlardan  to`liq  foydalanish  uchun,    eng  kamida  yiliga  300-350  ming  tonna  paxta 

mahsulotlarini  etishtirish    kerak.  Bu    uchun  respublikada  paxtaning  ekin  maydonlarini  150  ming 

gektarga  kupaytirish,  shu  jumladan  uning  87-88  ming  gektarini  janubiy  tumanlarda  joytslashtarib, 

hosildorlikni 29,7 tsentnerga etkarilsa, yiliga 259-260 ming tonnacha paxta mahsulotlarini taerlash 

mumkin. 

Bu birinchidan,  aholini o`simlik yog`i  bilan  ta`minlashni  hal qilsa, ikkinchidan, chorvachilik 

sohalarini,  oqsilli  em-hashak    kontsentratlar  bilan  ta`minlashga  yo`l  ochadi.    Qoraqalpog`istonda 

oziq-ovqat    sanoatining  rivojlanishini  ta`minlash  uchun  chorvachilikni  rivojlantirishga  alohida 

e`tibor berish  kerak. Yuqorida ko`rsatganimizdek, chorvachilikni olinadigan sut, go`sht va boshqa 

mahsulotlarning  kamayishi  sababli    respublikaning    go`sht  va  sut  mahsulotlarini  qayta  ishlab 

chiqaradigan  korxonalarda  ham  ishlab  chiqarish  kuchlaridan  to`liq  foydalanishning  imkoniyati 

bo`lmayapti.  Shuning    uchun    sug`orma    dehqonchilik    rayonlarining  hisobidan,  mustahkam  em-

hashak    bazasini    tuzatib,  qoramollarning    bosh    sonini  ko`paytirish  va  podaning  tarkibida  sog`in 

sigirlarning  nisbiy  hissasini  45-50%  gacha  oshirish  zarur  bo`ladi,  bizda  hozirgi  vaqtda    sog`in  

sigirlarning nisbiy hissasi podaning tarkibi eng ko`pi bilan 24-25% dan oshmaydi. 

  Qoraqalpog`iston  sharoitida    oziq-ovqat  sanoatining  rivojlanishini  ta`minlash  va  xalqka 

kundalik  oziq-ovqat    mahsulotlarini    ko`paytirishda    ko`p    imkoniyatlar  bor.  Qulay  va  uzoq 

vegetatsiya  davridagi  yuqori  haroratning  yig`indisi,  uzoq  muddatga  cho`ziladigan  quyoshli  kunlar 

qovun-tarvuzlarning meva va poliz mahsulotlaridan mo`l hosil to`plashga imkon beradi. Biroq hozir  

respublikaning  dehqonchilikka  ixisoslashgan ekin maydonlarining tarkibida yuqorida ko`rsatilgan 

barcha hosillar uchun bo`lingan  ekin  maydoni  2,3-3,7% dan ortmaydi.  

  Shuning  uchun  bizning  fikrimizcha,    dehqonchilik    tarkibida    bog`,  kartoshka    va    boshqa 

mahsulotlar uchun ajratilgan ekin maydoni eng kam deganda 30-37 ming gektar erni tashkil etishi, 

yillik    etishtiriladigan  mahsulotning  hajmi  esa,  meva    bo`yicha  eng  kam  deganda  24  ming  tonna,  

poliz mahsulotlari 190  ming  tonna,  kartoshka etishtirishi  26,5 ming tonnani tashkil qilishi  oziq-

ovqat  sanoatida  hozirgi o`rnatilgan  ishlab  chiqarish kuvvatlaridan to`liq foydalanishga imkoniyat 

yaratgan  bo`lar  edi.  Xulosa  qilib    aytganda,azik-avkat    sanoatining  shakllangan  tarkibi  va  yil 

movaynida etishtirilayotgan mahsulotlarining  hajmi  hozirgi talablarga javob bermaydi. 

Suv  tankisliligiga  boglik  cheklangan  xom  ashe  resursi  sharoyatida  sanoat      majmui  asosan 

qishloq-xo`jalik  mahsulotlarini  qayta  ishlash  bilan    cheklanmoqda.  Agar  respublika    hududida  yil 

davomida  etishtirilgan  sanoat  mahsulotlarining  hajmini  100  %  deb  olsak,  shuning  oziq-ovqat  va 

engil  sanoati  tarmoqlarining    ulushiga    68,2%    etishtirilgan  mahsulot  to`g`ri  keladi.  Og`ir  sanoat 

tarmoqlari  hammasi  bo`lib  yillik  etishtirilgan    mahsulotning  27,7%,  poligrafiya    sanoati    0,3%,  

qolgan  tarmoqlarning  ulushiga  3,7%  umumiy  mahsulot  to`g`ri  keladi.  Keltirilgan  ma`lumotlarga 

qaraganda,  respublikada  sanoat  majmui  bir  yo`nalishda  yoki  qishloq  xo`jalik  mahsulotlarini  qayta 

ishlash  bilan  shakllanmoqda.  Qoraqalpog`iston  O`zbekiston  hududidagi  qazilma  boyliklarning 

hajmiga va har xil turlariga ega bo`lishiga qaramasdan, sanoatda foydalanish darajasi bo`yicha  eng 

oxirgi o`rinlarning birini egallaydi. Sanoat majmuasini rivojlantirish uchun etarli baza tuzilmayapti. 

Shuning  uchun  og`ir  sanoatda  etishtirilgan  yillik  mahsulotning  ko`pchiligini  qurilish  materiallari 

sanoati  (77%)  va  elektroenergiya  (14,8%  )  sanoati  egallaydi.  Fan  va  texnika  taraqqiyoti  bilan 

bevosita  bog`liq  sohalar,  ayniqsa,  ximiya  sanoati,  mashinasozlik,  metallurgiya  va  yog`och 

mahsulotlari ishlab  chiqaradigan  sanoat  tarmoqlari  yillik etishtiriladigan sanoat mahsulotlarining 

faqatgina 5,1%  ini etishtiradi. Binobarin, respublikada  sanoatning bugungi rivojlanish bosqichi va 

soha  strukturasi  Qoraqalpog`iston  qishloq  xo`jaligining    o`sib    borayotgan    umumiy  talablariga 

javob  bermaydi  va  rivojlanish  sur`ati  bo`yicha  O`zbekistondagi  o`rtacha  ko`rsatkichdan  ham  past. 

Shunday  qilib,  respublika  ushbu    sanoat    tarmoqlari    O`zbekistonda  etishtiriladigan  yillik  sanoat 

mahsulotlarining  faqat  1,7-2,0%  igina  tayyorlanmoqda.  Shu  boisdan  kelajakda    bosh  vazifa 

Qoraqalpog`istonning  sanoat  potentsialini  yuksaltirishdan  iborat.  Avvalo  oldin  neft`-gaz  sanoati, 

kimyo  sanoati,  elektroenergetika  sanoati,  rangli  metallurgiya,  qurilish  materiallari  va  qurilish 

industratsiyasi sanoati tarmoqlarini  rivojlantirish yo`li bilan echilishi zarur. 



Qoraqalpog`iston  Respublikasi  sanoatini  rivojlantirishning  istikbol  yo`nalishlari. 

Qoraqalpog`iston asrlar  davomida ishlab chiqarish kuchlariining rivojlanish darajasi  bo`yicha  eng  



 

24 


qoloq  mintaqalardan  hisoblanar edi. Sanoatning  asosini kichik paxta tozalash zavodlari, teri ishlab 

chikarish korxonalari va qo`l hunarmandchiligi ustaxonalari  egallagan edi. 

Paxta  tozalaydigan  korxonalarning  imkoniyati  yiliga  1000  tonnadan  ortmagan  bo`lsa,  hozir 

paxta  tozalaydigan  har  bir  korxonaning  quvvati  13,5  ming  tonna  mahsulot  tayyorlashgacha  o`sdi. 

Keyingi  yillarda  ishlab  chiqarishni  joylashtirishning  qonunlariga  suyanib,  ortda  qolgan  o`lkaning 

ishlab  chiqarish  kuchlariini    kelajakda  rivojlangan  rayonlar  qatoriga  tenglashtirish  maqsadida  xalq 

xo`jaligi tarmoqlariga ajratadigan yirik  davlat  mablag`i  miqdori  ortdi. Agar  1928-1940 yillarda 

Qoraqalpog`istonning  sanoatini  rivojlan-tirish  uchun  ajratilgan  mablag`larning  hajmi  52  ming 

so`mdan  ortmagan  bo`lsa,  2000  yilga  kelib  faqat    Priaralvodstroyga    kabi  mahkamaning  yillik 

mablag`  ishlatish  darajasi  160-250  mln  so`mdan  ortdi.  Qoraqalpog`iston  bo`yicha  esa  166  mlrd 

so`m mablag`lar xalq xo`jaligi sohalarini rivojlantirish uchun ishlatilmoqda. Bu va boshqa ehtiyojlar 

sanoat, qishloq  xo`jaligi, transport, aloqa  tarmoqlari  va madaniyat sohalarini rivojlantirishga yo`l 

ochadi.  O`lkamizning  tabiiy  sharoitiga  va  resurslariga    bog`liq    qishloq    xo`jaligi    sohalari    va 

qishloq  xo`jaligidan  olingan  mahsulotni  qayta  ishlab  chiqaradigan  sanoat    tarmoqlari    o`sib 

rivojlandi.  Metall    mahsulotlarini  qayta  ishlaydigan  va  mashina  sozlash  bazalari  tuzildi.  Qishloq 

xo`jaligi  va  sanoat    kompleksining    shu  qatorda  kommunal  xo`jaligining  qurilish  materiallariga 

bo`lgan  ehtiyojini  qondirish  maqsadida  qurilish  materiallarini  ishlab  chiqaradigan  korxonalar 

tuzildi.  Ammo  Qoraqalpog`istonning  hozirgi  xalq  xo`jalik  tarmoqlarining,  ayniqsa,  sanoat  ishlab 

chiqarishining  tarmoqlik  tarkibini  to`liq  darajada  shakllangan  deb  hisoblab  bo`lmaydi.  Masalan, 

sanoat majmuasi bo`yicha yiliga  ishlab  chiqariladigan mahsulot hajmini 100%  deb olsak, shuning 

68,1-73%  ini  oziq-ovqat  va  engil  sanoat  tarmoqlaridan  olingan    mahsulot    tashkil    qiladi,  og`ir 

sanoat  tarmoqlarini  hammasi  bo`lib  yiliga  19-23%  mahsulot  etishtirishi  mumkin.  Sanoatning 

hozirgi tarkibi  o`lkamizning  industrial  rivojlanishga javob bermaydi. Hozirgi mavjud og`ir sanoat 

tarmoqlari mashina uskunalarni ta`mirlash, qurilish materiallari sanoati, elektroenergetika tarmoqla-

ridan  iborat.  Bu  tarmoqlarni rivojlantirish sanoatning tarkibida og`ir sanoatning nisbiy ulushini bir 

qancha yuksalishiga yo`l ochadi. 

Kelajakda  o`lkamizda  ishlab  chiqarish  kuchlarini  tez  sur`atlar    bilan  rivojlantirish  uchun  xalq 

xo`jaligi tarmoqlariga  ancha tarkibiga o`zgartirishlar kiritish kerak.  

   Xammamizga ma`lum metall turidagi magniy olish boshqa MDH davlatlariga qaraganda kam 

chiqim  sarflanishi  mumkin  va  mahsulotning bahosi juda arzon. Qo`sxonatov magniy tuzini 100 m 

chuqurlikda  siltili  usuli  bilan  o`zlashtirganda    metall    magniy    olish  Qorabug`oz    go`l  rayonsidan 

etishtiriladigan magniyga qaraganda sarflangan mablag`dan 2 hissa arzonga tushishi aniklandi. 

 Qishloq  xo`jaligi  sohalarini  kelajakda  rivojlantirish  dasturiga  mos  respublikada  arzon 

yonuvchi  gaz  resurslarining  bazasida    mineral    o`g`itlarni,  ayniqsa,  nitratli  tuzilishdagi  o`g`itlarni 

etishtiradigan  korxonalarni  tashkil  qilish  imkoniyatlari  kam  emas.  Buni  amalga  oshirish    quyi 

Amudaryo    iqtisodiy  rayonida  joylashgan  qo`shni  Xorazm  va  Turkmanistonning  Toshhovuz 

viloyatlarida dehqonchilik tarmoqlarini o`g`it bilan ta`minlaydi. Hozir bu mintaqa O`rta Osiyodagi 

eng  yirik  dehqonchilik  rayonlaridan  biridir.    Yil  bu  zona  1  mln  12  ming    gektardan    ortiq  ekin 

maydonga  paxta,  g`alla,  poliz  va  bog`  ekinlari,  bog`dorchilik  va  pillachilikda  foydalaniladi.  Agar 

almashlab  ekish  texnologiyasiga  xos  beda,    makkajo`xori,  sudan  butasi  va  boshqa  ekinlar  erning 

sho`rini  yo`qotadigan  mahsulot  sifatida    foydalaniladiganligini    hisobga  olsak,    kelajakda  quyi 

Amudaryoda  yirik  sug`ormali  dehqonchilik  rayonsining  shakllanishi  aniq.  Bu  va  boshqa 

dasturlarning  amalga oshirish o`z navbatida azot o`g`itlarini etishtiradigan kimyo sanoatini tashkil 

qilishni  talab  etishni,  shu  qatorda  qishloq  xo`jaligi  texnikasini  tuzatadigan,    hamda  traktor 

tuzatadigan korxonalarning tuzilishiga yo`l ochadi. 

     Qoraqalpog`iston  Respublikasining  industrial    rivoj-lanish  dasturiga  asosan  zarur 

ehtiyojlarni  amalga  oshirish  uchun  hozirgi  Nukus-Taxiatosh-Xo`jayli    sanoat    uzelini  kelajakda 

rivojlantirish  bilan  bir  qatorda,    Qoratov  tog`-kon  sanoati  mintaqaini    va    Qo`ng`irot-Ko`sqanatov 

kimyo sanoati tumanini tuzish yo`lga qo`yilishi kerak. 

     Qoratov (Sulton Uvays) rayonsi respublikadagi xom  ashyoga  boy hududlar qatoriga kiradi. 

Bu  erlarni  keyingi  yillardagi  geologik  tadqiq    qilishning    natijasida    toshko`mir    zahirasi,  temir  

rudasi,  granit,  marmar  toshlarning  katta  zahiralari,  shuningdek  qurilish  sanoati  uchun  xom  ashyo 

sifatida  foydalaniladigan  yaroqli  bentonit  va    kaolin  loylari  topildi.  Agar  Sharqiy  Qoratov  va 


 

25 


Xo`jako`ldagi  fosforit  konlarini  hisobga  olsak  Qoratov  tog`-kon  mintaqaini  kelajakda  respublika 

ahamiyatiga ega sanoat mintaqga aylanadi. Shunday qilib yuqorida nomi ko`rsatilgan tabiiy boyliklar, 

ayniqsa,  Qoratovdagi  Teginbo`lak    titan-magnititli  koni  eng  istiqbolli  boyliklar  qatoriga  kiradi, 

buning  bazasida  sul`fat  natriy,    osh  tuzi  va    metall    magniyni  olish,  kimyo-metallurgiya  sanoatini 

tuzishga yo`l ochadi. 

Qurilish  materiallari  sanoatini  rivojlantirish  uchun  Qoraqalpog`iston    mineral  xom 

ashyolarning  etarli  zahirasiga  ega.  Tal`kning  sanoat  zahirasi  21  million  tonnadan  ortiq.  Noruda 

qurilish  materiallarining    bazasida  Qoratovda  yillik  quvvati  400  ming  t  ohak  va  70  ming  t  tosh 

maydalaydigan  kar`er  ishga  tushirilmoqda.  Kelajakda  Qoraqalpog`istonning  qurilish  materiallariga 

bo`lgan  ehtiyojini  ta`minlash  maqsadida  Qoratov  posyolkasida  yiliga  1  million  kub  metrdan  ortiq 

shag`al  tosh  ishlab  chiqaradigan  tosh  maydalash  korxonasi  ishga  tushadi.  Nukusda  ham  beton 

buyumlarini tayyorlaydigan bir qator ishlab chiqarish ob`ektlari ishga tushadi. 

Qoraqalpog`istonda  ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlan-tirish  istiqbollarida  xalq  xo`jaligi 

tarmoqlari  tarkibida  sanoatning  nisbiy  ulushini  ko`paytirish  zarur.  Binobarin,    sanoat  mahsulotlari  

tarkibida    og`ir  sanoat  mahsulotlarining  nisbiy  ulushini  kamida  35-37%  ga  orttirish  kerak. 

Shuningdek,  yaqin  kelajakda  Qoraqalpog`istonda  30  dan  ortiq  sanoat  ob`ektlari  ta`mirlanadi  va 

kengaytiriladi.  2010  yillarga  kelib  Qoraqalpog`istonning  elektr  energiyasiga  bo`lgan  ehtiyojini 

kamida  6  hissaga,  shu  jumladan  qishloq  xo`jaligida    8,3    hissaga  ortadi.    Bu    ehtiyojni    qondirish  

uchun  dastlab  Taxiatosh  TES  ining  quvvatini  2  hissagacha  orttirish  kerak.  Kelgusida  agrosanoat 

majmuasi  tarmoqlarini    intensiv  rivojlantirish  yo`lga  qo`yiladi.  Qoraqalpog`iston  katta  hajmli  er 

resurslariga ega. Sug`oriladigan er fondi Taxiatosh gidrouzeli rayonida 2 mln gektarni tashkil qiladi. 

Respublikaning  umumiy  er  fondidan  5,3  mln  gektari  yaylov  sifatida  foydalanilmoqda,  6,7    mln  

gektar  er  esa  o`zlashtirish  lozim  bo`lgan  erlar  hisoblanadi.  Ammo,  bu  oltin  xazina  sug`orish 

muammosi tufayli xalq xo`jaligida kam foydalanilmoqda. Kelajakda ishlab chiqarish kuchlarini tez 

sur`at  bilan  rivojlantirish  va  aholini    chuchuk    suv    bilan  ta`minlash  muammosi  qo`shimcha  suv 

manbalarini  tuzish  va  vodoprovod  liniyalarini  qurish  bo`yicha  kompleksli  masalalarini  echishni 

talab  qilinadi.  Shunga  ko`ra,  yaqin  yillar  ichida  1146  km,  vodoprovod  tarmog`i  quriladi.  Bu 

Qoraqalpog`iston aholisini suv bilan ta`minlashni ancha  yaxshilaydi. Qoraqalpog`iston  aholisining 

soni 2010 yillarga kelib 1,7 million kishiga etadi, ya`ni hozirgiga nisbatan  14%  ko`payadi. Chunki, 

aholining  o`sishini hisoblaganda, hozirning o`zida 18-19 kishidan ortadi. 

 Shunga  ko`ra,  respublikada  mintaqaviy  xarakterdagi  ijtimoiy    iqtisodiy  rivojlanishni 

ta`minlaydigan  yangi  tuzilma  tuzish  masalasi  katta  ahamiyatga  ega.  Qoraqalpog`istonda  kelajakda 

ishlab    chiqarish    kuchlarini    rivojlantirish    masalalarini  kuzatish  xalq  xo`jaligi  tarmoqlarining 

hududiy aspektda  ratsional  joylashtirishni ta`minlash yo`li bilan echilishkerak. 

Ustyurt  qulay  transport-iqtisodiy  aloqalarga    ega.  Bu    mintaqa  orqali    Buxoro-Ural    va  O`rta 

Osiyo-Markaz  gaz  quvuri,  Chorjo`y-Qo`ng`irot-Beynov  -Maqat  temir  yo`l    tarmog`i    o`tadi.  Bu  

birinchidan, bizning mintaqada  ishlab chiqarish bazalarini qurishga, ikkinchidan Ustyurtning tabiiy 

yaylovlarini va er osti qazilma boyliklarini xalq xo`jaligida foydalanish uchun imkoniyat tug`diradi. 

Qizilqum  rayoni  g`arbida  Amudaryo  del`tasi,  shimolda  Orol  bo`yi  rayoni  bilan,  janubda  42

0

-



30

0

  shimoliy  kenglik  oralig`idagi  hududni    egallab,  ma`muriy  tomondan    Qizilqum    rayonsi   



Ellikqal`a,  Beruniy,  To`rtko`l.  Qorao`zak,  Taxtako`pir  tumanlarining  tarkibiga  kiradi  va  qorako`l 

chorvachiligida  foydalanililmoqda.  Qizilqum  tabiiy-iqtisodiy    rayonining  iqtisodiy  salohiyatidan 

xalq  xo`jaligida  foydalanishni  tezlatish  uchun  katta  imkoniyatlar  bor.  Rayon  Nukus-Chimboy-

Taxtako`pir-Qizilo`rda    yo`nalishida  quriladigan  temir  yo`l  tizimi  bo`yida  joylashgan.    Bu  temir 

yo`lni  tez  ishga  tushirish  Qizilqumning  tabiiy  resurslarini  xalq  xo`jaligi  majmuasida  keng 

foydalanishga  imkoniyat  beradi  va  foydalanilmayotgan  keng  yaylovlarni    sug`orish  uchun  suv 

qurilishi ishlarini va meliorativi ehtiyojlarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. 

Qishloq  xo`jaligiga  bog`liq  yuritilgan  tekshirish  ishlarining  ma`lumotlariga  ko`ra    Qizilqum  

rayonida  Qoraqalpog`is-tonning  3,2 mln.gektar tabiiy yaylovlari joylashgan. Bu yil sayin 6-7 mln 

tsentner em-hashak  zahirasini to`plashga zamin yaratadi. Biroq  suv  resurslarining  kamligi uchun 

Qizilqumning  yaylovlari  bugungi  kungacha  to`g`ri  foydalanilmay  kelmoqda.  Shu  boisdan  so`nggi 

yillarda  Qizilqum yaylovlaridan sug`orish maqsadida ko`plab artezian quduqlari va shaxta tipidagi   

kuduklardan      foydalanilmoqda.  Qizilqum  yaylovlarining  em-hashak    bazasini  kengaytirish 


 

26 


maqsadida  tajriba  ishlari  yuritilmoqda.  Bu  rayon  chuchuk  suv  bilan  ta`minlanganda   gektariga  30  

tsentner  mosh,    500    tsentner  ko`k  massa  tipidagi  jo`xori  va  110  ts  bedani  yig`ib  olish  imkoniyati 

borligi    aniqlandi.  Qizilqum    rayonida    qishloq    xo`jaligi  uchun  foydalanishga  yaroqli  250  ming 

gektardek  er  resurslari  joylashgan.  Bularni  chorvachilik  uchun  ko`shimcha  foydalanish  Qizilqum  

yaylovlarida  qo`ylarning  soni  700-800  mingga  etishiga  yo`l  ochadi.  Bu  o`z  navbatida  chorvachilik  

mahsulotlarini,    asosan,    jun  yuvadigan,  teri    sanoat  tarmoqlarini,  shu  bilan  birga  to`qimachilik 

sohalarining shakllanishiga imkoniyat yaratadi. 

Kelajakda  Qoraqalpog`istonning  xalq  xo`jaligi  majmuasida  etakchi  o`rinda  Qoratov  tog`  koni 

sanoati rayonini ko`rsatish mumkin. Sababi, bu rayon boy tabiiy resurslarga ega va qulay iqtisodiy 

geografik  o`rinni  egallaydi.  Respublikalararo  ahamiyatli  Nukus-To`rtko`l-Buxoro-Samarqand-

Toshkent    av-tomobil`  yo`li  Sulton  Uvays  orqali  o`tib  O`zbekistonning  sanoat  mintaqalari  bilan 

aloqa  qilishga  qulay,  bundan  tashqari      ishlab      turgan      yuqori    vol`tli    LePlar    rayonni    arzon 

elektrenergiyasi bilan ta`minlasa,  qurilgan  Nukus-Qoratov-Uchquduq-Navoiy-Toshkent temir yo`l 

tizimi  butunlay  O`zbekistonning  sanoatli  tumanlari  bilan  temir  yo`l  orqali  tutashtiradigan  bo`ladi. 

Bu  birinchidan,  rayonning  transport-iqtisodiy  aloqalarini  ta`minlasa,  ikkinchidan,  tabiiy  er  osti 

boyliklarini  sanoatda  foydalanishga  real    imkoniyat    yaratadi.  Rayon    tabiiy    er    osti    boyliklari  

zahiralariga boy. Bu tabiiy er osti boyliklarini kelajakda xalq xo`jaligida  foydalanish metallurgiya 

zavodini,  qurilish materiallarini etkazadigan tsement-shifer kombinatini,  Qoratov panelli  yirik  joy  

qurilishi kombinatini  solinishiga yo`l ochadi. Bu Qoratov rayonida Qoraqalpog`istonning yirik tog`-

kon  sanoati  tumanining  shakllanishi  va  respublikaning    rivojlanishiga  asos  bo`ladi.  Kelajakda 

Qoratov  tog`-kon  sanoati  rayonda  ishlab  chiqarish  kuchlarining  tez  sur`at  bilan    rivojlanishini 

ta`minlash  uchun  Amudaryo  orqali  Sulton  Uvays-Jumurtov  rayonsida  Amudaryoga  ko`prik  qurish 

kerak.Bu  ko`prik  yangi    shakllangan    tumanni    ortiqcha  mehnat  resurslariga  ega,  bo`lgan  Xorazm 

hududidagi tumanlar bilan tutashtiradi hamda sug`oriladigan dehqonchilik rayonlaridan  bo`shagan  

ishchi  va  xizmatchilar  kuchini  yangi  quriladigan  binolarini  qurishga,  tayyorlanadigan  sanoat 

mahsulotlarini  tez  va  chiqimsiz    etkazishga    imkoniyat  yaratadi.    Shunday    qilib,  rayonlararo 

transport-iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirish  respublikaning  ortda  qolgan  hududlarning  iqtisodiy 

saloxiyatini rivojlangan mintaqalarga tenglashtirilishiga imkoniyat yaratadi. 

Yuqorida  aytilganidek,  Qoraqalpog`iston  kelajakda  qishloq    xo`jaligi    sohalarini  rivojlantirish 

mumkin.  Shu  bois  er-suv  resurslaridan  oqilona  foydalanish,  paxtachilik,  gallachilik,  pillachilik 

sohalarini  rivojlantirishga  yo`l  ochadi.  Bu  respublikaning  to`qimachilik  va  sanoatini  xom  ashyo 

resurslari  bilan  ta`minlanishiga,  shuningdek  yangi  ko`riladigan  ishlab  chiqarish  markazlarini  ishga 

tushirishga zamin yaratadi. Paxtachilikni kelajakda rivojlantirish to`qimachilik   sanoatining  paxta  

tolasiga  bo`lgan  talabni  qondiribgina  qolmay,  oziq-ovqat  sanoatining,  jumladan  yog`  ishlab 

chiqaradigan sohalarning chigitga bo`lgan talabini xam ta`minlaydi. 

 Hozir  Qoraqalpog`istondagi  yog`  zavodlari  xom  ashyo    resurslarining    etishmasligidan  yiliga 

hammasi  bo`lib  12-13  ming  tonna  o`simlik  yog`i  ishlab  chiqarmoqda.  Buning    oqibatida    yog`  

ishlab  chiqariladigan  korxonalarda  ishlab  chiqarish  kuchlaridan  bor-yo`g`i  50-64  foizga 

foydalanilmoqda.  Qoraqalpog`istonning  tabiiy  sharoiti,  ayniqsa,  quyoshli  kunlarning  uzoqqa 

cho`zilishi,  pillachilik,  uzumchilik  va    bog`dorchilik,  poliz,  sabzavot  mahsulotlaridan  yuqori  hosil 

olishga imkoniyat yaratadi. 

 Hozir  Qoraqalpog`iston  katta  er  resurslariga    ega    bo`lsa    ham  pilla    etishtirish  imkoniyat 

darajasida  emas.  Natijada  respublika  yiliga  0,8-0,9  ming  tonna  pilla  mahsulotlarini  etishtirdi. 

Kelajakda  pilla      etishtirishni    2-3    hissaga    ko`paytirish    kerak.  Pilla  mahsulotlarini  tashish 

jarayonida yuk vagonlaridan foydalanish koeffitsentini pasaytiradi.  Shuningdek, ipak gazlamalarini 

ishlab  chiqarishni  kengaytirish  katta  ahamiyatga  ega.  Buning  uchun  respublikaning    resurs 

potentsiali  etarli.  Kelajakda  bog`dorchilik  va    uzumchilik,  sabzavot  va  kartoshka  mahsulotlarini 

etishtirishga  alohida  e`tibor  beriladi.    Qoraqalpog`istonda  o`sadigan  qovun  tarvuzlarning,  pomidor 

va  sabzining    hisobidan    qovunqoqi    tayyorlash,  sharbat  etishtirish  maqsadga  muvofiq  bo`ladi.  Bu 

tarmoqdan  olinadigan  mahsulotlarni    boricha    ko`paytirish    respublikaning    eksport    talablarini 

echishga imkoniyat yaratadi. 

 Qoraqalpog`iston  bozor  iqtisodiyotiga  o`tayotgan  paytda    ko`pgina  qiyinchiliklarga    duch  

kelmoqda.    Xo`jalik  va  rayonlararo  iqtisodiy  aloqalarining  uzilishga  tushishi  aholini  kundalik 


 

27 


mahsulotlar  bilan  ta`minlashga  bir  oz  to`sqinlik  qilmoqda.  Binobarin,  respublika  aholisining  non 

mahsulotlariga  bo`lgan  talabini  qondirish  maqsadida  kelajakda  g`allachilikni  rivojlantirishga 

alohida e`tibor berishimiz kerak. 

 Shuningdek,  shimoliy    tumanlardagi    sholichilikka    va  almashlab  ekish  tizimidan 

foydalanilayotgan  erlarning  hisobidan  g`allaning  ekin  maydonini    kengaytirish  zarur. 

Qoraqalpog`istonning shimoliy rayonida g`allachilikni rivojlantirish uchun etarli er  fondi  mavjud. 

Hozir    ana  shu  yaroqli  erlarning  barchasi  bo`lib  20  foizgacha  o`zlashtirayotirmiz.  Shuningdek, 

foydalanmaydigan  erlar  hisobidan    g`allaning  ekin    maydonini  kengaytirish  imkoniyati  ko`p. 

Kelajakda  Qoraqalpog`istonda  g`allachilikni  rivojlantirish  uchun    hamma    imkoniyatlarni    amalga 

oshirish faqat axolini ozuqa maxsulotlari bilan ta`minlab qo`ymasdan, bu chorvachilik  uchun em-

hashak  bazasini shakllantirishga xam yo`l ochadi. Hozir Qoraqalpog`istonning yaoylav fondi to`liq 

o`zlashtirilgani  yo`q.    Qizilqum  rayonida  chorvachilikni  rivojlantirish  uchun  foydalanishga  yaroqli 

tabiiy o`tlarining faqat  53%  dan, dengiz bo`yi rayonsida 7% dan  chorvachilikda foydalanilmoqda. 

Shuningdek, em-hashak o`simliklarini sug`orish va uning hosildorligini ko`paytirish kun  tartibidagi 

bosh  vazifa  hisoblanadi.  Bularni  amalga  oshirish,  birinchidan,  aholining  chorvachilik 

mahsulotlariga  bo`lgan  ehtiyojini  qondirsa,  ikkinchidan,  oziq-ovqat  sanoatining  ayrim  sohalarini 

xom ashyo bilan ta`minlashga imkoniyat yaratadi.  

Xulosa  qilib  aytganda,  kelajakda  Qoraqalpog`istonning  xalq  xo`jaligi  tarmoqlarini 

rivojlantirishda    progressiv    tenden-tsiyalarning  amalga  oshganini  anglash  mumkin.  Sanoat 

tarmoqlarida  avval  bo`lmagan  rangli  metallurgiya,  kimyo  sanoati,  gaz  sanoati,  tuz  sanoati 

rivojantiriladi.  Aholining  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  va  yangidan  ishga  tushadigan  sanoat  

tarmoqlarini  xom  ashyo  resurslari  bilan  ta`minlash  maqsadida  qishloq  xo`jaligi  tarmoqlarini  keng 

rivojlantirishga  e`tibor  beriladi.  Bu  va    boshqa  tadbirlar    oxir-oqibat  Qoraqalpog`istonni  yuqori 

rivojlangan  sanoatli  hududga  aylanishiga va uning rayonlarlaro mehnatning  geografik taqsimotida 

tutgan o`rnining yuksalishiga zamin yaratadi. 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling