Qoraqalpog`iston geografiyasi


Madaniyat  va  tasviriy  san`at  tarmoqlari


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana24.06.2017
Hajmi0.83 Mb.
#9791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Madaniyat  va  tasviriy  san`at  tarmoqlari-Aholini  ma`naviy  tomondan  tarbiyalashda  va 

rivojlantirishda  katta  ahamiyatga  ega  ijtimoiy  sohalar  safiga  kiradi.  Madaniyat  ko`p  shaxobchali 

tarmoq  bo`lib,  bo`nga  kutubxonalar,  muzeylar,  hayvonot  bog`lari,  bahs-suhbat  mahkamalari, 

hunarmandchilik maktablari va texnikumlari, madaniy dam olish istirohot bog`lari, klublar, adabiy 

meroslar bilan bog`liq bo`lgan teatrlar, dam olish uylari, filarmoniyalar, kinoteatrlar, yuqori va o`rta 

san`at o`quv yurtlari, ansambl`lar va ularni boshqaradigan o`rinlar, yaratuvchilik birlashmalari, kino 

va  telestudiyalar,  kitob  savdosi  va  bosmaxona  idoralari  kiradi.  Bu  tarmoqlar  aholining  madaniy  

xazinasini orttirishda va ma`naviy boyligini mustahkamlashda hol qiluvchi rol` o`ynaydi.  Shuning 

uchun  respublikada    madaniyat    va  tasviriy  san`atga  tegishli  tarmoqlarni  rivojlantirishga  alohida 

e`tibor berilmoqda.  

Qoraqalpog`iston  respublikasida  madaniyat  va  tasviriy  san`at  tarmoqlariga  kiradigan 

idoralarning    ishlab    chiqarish    bazasi  ancha  rivojlanmoqda.    Bularning  asosiy  vazifasi  aholiga 

madaniy  xizmat  ko`rsatish  darajasini  yaxshilash,  fuqarolarni  vatanni  sevishga,  odob-ikromlilikka, 

xalqlar orasidagi do`stlikni  mustahkamlashga  tarbiyalashdan iborat va shu yo`nalishda  katta  ishlar  

qilinmoqda.  Hozir  respublika  hududida yuqori toifadagi 3 teatr, 2 kontsert tashkiloti, 3 muzey, 2 

maxso`s  o`quv  yurti,  21  bolalar  badiiy  va  mo`siqa  maktablari,  333  klub  idoralari,    shu  bilan  birga  

madaniyat  va  dam  olish  bazalari,  5  ta  teatr  aholiga  xizmat  ko`rsatishning    repertuarlarini  

yaxshilamoqda.    Masalan,  Berdaq  nomidagi  Qoraqalpoq  davlat  musiqa  teatri    «Sovg`a»  nomli  

kontsert  dasturida  «Qo`shnining  qizi»  dramasini  va  Qoraqalpoq  klassik  shoiri  Ajiniyozning  170 

yillik yubileyga atab «Ajiniyoz»  operasini sahnalashtirdi  va tomoshabinlarga taqdim qildi. 



 

42 


       Qoraqalpoq  davlat  o`lkashunoslik  muzeyi,  I.V.Savitskiy  nomidagi  tasviriy  san`at  muzeyi  bir 

qancha  ko`rgazmali  yangi  materiallar  tashkillashtirib,  ularning  ayrimlari  Germaniyada, 

Shveytsariyada  o`tkazilgan  ko`rgazmalarda  yaxshi  natija  ko`rsatdi.  Hozir  respublika  hududida  238 

kinoteatr  va  kinoustanovkalar  ishlab,  ular  18,9  ming  o`ringa  ega  va  yil  sayin  774,6  mingdan  ortiq 

tomoshabin  qatnashadi.  Aholiga  xizmat  qiladigan  ommaviy  kutubxonalarning    soni    ham 

ko`paymoqda.  Agar  ularning  soni  1965  yillarda  318  ta  bo`lsa,    hozir  respublika  hududida  1284 

ko`tubxona  ishlaydi.  Ularning  kitob  fondi  1965  yillardagi  1310  ming  no`sxadan  2000  yili  18  mln. 

124  ming  nusxaga  ko`paydi.  Ko`tubxonalarda  doimiy  kitob    o`qiydigan    kitobxonlar  soni  895,8  

ming    odamga  etdi,    ya`ni  respublikada  yashaydigan  2  odamning  biri  ko`tubxonalarning  doimiy 

o`quvchilaridan  bo`lib  hisoblanadi.  Klub  mahkamalarining,    shu  bilan  birga  kinoteatrlarning  ham 

ishlab chiqarish bazasi yaxshilanmoqda va aholiga xizmat ko`rsatishning  darajasi ortmoqda. Agar 

1995  yili  respublikadagi  klub  idoralari  aholiga  xizmati  bo`yicha  yil  davomida  215,3  ming  so`mlik 

pul  manbalarini  topsa,  kinoustanovkalar  va  kinoteatrlar  aholiga  xizmat  ko`rsatishning  yakuni 

bo`yicha yil davomida 1 mln. 104,3e ming so`mlik foyda keltirdi.  

     Fan  va  texnologiya  kompleksi-ijtimoiy  sohaga  kiradigan  tarmoqlarning  sifatli  rivojlanishi  va 

son  ko`rsatkichlarining  olg`a  bosishiga keskin ta`sir etadi. Sababi, fan va texnologiyadagi yutuqlar 

ishlab  chiqarish  kuchlarining  ratsional  joylashishi  va  o`sish  tezligini  belgilaydigan  asosiy  omillar 

qatoriga  kiradi    va  bu  majmuaga  ilmiy  tekshirish  tarmog`idagi  barcha  ish  operatsiyasini  amalga 

oshiradigan  markazlar  akademiya,  ilmiy  tadqiqot  institutlari,  tajriba  stantsiyalari,    hisob-kitob 

o`rinlari,    tabiatni  saqlash  va  ekologik  muammolarni  echish  bilan  shug`ullanadigan  idoralar,  ob-

havoni  oldindan  aytish  ishlarini  amalga  oshiradigan  gidrometeorologik  stantsiyalar,  oliy  o`quv 

yurtlarining labarotoriyalari  va  ilmiy  bo`limlari kiradi.  Hozir respublika hududida shu yuqoridagi 

funktsiyalarni  boshqaradigan  va  koordinatsiya  qiladigan  O`zbekiston  Respublikasi  fanlar 

akademiyasi institutlari, qishloq xo`jaligi vazirligiga qarashli ilmiy tekshirish idoralari, ilmiy tajriba 

stantsiyalari  va  oliy  o`quv  yurtlarining  ilmiy  tekshirish  ishlari  bilan  shug`ullanadigan 

laboratoriyalarini va ilmiy bo`limlarini biriktirib, ilmiy aloqalar  tuzadi  va respublika hududida yuz 

bergan  ekologik  inqirozni  engish  maqsadida  «Suv-tuz  rejimini    modellashtirishning  ayrim 

matematik  masalalari»,  «Bozor  munosabatlari  sharoitida  respublikaning  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishini bashorat  qilish, respublikada xalq xo`jaligining tuzilmasini bozor munosabatlarining 

talabiga    mos  takomillashtirish»,  «tabiiy-iqtisodiy  resurslardan  ratsional  foydalanish  yo`llari», 

ayniqsa «Gloukonitlarning zahiralarini va joylashgan o`rnini aniqlash, yana ulardan mineral o`g`itlar  

olish  yo`llari»  va  yana  boshqada  mavzular  o`stida  ilmiy  ishlar  olib  bormoqda.  Qoraqalpog`iston 

respublikasining  hozirgi  ekologik  sharoitlarga  aloqador  ko`p  sonli  ilmiy  mavzular  ayniqsa 

O`zbekiston  fanlar  akademiyasi  Qoraqal-pog`iston  bo`limida  ishlanmoqda.  Bularga  N.  Q. 

Ayimbetovning boshchiligida «Cheklangan resurslar sharoitida xo`jaliklararo aloqalarning iqtisodiy 

matematik modelini ishlab chiqish», «Amudaryoning  quyilish  joyidagi ichimlik suvning balansini 

aniqlash» (L.R.Konstantinova) va yana boshqa mavzudagi ishlar kiradi. 

Keyingi  yillarda  Nukus  Davlat  Pedagogika  institutining  va  Qoraqalpog`iston  Davlat 

Universiteti  jamoasi  tuzli  tuproqga  moslashgan  o`simliklarni  Qoraqalpog`iston  hududiga 

akllimatizatsiya  etish  va  janubiy  Orol  bo`ylarida  chorvachilik  uchun  mustahkam  em-hashak  

bazalarini  tuzishning  ilmiy  kontseptsiyasini  yasash,  ishlab  chiqarishning  xom  ashyo  zahiralarini 

aniqlash  bo`yicha  katta  ishlarni  boshladi.  Hozir  respublika  hududida  tibbiy-sanitariya  va 

geoekologiya  yo`nalishlarda  ham  katta  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Shu  tarzda,  Respublika 

hududida  amalga  oshiralayotgan  ilmiy  tekshirish  ishlarini  O`zbekiston  Fanlar  Akademiyasining 

Qoraqalpog`iston bo`limi olimlari,  Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti jamoasi,  

Berdaq  nomidagi  Qoraqalpoq  Davlat  Universiteti,  shu  bilan  birga  qishloq  xo`jaligi  vazirligi  yana 

sog`liqni saqlash  vazirligiga  qarashli ilmiy tekshirish mahkamalari jamoasi tomonidan olib boriladi 

va bu umumxalq miqyosidagi  muammolarni  echishga 500  fan nomzodlari, 65 fan doktorlari va 15 

dan  ortiq  akademiklar  qatnashadi.    Bu  jamoalar  ichida  fanning  bosh  shtabi  funktsiyasini 

egallaydigan  O`zbekiston  fanlari  akademiyasi  Qoraqalpog`iston  bo`limi,  uning  ilmiy  tekshirish 

institutlarida  25  fan  doktori,  80  dan  ortiq  fan  nomzodlari  shug`ullanadi.  Qishloq  xo`jaligi  bilan 

aloqador  ilmiy-tekshirish  institutlari  sholining,    paxtaning  tashqi    muhitga    moslashuvi  yuqori  

hosildor  va  tezpishar  navlarini  topish  o`stida  ishlasa,    ayrim  olimlar  ekin  erlarining  meliorativ 


 

43 


sharoitini  yaxshilash  va  oqar  suvga  bo`lgan  talabini  echish  o`stida  tekshirish    olib    bormoqda.  

Ikkinchi  bir  guruh  olimlar  biologik  melioratsiya  va  ekin  erlariga  yiliga  2  marta  ekin  ekishni  keng 

targ`ib  qilish  uchun    ishlayapti.  Bu  sharoitda  ekin  erlari  qayta  ishlanib,  unda  havo,  suv  va  oziq 

zapasini  almashish  jarayonining  yaxshilanilishi  isbotlanmoqda.    Shu  ko`rsatkichlar  bo`yicha, 

yuqorida  aytilgan  ilmiy institutlar, ilmiy-tajriba stantsiyalar, qishloq xo`jaligi bo`yicha shakllangan 

tarmoqli  institutlar  va  oliy  o`quv  yurtlarining  ilmiy-tekshirish  labarotoriyalarida  birlashib  ish 

tezligini oshirsa, fan yangiliklari ishlab chiqarishga tez joriy qilinar  va ekin erlarining hosildorligini 

orttirishga  qulay  sharoitlar  yaratilgan  bo`lar  edi.    Chunki,  fan  va  texnologiya  yangiliklaridan  xalq 

xo`jaligida maqsadga muvofiq  foydalanish belgili darajada yangi cho`qqilarni qo`lga kiritishga va 

respublikaning  ishlab  chiqarish  jarayonini  chuqurlashtirishga  imkoniyat  yaratmog`i  shart. 

Qoraqalpog`iston  uzoq  yillar  davomida  bir  tomonlama  qishloq  xo`jalik  mahsulotlarini  qayta 

ishlaydigan  engil  va  oziq-ovqat  sanoati  tarmoqlariga  ega  edi.    Keyingi  yillarda  xalq  xo`jaligi 

tarmoqlarini  tezkor  rivojlantirish  uchun    fan    va  texnika  yangiliklarini  ishlab  chiqarishda 

foydalanishga  alohida  e`tibor  berilmoqda.    Natijada  respublikaning  xalq  xo`jaligining  tarmoqli 

tuzilishida sifatli o`zgarishlar paydo bo`ldi va o`lkamizda og`ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga 

imkoniyat yaratilmoqda.                                                                                             

      Xulosa  qilib  aytganda,  Qoraqalpog`iston  Respublikasida  sotsial  infrastrukralarning 

rivojlanish yo`nalishlarini ta`minlash  bo`yicha yirik ishlar amalga oshirilmoqda.  Foydalanilayotgan 

keng  mehnat  resurslari  va  tuzilgan  ishlab  chiqarish  potentsialning  bazasida  aholiga  xizmat 

ko`rsatadigan  savdo  tarmoqlari,    madaniy  markazlar,    ta`lim  vazirligi  o`rinlari  tuzildi.  Bular  hozir 

ko`plab yo`nalish va  ixtisosliklar bo`yicha kadrlar tayyorlash imkoniyatiga ega.  Qishloq joylarining 

ijtimoiy  infra  tarkibini  bundan  keyin  ham rivojlantirish masalasi  echilmoqda.  Qishloq  joylari va 

aholi manzilgohlarini toza ichimlik suvi bilan  ta`minlash  maqsadida quvvatli «Tuyamo`yin-Nukus-

Taxtako`pir» suv etishtirish tizimi ishga tushirildi. Respublikada turar joy qurilishi, aholiga chakana 

savdo  xizmati  ko`rsatadigan  tarmoqlarda,  shu  bilan  birga  sog`liqni  saqlash  sohalarida  ham  unumli 

ishlar  amalga    oshirilmoqda.    Shu    bois    aholiga  xizmat    ko`rsatadigan    tarmoqlarining  moddiy 

bazasini  mustahkamlash  va  bu  tarmoqlarda  amalga  oshirilayotgan  keng  tashkilotchilik    ishlari 

kelajakda respublikada  katta son va sifat o`zgarishlarga erishishga yo`l ochishi so`zsiz. 



Qorakalog`iston 

Respublikasida 

transport 

va 

transport-iqtisodiy 

aloqalarining 

rivojlanishi.  Qoraqalpog`istonda  ishlab  chiqarish  kuchlarini    rivojlantirishning  kelajakdagi 

rejalarini  amalga oshirish uchun barcha transport tarmoqlarini bundan keyin ham rivojlantirish  va  

takomillashtirish  o`ziga xos ahamiyat kasb etadi. 

Transportni  rivojlantirish  iqtisodni  va    madaniyatni    yuksaltirishga  yordam  beradi.  

Transportsiz  sanoat  bilan  dehqonchilik  va  madaniy  tarmoqlar  orasida  munosabat  bo`lishi  mumkin 

emas. 


Respublikada  xalq    xo`jaligini  rivojlantirish  bo`yicha  bir  qator  ishlarni  amalga  oshirish 

natijasida  so`nggi  yillarda  sanoatning    o`sish  sur`ati    ortmoqda,    joylarda  yangi  aholi  manzillari,  

shirkatlar va dehqon fermerlar uyushmasi, paydo  bo`ldi.  Tabiiy-iqtisodiy rayonlar bo`yicha ishlab 

chiqarishni  takomillashtirish  yangicha  moslashmoqda,  ichki  va  tumanlararo  iqtisodiy  aloqalarning 

xarakteri  o`zgarmoqda.    Shuning  uchun  Qoraqalpog`istonda  transport  tarmoqlarini  bundan  keyin 

ham  rivojlantirish  va  rayonlararo  aloqalarni  ratsionalizatsiyalash  navbatdagi  kechiktirilmaydigan 

masalalarning  biri  bo`lib  hisoblanadi.  Haqiqatdan  ham  transport  ishlab  chiqarish  jarayonining 

davomi bo`lib jamiyat ishlab chiqarishning asosiy bir bo`lagi sifatida xarakterlanadi. Shunday qilib, 

transportga  sarflanadigan  barcha  chiqimlarni  hisobga  olmay  turib,  ishlab  chiqarishni  hududiy 

takomillashtirishning samara beradiganligini etarlicha baholab bo`lmaydi. Transport ijtimoiy ishlab 

chiqarish  chiqinlari  yig`indisining  belgili  bir  qismini  tutadi.    Shuning  uchun    ham    sanoatni    xom 

ashyo    va  yoqilg`i    chiqadigan  tarmoqlarga  yaqin  joylashtirish  va  tayyor  mahsulotlardan  

foydalanadigan  tumanlarga  yaqinlashtirish  oxirgi  hisobda transport  xarajatlarini qisqartirishga va 

ishlab  chiqarishni  oqilona  ravishda  joylashtirish  yo`li  bilan  transport  chiqimlarini    ozaytirishga 

imkoniyatlar tayyorlaydi. 

Transport  tarmoqlarini  rivojlantirish  va  mahsulotning  tannarxini  kamaytirish  muammolarini 

hol  qilganda,  rayonlararo  iqtisodiy  aloqalarning  to`g`ri  tizimini  tayyorlash  katta  ahamiyatga  ega. 


 

44 


Hatto ancha darajada rivojlangan davlatlar va mintaqalar hajmida ham sanoat korxonalarini faqat bir 

rayon hududida jamlashtirishning iloji yo`q.  

Lekin,  Qoraqalpog`iston o`zining rivojlanish yo`nalishi bo`yicha asosan qishloq xo`jaligi bilan 

shug`ullanadigan  mintaqa  bo`lsa  ham,  qishloq  xo`jalik  mashinalarini,    mineral  o`g`itlarni,  sanoat 

uskunalarini,  yog`och  materiallarini,  g`alla  va  ko`pchilik  kundalik  mollarni    boshqa    rayonlardan 

oladi.    Shunday  qilib,    respublikada  transport  tarmoqlarini  rivojlantirish  va  tumanlararo  hajmda 

iqtisodiy aloqalarni takomillashtirish eng ahamiyatli muammolarning biri bo`lib hisoblanadi. 

Hozirgi  vaqtda  respublikamizning  tumanlararo  yuk    aylanishida  asosiy    rolni    temir  yo`l 



transporti  egallaydi,    qolgan  bir  bo`limi  esa  avtomobil`  transporti  orqali  amalga  oshirilmoqda. 

Ayrim  transport    tarmoqlarining  ahamiyatini  respublikaning  yuk  aylanishida  tutgan  o`rniga  qarab 

xarakterlashga bo`ladi. 

Qoraqalpog`istonda  temir    yo`l    transporti    alohida.    ahamiyatga  ega.    Hozir  respublikamizda 

temir yo`l liniyasining umumiy uzunligi 504 km ni tashkil etib, har bir 100 km

2

  erga 4,9 km temir 



yo`l liniyasi to`g`ri keladi.  

Lekin,  temir  yo`l  transporti  qisqa  masofani  egallashga  qaramasdan,  respublikalararo  hajmida 

passajir  va  yuk  tashishda  eng    ahamiyatli    rol`ni    bajaradi.    Respublikada    temir    yo`l  transporti 

bo`yicha  passajir  va  yuk  tashishning  asosiy  ko`rsatkichlarini  quyidagi  jadvaldan  qurish  mumkin 

Demak,  Qoraqalpog`istonda    yuk  qabul  qilish  va  jo`natish  juda  tezlik  bilan  o`smoqda.    So`nggi 

yillarda ichki va respublikalararo havo munosabatlarining rivojlanishiga ko`ra yuk tashishning sur`ti 

yuk aylanmasiga qaraganda bir qancha pastladi. 

Bizning  o`lkamiz  hozirgi  vaqtda  ishlab  chiqaruvchi    kuchlarning  tezlik  bilan  rivojlanishiga 

bog`liq  katta  yuk  aylanishiga  ega.  Hozir  respublikamizda  yil  sayin  transport  tarmoqlari  bilan 

tashiladigan  yuklarning  hajmi  24,3  mln  tonnani,    yuk  aylanishi  esa  2,9  mlrd  tonna  km  ni  tashkil 

qiladi.  Yillik yuk aylanishning tarkibida tashib  olib kelinadigan  yuklar  yuqori ko`rsatkichga ega.  

Qabullangan  yuklarning  ichida  asosiy  qismini  yog`och  materiallari,  neft`,  bug`doy  va  kundalik 

ozuqa  mollari,  qishloq  xo`jalik  mashinalari,  mineral  o`g`itlar  va  hokazolar  egallaydi.  O`lkamizdan 

jo`natiladigan yuklarning ko`proq qismini paxta sholi, mol chorvachilik mahsulotlari, pilla, qorako`l 

terisi, jun va tuqimachilik sanoati mahsulotlari tashkil qiladi.  

Keyingi  vaqtlarda  temir  yo`l  stantsiyalari  bo`yicha  yuk  qabullash  va  jo`natishning  darajasi 

yanada  ortdi.    Bularning  hammasi  yuklash    va  tushirish    ishlarini    mexanizatsiyalashni    ancha 

yaxshilashni talab qiladi. Shunga bog`liq, respublika-mizning temir yo`l stantsiyalari asosan lentali 

transporterlar  bilan  uskunalandi  va  yuk  toshish  va  tushirish  mexanizmlar  yordamida  amalga 

oshirilmoqda.    Biroq  yuk  jarayonining  ayrim  qismini  (qurilish  materiallari,    yog`och  materiallari, 

g`alla,  mineral  o`g`itlar  va  hokazo)  kerakli    mexanizmlarning    etishmasligidan  holi    ham  qo`l 

mehnati  bilan  ishlanmoqda.    Bu  holat  yuk  aylanishidagi  vagonlarning  ko`p  ishsiz  turishiga  olib 

kelmoqda. Hozirgi vaqtda temir yo`l uchastkalarida yuk aylanishining ko`proq qismini paxta tolasi 

egallaganligidan,  respublikaning  paxta  tozalash  zavodlarini yuqori sifatli texnika bilan jihozlash 

juda muhim.  Bu yuklash jarayoniga aloqador chiqinlarni kamaytirishga yordam  beradi.  

Yuk  tashishni  ixtirochilik  yuqori  jihozlangan  konteyner  maydonchalariga  ega  bo`lishning 

ahamiyati  juda  katta.    Biroq,    baxtga    qarshi,  hozir    respublikada    yuk    ko`tarish  kobiliyatiga  ega 

yuqori  quvvatdagi  katta  kranlar  va  konteyner  maydonchalari  kam.  Bu  kelajakda  Chorjo`y-

Qo`ng`irot  liniyasiga  bog`liq  xo`jaliklar  bilan  ma`muriy  tumanlarining  talabini to`liq qondirmaydi. 

Shunga  bog`liq,  respublikaning  temir  yo`l  stantsiyalaridagi  konteyner  maydonchalarining  holatini 

yaxshilash navbatdagi eng ahamiyatli masalalarning biri bo`lib  hisoblanadi. 

Qoraqalpog`iston  transportchilari  yaqin  kelajakda  anchagina    muvafakkiyatga  erishishi  kerak. 

2001-yilga  kelib  Nukus-Sulton  Uvays-Uchquduq-Navoiy  temir  yo`l  liniyasining  qurilishi 

tamomlandi.  Bu  respublikani O`zbekistonning boshqa hududlari orqali to`g`ri bog`laydi va janubiy 

tumanlarning ishlab chiqarish kuchlariining yuqori tezlik bilan  rivojlanishiga  va  hammasidan ham 

oldin Sulton Uvays  tog`i rayonsida joylashgan tabiiy boyliklarni sanoatda keng foydalanishga yo`l 

ochadi. 

Loyihada  temir  yo`l  transportining  ishlarida  yuqori  ko`rsatkichlarga  erishish  uchun  bu 

tarmoqda  texnik  qayta  jihozlashni  bunday    keyin  ham  kengdan  davom  ettirish,  ishlab  chiqarish 


 

45 


jarayoni  mexanizatsiyalashni  va  avtomatlashtirishni    orttirish,  rayonlararo    iqtisodiy  aloqalarni 

imkoni boricha takomillashtirishni amalga oshirish kerak.  

Qoraqalpog`iston  respublikasi  tumanlararo  yuk  almashishning  sharti  bo`yicha  faqatgina  xom 

ashyo  va  yarim  fabrikatlarni  olib  qo`ymasdan,  yoqilg`i,    stanoklar,  kranlar,mashinalar,  sanoat, 

qishloq xo`jaligi va transport uchun jihozlar, xo`jalikning moddiy va madaniy talablarini qondirish 

uchun  kerakli  har  xil  buyumlarni  ham  oladi.  Shunday  qilib,  rayonlararo    xo`jalik    aloqalari 

Qoraqalpog`istonning  xalq  xo`jaligini  rivojlan-tirishning  eng  zarur  shartlaridan  biri  hisoblanadi. 

Busiz  qishloq  xo`jaligining,  sanoatni  va  aholining  madaniy  va  moddiy  sharoitlarining  o`sishi  ham 

mumkin emas. 

Hozir rayonlararo  aloqalarning  ko`pchilik  qismi  temir  yo`l transporti orqali ishga oshiriladi. 

Bular  respublikaning  xalq  xo`jaligini  rivojlantirishdagi  qo`shni  respublikalarning    va    rivojlangan 

davlatlarning  berayotgan  yordamida  har  xil  mutaxassislar  bilan  millat  vakillarining  do`stona  birga 

ishlashida yorqin ko`rinmoqda. 

Qoraqalpog`istonning transport-iqtisodiy aloqalarini ixtirochilikdagi eng muhim masalalarining 

biri aylanma yo`llar orqali tashiladigan  xalq xo`jaligi yuklarini maksimal` darajada qisqartirishdan 

iborat.  Shuning  uchun  oldingi  vaqtlarda  Qoraqalpog`istonning  boshqa    rayonlar  bilan,ayniqsa 

janubiy  Qizilqum  orqali  Rossiya  Federatsiyasining  Ural  iqtisodiy  rayoni  bilan  transport-iqtisodiy  

aloqalarini yaxshilash eng muhim tadbirlarning biri bo`lib hisoblanadi. 

Oldingi  loyiha  635  km  oraliqdagi  Urganch-Qo`ng`irot-Beynov    temir  yo`l  liniyasini 

elektrlashtirish yo`li bilan Ustyurtning tabiiy boyliklarini xalq xo`jaligida  kengroq  o`zlashtirishga 

imkoniyat  yaratishdir.  Bu  masalani  o`z  vaqtida  yuksaltirish  faqat  Qoraqalpog`istonning  emas, 

barcha  quyi  Amudaryo  iqtisodiy    rayonining  ham  ishlab  chiqarish  kuchlariining  tez  rivojlanishiga 

yo`l  ochadi.  Shunday  qilib,  Qo`ng`irot-Beynov-Maqat-Aleksandrov-Gay  temir  yo`l    liniyasi  Kinel` 

yo`nalishidagi  Aris-Toshkent  temir  yo`liga  o`xshagan  haddan  tashqari  uzoq  yuk  aylanmasini 

qisqartirib    qo`ymasdan,  bu  temir  yo`l  transporti  parkiga  bo`lgan  talabni  kamaytirishga  va  ishlab 

chiqarish xarajatlarini  tejashga  katta  ta`sir qiladi. 

Yangi  yo`nalishdagi  temir  yo`l  liniyasini  qurish  va  rivojlantirish  uchun    sarflangan  qarjilar, 

avvalo, sanoat mahsulotlarining ham tannarxini arzonlashtirishga katta ta`sir qiladi. Ma`lumotlarga 

qaraganda, Qo`ng`irot-Beynov-Maqat-Aleksandrovsk-Gay temir yo`lining qurilishi Markaziy Osiyo 

davlatlari,  Rossiyaning  evropa  qismi  va    boshqa  davlatlardan  olinadigan  xalq-xo`jaligi  yuklarini 

tashish  masofasini  o`rta  hisob  bilan  O`zbekistongacha  440  km  ga,    Turkmanistongacha    esa  1068 

km ga qisqartirdi. 

Keyingi  loyihada  Qoraqalpog`iston  hududidan  Janubiy    Qizilqum  orqali  Qozog`iston  va 

Rossiyaning Ural iqtisodiy rayoniga to`g`ri chiqishni ta`min etadi. Bu loyiha Qoraqal-pog`istonning 

industrial  rivojlanishiga  va  Qizilqumning  keng  hajmdagi  yaylovlarini,  tabiiy  qazilma  boyliklarini 

xalq xo`jaligida foydalanishga asos yaratadi. 

Qoraqalpog`istonda  ishlab  chiqarish  kuchlarini  bundan  keyin    ham  rivojlantirish  ichki 

aloqalarni yaxshilashni talab qiladi. Shu bois Nukus-Qushqonatov, Chimboy-Taxtako`pir  temir yo`l 

liniyasini  qurish  Qoraqalpog`istonning  shimolida  joylashgan  qazilma  boyliklarini  sanoatda 

foydalanishga  va  iqtisodiy  tomondan  ko`p  foyda  bergan  bo`lardi.  Biroq  bu  boyliklar  hozirgacha 

ishlab  chiqarish  bazasining    yo`qligidan    va  transport  munosabatlarining  past  yo`lga 

qo`yilganligidan xalq xo`jaligi tarmoqlarida keng foydalanilmayapti. Shuning uchun, bu  yo`llarning 

ishga tushishi Qoraqalpog`istonning xalq xo`jaligini industrial yo`nalishda rivojlantirishga va uning 

xo`jalik tarmoqlarini tabiiy-iqtisodiy rayonlar bo`yicha to`g`ri moslashtirishga imkon tug`diradi.  

Qoraqalpog`istonda avtomobil`  transporti  2-jahon  urushidan so`nggi yillardagina rivojlana 

boshladi.  Hozir  bu  transport  tarmoqlaridan    faqat  ichki  respublika  oraliq  yuk  tashishdagina  emas, 

O`zbekistonning  qo`shni  viloyatlari  va  Turkmanistonning  Toshhovuz    viloyati  orasidagi 

xo`jaliklararo aloqani rivojlantirishda ham keng foydalaniladi. 

Respublikamiz  qishloq  xo`jaligi  xom  ashyolarini  sanoat  o`rinlariga,    xalq  xo`jalik  mollarini 

qishloq va  shahar  savdo  bo`limlariga, boshqa  yuklarni  xaridorlarga etkazib berishini ta`minlash 

avtomobil` transportini rivojlantirishga bog`liq. 

2000-yillarga  kelib    Qoraqalpog`iston    6,7    ming  km  avtomobil`  yo`llariga  shundan  3,1  ming 

km  asfal`tlangan/  ega  bo`ldi.  Bo`nga  ko`shimcha    keyingi    loyihada  Qo`ng`irot-Beynov    oralig`ini 


 

46 


tutashtiradigan  356  km  masofadagi  asfal`tlangan  avtomobil`  yo`llari    ko`riladi    va  1600  km 

foydalanilayotgan  yo`llar  qayta  ta`mirlandi.    Bu  avtomobil`  transporti  bo`yicha  yillik  yuk 

aylanishining ortishiga yo`l ochadi.   

Bu  demak,  respublikada  avtomobil`  transporti  ancha  tezlik  bilan  rivojlanishda    degan  so`z.  

Avtoparklardan  foydalanish  ko`rsatkichlari  ham  ancha  yaxshilandi.  2000  yili  yuk  tashish 

avtoparklari  bo`yicha  o`rtacha  bir  avtomobil`/tonnadan  foydalanish  darajasi  1940  yilga 

solishtirganda  tashiladigan  yuklar  bo`yicha  36  hissaga  ortsa,    yuk  aylanishi  bo`yicha  76,4  hissaga 

ko`paydi.    Avtobuslardagi  har  bir  o`rindan  foydalanish  darajasi  1965  yilga  qaraganda  tashilgan 

passajirlarning  soni  bo`yicha    3,5  hissaga  ortdi.    Shu  yillar  ichida  passajir  va  yuk  tashishning 

tannarxida  ham  katta  o`zgarishlar  bo`ldi. Biroq, respublika  avtomobil`  transportining rivojlanishi 

ham  etarli emas. 

Masalan, umumiy foydalaniladigan avtomobil` parklari ning  yuk tashish  samaradorligi past va 

yuk  aylanishdagi  ko`rsatkichlarning  tannarxi  O`zbekistonning  boshqa  viloyatlari  bilan 

taqqoslaganda  ancha  yuqori.    Umumiy  foydalanishdagi  avtomobil`  transportining  iqtisodiy 

samaradorligining  kamayishi,  avvalo  xo`jaliklar  orasidagi  iqtisodiy  aloqalarning    uzilishi  va 

ekologik  fojea  natijasida  ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  ko`rsatkichlarining  pasayishiga  bog`liq 

bo`lib turibdi.  

Shunga    muvofiq    avtomobil`  transportining  foydalanish  koeffitsienti  kamaydi  va  yuk 

avtomashinalaridan  2  smenada  foydalanish  darajasi  hanuz  past.    Bundan   boshqa tashkilotlarda va 

vazirliklarda holi ham mayda avtoparklar ko`p, yana liniyadagi avtomobillardan oqilona foydalanish  

tartiblashtirilmagan.    Shuning  natijasida  ko`pchilik  avtomobil`  xo`jaliklarida  transport 

mashinalarining yuk ko`tarish  koeffitsientidan  to`liq  foydalanish  yo`lga qo`yilmayapti.  Bularning 

barchasi  respublikaning  avtomobil`  xo`jaliklarining  ishini  bir  sistemaga  solishni    va    ularni  

moslashtirish jarayonining keng tarqalishini talab etadi. 

Avtomobil`  xo`jaliklarini  markazlashtirish  juda  ahamiyatli.    Sababi,  bunday  sharoitda 

avtokorxonaning qaramog`ida  mashinalar  ko`p bo`lib,  bu erda ishning xarakteri va yukning turlari 

bo`yicha  avtomashinalarni  oqilona  tanlashga  va  ishlarni  rejalashtirishga  imkon    bo`ladi.  Keyingi 

vaqtlarda  avtomobil`  transportini  rivojlantirishda  avtoparklarni  ixtisoslashtirish  ahamiyatli  rolni 

bajarishi kerak. 

Shunday  qilib,  respublikamiz    sharoitida    avtoxo`jalik-larning  tarmoqlarini  mustahkamlab  va 

yuk mashinalaridan unumli foydalanishga erishish eng ahamiyatli tadbirlarning biri hisoblanadi. 

Avtoparklarning  unumdorligini  orttirishda  va    tashiladgan    yuklarning    tannarxini  

arzonlashtirish   pritseplarini keng qo`llanish va engil yuk ko`taradigan mashinalarning foydalanish 

koeffitsientini orttirish eng katta ahamiyatga ega. 

Respublikada avtomobil` transportining  rivojlanishiga  aloqador  yuk  tashish miqdori bilan bir 

qatorda  umumiy  foydalanishdagi  avtomobil`  transporti  va  taksamotorli  avtomobillarning 

aylanishidagi yo`lining uzunligi ancha ko`payishi kerak. Respublikalararo va mahalliy ahamiyatdagi 

avtomobil`  yo`llarining    tarmoqlari  bundan  keyin  ham  keng  rivojlanish  imkoniyatiga  ega  bo`ladi. 

Faqat 1980-2000 yillarning ichida asfal`tlangan  3100  km yo`l  solindi va ta`mirlandi. 2000 yillarga 

kelib  esa  rayonlararo  va  shirkatlar-dehqon  hamda  fermer  xo`jaligini    tutashtiradigan    yo`llarning 

qurilishi to`la tamomlandi va respublika 6 ming 700 km avtomobil` yo`llariga /shundan 5100 km-i 

asfal`tlangan/  ega    bo`ldi.    Respublikada    aholining  o`sib  borayotgan  iqtisodiy  va  madaniy 

talablarini to`liq  qondirish  uchun  Nukus-Chimboy-Taxtako`pir; Nukus-Beruniy-To`rtko`l; Nukus-

Xo`jayli-Qo`ng`irot-Mo`ynoq  yo`nalishidagi  shu  bilan  birga  Beruniy-To`rtko`l,    Beruniy-Bo`ston,  

Qo`ng`irot-Ravshan,    Qorao`zak-Qozoqdaryo,  Qo`ng`irot-Ustyurt  avtomobil`  yo`llarini  ta`mirlash 

katta  ahamiyatga  ega.  Bulardan  Qo`ng`irot-Ustyurt  yo`lining  hozirgi    talablarga  mos  qurilishi,  

birinchidan  Mo`ynok  tumani  bo`yicha  yuk  tashishning  miqdorini  ko`paytirishga    yo`l    ochsa,  

ikkinchidan  Ustyurt  rayonsidan  ochilgan  neft`-gaz  aralash  konining  tezda  xalq  xo`jaligiga 

foydalanishga  berishga  va  gaz  kondensatini  ko`plab  etishtirishga  yo`l  ochadi.    Shuning  uchun, 

ko`zda  tutilgan  yo`llarni  qayta  ta`mirlash  faqat  madaniy  masalalarni  echibgina  qo`ymasdan, 

kompleks yo`nalishda xo`jalik muammolarini echishga imkoniyat beradi. 

Hozir  respublika  hududida  avtobus  bilan  yo`lovchilar  tashish  shaharlararo  aloqalarning  eng 

muhim  turiga  aylandi.  Agar  1953  yilgacha  Qoraqalpog`istonda  avtobus  aloqasi  faqat  3  ta  shahar  


 

47 


o`rtasidagina bo`lsa, hozir bu aloqa respublikaning hamma shaharlari va ko`p aholi punktlari orasida 

ham  amalga  oshdi.    Respublika  aholisining  talablarini    bundan  keyin  ham  ta`minlash  maqsadida,  

yuk taksomotorli va xususiylashtirilgan xo`jalik transportlarning soni ko`paytirilmoqda. 

Avtomobil` transporti  yuk  va  passajirlar  tashishda  keyingi vaqtlarda ham o`zining tegishli 

o`rnini  egallaydi.  1995-2000  yillarda    respublikada  yirik  avtomagistrallarni  ta`mirlash  va 

Qoraqalpog`istondan Beynovga (Kozog`iston)  qarab  asfal`tlangan  avtomobil` yo`llarini  qurish  va  

foydalanishga berishga aloqado itiborga berilmoqda. 

Shunday  qilib,    umumiy  foydalaniladigan  avtomobil`  transporti bilan markazlashtirilgan turda 

yuk tashishning miqdori  ancha  ortadi.  

Bu  foyda  beradigan  kichkina  avtokorxonalarni  tashkil  qilishga  va  yil  sayin  yo`lovchilar 

tashishning  hisobidan  kelib  chiqadigan  zararning    hajmini  kamaytirishga  imkoniyat  yaratadi. 

Masalan:  agar  1990  yili  respublika  hududida  avtotransport  bilan  passajir  tashishning  hisobidan  19  

mln. 179 ming so`m olingan bo`lsa,  bu ko`rsatkich 1995 yillarga kelib 211 mln. 808 ming so`mga 

ko`paydi. Kelajakda esa bu ko`rsatkich 1,8 hissaga ortadigan bo`ladi. 

Respublikaning  katta  shaharlari  va  marshrutli  liniyalari  bo`yicha  avtovokzallarning    va  bir 

shakldagi  avtobuslarning  tarmoqlari  kengaytiriladi.    Shahar  oralig`idagi  avtobus  liniyasi  bo`yicha 

Qoraqalpog`istonning boshqa ma`muriy tumanlar bilan munosabati yaxshilandi. Shu maqsadda 500  

o`ringa    ega    Nukus    avtovokzali,  150  o`ringa    ega    Mang`it  avtovokzali  qurilishi  tamomlandi.  

Avtoxo`jaliklarda  yoqilg`ini  tejash  va  juda  qulay  avtomobil`  yoqilg`isi  sifatida  yonuvchi  gazdan 

foydalanishning hajmi ortadi. 

Qoraqalpog`istonning  ma`muriy  tumanlari    va      O`zbekistonning  boshqa    viloyatlari  bilan 

transport iqtisodiy aloqalarni bundan keyin ham rivojlantirishda Gazli-Duldul-Hozarasp-Qo`ng`irot 

Orol    dengizi  va  Duldul-To`rtko`l-Nukus  avtomobil`  yo`llarining  ish  samaradorligini  ta`minlash 

alohida  ahamiyatga  ega.  Bu  yo`llar  Amudaryoning  ikki    yoqasini  yoqalab  Orol  dengizigacha 

cho`ziladi  va  Qoraqalpog`istonni  respublika  markazi  Toshkent  va  boshqa  viloyatlari  bilan 

tutashtiradi.  Respublikalararo  va    ichki    tumanlararo    yo`lovchi  aloqalarini  rivojlantirishda  havo 

yo`li  transportining    ahamiyati    katta.    Shunga  bog`liq    kelajakda    tumanlararo    va  mahalliy 

xarakterga  ega  bo`lgan  havo  liniyalaridagi  aeroflotlar  qayta  ta`mirlanadi    va    ular    ancha 

kengaytirilishi  kerak.  Shuning  natijasida  havo  transporti  bilan  yo`lovchilar  tashish  yuksaltiriladi. 

Tayyoralar bilan  qishloq xo`jalik  ekinlarining zararkunandalariga qarshi kurash yuritiladi.  Mineral 

o`g`itlarni to`qish va paxtaning yaprogini tusho`rish bo`yicha tayyora bilan yuritiladigan ishlarning 

hajmi ortadi.  Nukus aeroflotining 180 odamga mo`ljallangan binosi "Ofis" qurilib, tamomlandi. 

Soatiga    quvvatliligi    360    yo`lovchi  jo`natish  imkoniyatiga  ega  Nukus  aerobekatining 

qurilishini  barpo  etish  amalga  oshiriladi.    Keyingi  loyihada    dunyodagi  eng  quvvatli  O`rta  Osiyo-

Markaz  va  Buxoro-Ural  gazoprovod  bazasida  yana  Ustyurtdagi  neft`,    gaz    zahiralarining  foyda-

lanishiga berilishiga bog`liq hamda Tuyamo`yin-Nukus-Taxtako`pir va tumanlararo  suv quvurining 

foydalanishga    berilishi    quvur  transportini  rivojlantirishga  yo`l  oshadi.    Shunday  qilib 

respublikada transportning eng yangi  turi  truboprovod  transportining rivojlanishi o`lkamizga ko`p 

chiqim  sarf  etib,  uzoqdan  tashiladigan  yoqilg`i  va  boshqa  materiallarni  tashishdan  bosh  tortishga 

yana  respublikaning  yoqilg`i-energetika  bazasini  kengaytirishga  katta  imkoniyatlar  yaratadi.  Agar 

1952  yillargacha  Qoraqalpog`istonning  transport  iqtisodiy  aloqalarning    past    darajada  bo`lishiga 

bog`liq  sanoat  strukturasida  bir  tomonlama  engil  va  oziq-ovqat  tarmoqlari  yuqori  qiyosiy  o`rinni 

egallasa,    hozirgi    vaqtda  og`ir  sanoat  tarmoqlarining  rivojlanishi  uchun  real imkoniyatlar tug`ildi. 

Amudaryoning  o`ng  tomonida  joylashgan  tumanlarga    temir    yo`l  liniyasining  o`tkazilishi 

tashiladigan  har  xil  xalq  xo`jaligi  yuklarining  tannarxining  arzonlashishiga  yo`l  ochdi.  Loyihada  

Qoraqalpog`istonning    O`zbekiston    va  boshqa  mamlakatlarning  sanoat  markazlari  bilan  aloqasi 

Janubiy    Qizilqum    rayonsi    va    Nukus-Uchquduq-Navoiy    orqali    amalga  oshiriladi.    Qoratov 

rayonsining tabiiy boyliklarini keng o`zlashtirish maqsadida Nukus-Qoratov temir yo`l liniyasi ishga 

tushirildi.  Avtomobil`  va  boshqa  transport  tarmoqlari  keng  rivojlantirildi.    Bu  kelajakda 

tumannlararo  transport  aloqalarining  yaxshilanishiga  va  o`lkamizning  iqtisodiy  quvvatining 

ortishiga yo`l ochadi. 

Shunday  qilib    transport    va  aholiga  xizmat  ko`rsatish  sohalarining  ishlab  chiqaruvchi 

bazalarini  mustahkamlash  hamda    rivojlantirish  yo`llarini    maqsadli  tartibga  keltirish  respublikada 


 

48 


yuz  bergan  ekologik  inqiroz  sharoitida  ishlab  chiqarish  jarayonida  korxonalarining  rentabelligini 

yuqorilatishga  va  aholini  moddiy  va  madaniy  tomondan  talablarini  qondirishga  imkoniyatlar 

yaratishi so`zsiz. 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling