Qoraqalpogʻiston geografiyasini oʻrganishda xorazmiy va beruniyning geografik ilimiy meroslarining ahamiyati
Download 47.85 Kb.
|
1 2
QORAQALPOGʻISTON GEOGRAFIYASINI OʻRGANISHDA XORAZMIY VA BERUNIYNING GEOGRAFIK ILIMIY MEROSLARINING AHAMIYATI Uzakbaev K.K., Jaksımuratov A.B. Nukus davlat pedagogika instituti Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, geografiya fanlar doktori, professor Hamidulla Hasanov butun Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston geografiyasini chuqur oʻrgangan olim. U bir nechta yoʻnalishlarda ilmiy ishlar olib borgan. Oʻrta Osiyo toponimikasi, dunyo tabiiy geografiyasi kabi oʻqitish metodi va ilimiy asarlari bizga maʻlum. Hatto asarlarining boshqa tillarga tarjima qilinganligini biz bilamiz. Oʻrta asirlarda (V-XVII asirlar) oʻlkamizda yetuk olimlarning butun bir shodasi yetishib chiqqan. Oʻrta Osiyo hududlardan Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Maxmud Qashgʻoriy, Mirzo Ulugʻbek kabi buyuk geograflarning ilimiy ishlarini oʻrganish va uni oshib berish hammaning ham qoʻlidan kelmaydi. Ammo, bizning faxrimiz boʻlgan H.Hasanov bu ishning uddasidan chiqqan olim. Chu sababli biz H.Hasanovning ibrat olgan Oʻrta Osiyolik geograflar Muhammad Muso Xorazmiy va Abu Rayhon Beruniyning Qoraqalpogʻiston geografiyasiga qoʻshgan hissalari haqida soʻzlamoqni istadik. Abu Jaʻfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy arab geografiyasining asoschisi, «Bayt ul-hikama»ning rahbari, geografiya tarixida birinchi marta Tinch okeanini tilga olgan olim. Xorazmiyning «Surat ul-arz» asari yunon olimi Ptolomeyning «Geografiya» asarining arabchaga tarjimasi hisoblanadi. Bu asarda quyidagilar tasvirlangan: birnechta shahar, qishloq, togʻlar, dengiz va daryolar. Shu bilan birga bu kitobda «Gʻarbiy tashqi tengiz», «Qulzum tengizi» va «Yashil tengiz» kabi gidrologiyaga oid atama nomlari koʻrsatilgan. Mazkur asarda daryolarning iqlim boʻyicha joylashishi izohlanadi va ularning geografik koordinatalari aniqlanadi. Bu asarda jami boʻlib 537 (chundan 203 tasi togʻ nomlari) ta joyning nomlari keltirilgan. Xorazmiyning astronomiyaga doir «Zij» asarida Quyosh, Yer va sayyoralarning harakatini, shu bilan birga, bu asarda u geografik nuqtalarni topish qoidasini keltirib oʻtgan. Uning tuzgan ziji oʻrta asrlarda geografiyaning rivojlanishiga katta zamin yaratgan topilma boʻldi. Uning bu asari 37 bobtan tuzilgan va bu asar Gʻarb va Sharq astronomiyasining rivojlanishini koʻrsatib bergan oltin koʻzgu vazifasini bajargan. Xorazmiy bosh meridian sifatida Hindstonning Arin shaxridan oʻtgan meridianni tanlaydi va bu haqida 1410-yili Ayyalik Petr oʻzining “Yer tasviri” nomli asarini yozdi. Bundan tashqari boshqa evropali olimlar bu gʻoyani qoʻllab-quvvatlashadi. Xorazmiyning hayoti davomida Bogʻdod shahrida Xorun ar-Rashid tomonidan tuzilgan olimlar akademiyasi-«Bayt al-hikma» katta oʻrindi egallaydi. U bu akademiyda oʻz atrofiga 70 dan ortiq olimlarni yigʻib jahon xaritasini yaratgan va bu xaritadi «Mamun dunyo xaritasi» deb nomlaydi. Xorazmiy bu muassaning qoshida ikkita rassadxona qurdiradi. Bular: 828-yili Bogʻdodta va 831-yili Kasiyun togʻida. Xorazmiyning qilgan betakror ilmiy ishlarini jahon olimlaridan sharqshunos K.Nadillu: «Evropadagi hech bir xalq Al-Xorazmiy erishgan yutuqqa erishishiga va bundaylar asar yaratishga qobil emas»,- dep taʻriflaydi. Abu Rayhon Beruniy Oʻrta Osiyo geografiyasiga katta hissa qoʻshgan olim. Beruniy bir nechta joylarning geografik koordinatsini aniqlagan, geografiyaga oid bir nechta kitoblar yozgan, xaritalar chizgan, Oʻrta Osiya iqlimini, Yer sayyorasi va uning harakati haqida fikr bildirgan olim. Beruniy yer meridianining 1° li yoyi 111,8 kmga teng ekanligini aniqlaydi. U 150 tadan ortiq asarlar yozgan, ulardan 12 tasi geografiya va geologiyaga oid. Bu asarlar: ,,Hindston”, ,,Minerologiyaʻʻ, ,,Osori boqiyaʻʻ , ,,Geodeziya” , ,,Qonuni Masudiy” , ,,Saydana” , ,,At-Tafhim” va boshqalar. Beruniy XI asrning 40-yillari javohirlar haqida toʻplam tuzadi. Uning nomini «Minerologiya» (arabsha «Kitob al-Jomahir fi maʻrifat al javohir») deb nomlaydi. Bu asarda minerallar, ularning fizik hodiysalari va tarkibi haqida ajoyib fikrlar keltiriladi. U Hindistonga sayoxat qilgan va hindlarning tarixi, tili, eʻtiqodi va madaniyati tasvirlangan «Hindiston» kitobini yozadi. Beruniy birnechta joylarning geografik koordinatalarini aniqlaganligini «Hindston», «Qonuni Maʻsudiy» (603 joyning koordinatasini) va «Saydana» (400dan ortiq joymimg koordinatasini) asarlarida keltirib oʻtadi. Beruniy oʻz bilim va koʻnikmalariga tayanib Yerning modeli hisoblangan globusni Osiyolik olimlar ichida birinchi boʻlib ishlab chiqadi. Uning yasagan globusning diametri 5 m boʻlgan. Uning iqlimning paydo boʻlishi haqida bildirgan pikiri dunyo olimlari oldida yana ham hurmat qozanishiga sabab boʻldi. Beruniy har bir yerning iqlimi uning quyidagi hususiyotlariga bogʻlik ekanligi aniqlaydi: a) yer uʻsti, toʻprogʻi va oʻsimlik dunyosiga; b) togʻlarga va okeanlarga yaqinligiga; c) okean uʻstidan necha metr balandta yoki pastda joylashishiga; d) qaysi geografik kenglikta joylashishiga. 1 Beruniyning iqlimning paydo boʻlishi haqida aytqan fikri hozirgi davr geografiyasida ham shunday taʻriflanadi. Beruniyning hayati davomida qilgan sayohatlarini sarhisob qilsaq, u shimolda Xorazmga, janubda Hindstonga, gʻarbda Kasbiy sohili va Bagʻdod oraligʻida sayohat qilgan, ilmiy koʻzatishlar oʻtkazgan.2 Olimlar Oʻrta Osiyo-bu oʻrta asrlar ilm, fanining markazi,- dep atashadi. Bu fikrda kelishida Xorazmiy va Beruniyning kabi millatimiz faxri boʻlgan allomalarning xizmatlari katta. Sababi, ularning qilgan ishlarini yoqarida koʻrib, guvohi boʻldik. Download 47.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling