Qoraqalpogiston Respublikasi


Matbuoti, radioeshittirish va televideniyesi


Download 22.48 Kb.
bet5/6
Sana15.02.2023
Hajmi22.48 Kb.
#1201577
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qoraqalpogiston Respublikasi

Matbuoti, radioeshittirish va televideniyesi


  • Qoraqalpogʻistonda 5 respublika, 14 tuman, 1 shahar (Nukus), 20 tarmoq gazetalari, 2 byulleten va 9 jurnal nashr etiladi. Shulardan yiriklari: "Yorqin Karaqalpaqstan" (1924-yildan), "Vesti Karakalpakstana" (1919-yildan), "Qaraqalpaqstan jaslari (1931-yildan)", "Amu tongi" (1991-yildan), "Us toz jolm" (1998), "Garezsizlik xem nızam" (1996-yildan), "Davr koʻzgusi" (1978-yildan), "Madaniyat xem sport" (1997-yildan), "Amudaryo" (1932-yildan), "Vestnik" (1960-yildan), "Aral qmzlari" (1991-yildan), "Ilim xem jemiyet" (1991-yildan), "Saniyat" (2003-yildan), "Ekonomika xem bank" (2003-yildan), "Karakalpakstan" (2002-yildan), "Bilim xem ondiris", "Jipek jolm" (1999-yildan). Qoraqalpogʻiston radiosining eshittirishlari 1932-yil yanvarda boshlangan. Dastlab radioeshittirishlar qisqa axborotlar tarzida tashkil qilingan. 1935-yilda ularning hajmi 3 soatgacha yetkazilgan. Hozirgi kunda Qoraqalpogʻiston radiosi kuniga 6,5 soat hajmda eshittirishlar olib boradi.

  • Qoraqalpogʻiston televideniyesi dastlab 1964-yil 5 noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida koʻrsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hozirgi kunda ertalab 1,5 soat va kechki payt soat 19 dan yarim tungacha, dam olish kunlari telekoʻrsatuvlar olib boriladi

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati


  • Qoraqalpoqlar sanʼatini oʻrganish xalqning uzoq oʻtmishi bilan tanishishga imkon beradi. Uning izlarini antik davr meʼmoriy yodgorliklari-da, mas, Tuproq-qalʼaaatch Xorazm sivilizatsiyasiga, oid devoriy tasvirlarda koʻrish mumkin. Qoraqalpoqlar sanʼatining sarchashmalari Sharqiy Yevropa va Osiyo qad. madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Qoraqalpoq ornamentlari Kiyev yaqinidan topilgan – kumushdan yasalgan tamgʻali belbogʻ qadamalari, fibullar va chakka halq-alarida ham uchraydi. Bu tasodifiy emas, chupki "qora kulohlar" qabilalari 12-asrda Kiyev Rusining chegarasida yashagan. Chirikrabotpa topilgan zargarlik buyumlaridagi motivlarni qoraqalpoq ornamentining timsoli deb hisoblash mumkin. Qoraqalpoqlarda xalqning oʻziga xos etnik xususiyatlari gilam va kashta buyumlarida yaqqol aks ettirilgan. Ularga qoʻshni boʻlgan xalqtar orasidan qoraqalpoqtarda koʻproq turkman ornamenti va naqshlariga yaqinlik seziladi. Qoraqalpoq kigiz va namatlaridagi bezaklar juda qiziqarli boʻlib, ularga naqsh tushirish texnikasi oʻziga xos. qozoqlarnikidan farqli oʻlaroq, applikatsiya yoʻli bilan tushiriladi. Ularda bezaklar toʻlqin koʻrinishida boʻladi, bu juda qad. ornament boʻlib, suv ramzini bildiradi. Chunki qoraqalpoqlar qad. dan daryo va koʻl boʻylarida yashab kelganlar. Ularda qadimdan movut va fil suyagi bilan qadama naqshli yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Qoraqalpogʻiston hududida antik, oʻrta asr va yangi davrlarga oid meʼmorlik yodgorliklari mavjud. Meʼmorlik va tarixiy yodgorliklardan 237 tasi roʻyxatga olingan, ulardan 145 tasi arxeologiya, 25 meʼmorlik va 67 tasi monumental yodgorliklardir. beruniy tumanidagi Sulton Uvays Bobo (P-14-asrlar), kechirmas Bobo (17– 19-asrlar); Toʻrtkoʻl tumanidagi Qalan-dardagʻ (18-19-asrlar). Norinjon Bobo (12–14-asrlar) majmualari, Xoʻjayli tumanidagi Mazlumxon Sulu va Mizdahqon (11 –19-asrlar); Qoʻngʻirot tumanidagi Beleuli (12– 14-asrlar). davut Ota maqbarasi; Moʻynoq tumanidagi Hakim Ota maqbarasi va qabristoni, Ellikqalʼa tumanidagi Ayozqalʼa-1 va Ayozqalʼa-2 (3–8-asrlar), Tuproqqalʼa (3-asr) eng muhim yodgorliklardir.

  • 20-asrda Qoraqalpogʻistonda gasviriy sanʼat shakllari rivoj topdi (I.Savitskii, Q.Soipov, J.Izentayev, J.Quttimurodov va boshqalar). Nukusda Qoraqalpogʻiston davlat sanat muzeyi, Qoraqalpogiston Respublikasi oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatmoqda. Qoraqalpoq sanʼati anʼanaviy shaklga, chuqur tarixiy oʻtmishga ega. Bugungi Q. sanʼatda oʻziga xos milliylik saqlanib qolgan mintaqadir. Xalq orasida oʻtov, hovli anʼanaviy yashash joylari hisoblanadi. Bugungi kunda ham sanʼatdagi anʼanaviylik hamda milliy oʻziga xoslik saqtanib qolgan va oʻz rivojlanishiga ega


Download 22.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling