Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


II. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana07.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1174951
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Huquqiy qo\'llanma

 
II. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini 
video-konferens-aloqa vositasida qabul qilishni tashkil etish 
Jismoniy shaxs va yuridik shaxslarning vakili davlat organi, tashkilotining 
rahbariga yoxud ularning mansabdor shaxslarga videokonferensaloka vositasida 
murojaat berishi, oldindan tasdiqlangan maxsus axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini qo‘llagan holda video-konferens-aloqa jadval orqali amalga 
oshiriladi. 


15 
Buning uchun murojaat etuvchi video-konferens-aloqa o‘rnatilgan tegishli 
davlat organi, tashkilotiga belgilangan tartibdagi talabnoma bilan murojaat qiladi. 
Ariza elektron shaklda berilishi mumkin. 
Talabnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 
jismoniy shaxs uchun — murojaat etuvchining familiyasi (ismi, otasining 
ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
elektron pochta manzili; 
aloqa telefoni va/yoki faksning raqami; 
video-konferens-aloqa o‘tkazishga qulay sana va vaqt; 
murojaat tili; 
murojaatning qisqacha mazmuni. 
Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning 
vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. 
Video-konferens-aloqa orqali kelib tushgan murojaatlar kelib tushgan 
paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi 
tomonidan ro‘yxatga olinishi va davlat organi, tashkilotining rahbariga kiritilishi 
kerak. 
Davlat organi, tashkilotining rahbari, talabnomani ko‘rib chiqib,
video-konferens-aloqa orqali qo‘rib chiqish yoki ko‘rib chiqishni rad etish
haqida qaror qabul qiladi. 
Qabul qilingan qaror, video-konferens-aloqa orqali murojaatni qo‘rib chiqish 
vaqti va joyi haqida davlat organi, tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarni 
belgilangan tartibda ogohlantiradi 
Video-konferens-aloqa orqali murojaatni qabul qilish jadvali o‘zgargan 
taqdirda, murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi oldindan (elektron pochta, aloqa 
telefon va/yoki faks raqamlari, pochta va boshqalar) orqali ogohlantirishi kerak. 
Video-konferens-aloqa orqali kelib tushgan murojaatlar og‘zaki murojaat 
sifatida belgilangan tartibda qayd etiladi, ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqiladi. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling