Qoraqalpog‘iston tarixi faniga kirish


SUVEREN KORAKALPOGISTON RESPUBLIKASI-NING SIYOSIY, IJTIMOIY-IKTISODIY TURMUSHI


Download 481 Kb.
bet11/12
Sana19.06.2023
Hajmi481 Kb.
#1599826
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
qoraqalpogiston tarixi.

SUVEREN KORAKALPOGISTON RESPUBLIKASI-NING SIYOSIY, IJTIMOIY-IKTISODIY TURMUSHI
режа



  1. Коракалпогистон давлатчилигининг ривожланиши




  1. Иктисодий тараккиѐт




  1. Ижтимоий соханинг ривожланиши

адабиѐтлар





  1. Узбекистон янги тарихи. 3-китоб. Мустакил Узбекистон тарихи. Тошкент, 2000.




  1. Каракалпакстан жана тарийхы. Нокис, 2003.

1990 yili 14 dekabrda Korakalpogiston Respublikasi Oliy Kengashi uzining 1U sessiyasida “Uzbekiston Respublikasi tarkibida Korakalpogi-ston Respublikasi Davlat suvereniteti tugrisidagi” Deklaratsiya kabul kildi. Mazkur Deklaratsiya 1991 31 avgustda kabul kilingan “Uzbekiston Respublikasi davlat mustakilligi asoslari tugrisidagi” Konunda uzining xukukiy asosini topib, 1-nchi va 17-nchi moddalarida Korakalpogistonning xududiy yaxlitligi va mustakilligi e’tirof etildi. Xar ikki respublika urtasidagi siѐsiy, iktisodiy va madaniy munosabatlar Uzbekiston Respub-likasining 1992 yil 8 dekabrda kabul kilingan Konstitutsiyasida (70-75 moddalar) uz aksini topdi.


Korakalpogiston Respublikasi Oliy Kengashi uzining XP sessiyasida (1993 yil, 9 aprel) Korakalpogiston Respublikasi Konstitutsiyasini kabul kildi. Korakalpok milliy davlatchiligi uz tarakkiѐti tarixida birinchi marta insonparvar, adolatli, demokratik imtiѐzlarga ega buldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlariga ega. Jumladan, Kora-kalpogiston Respublikasi Oliy Majlisining 1992 yil 14 dekabrda bulib utgan X1 sessiyasida Korakalpogiston Davlat bayrogi, 1993 yil 9 aprelda bulib utgan XP sessiyasida Davlat tamgasi, 1993 yil 4 dekabrda bulib utgan X1U sessiyasida Davlat madxiyasi tasdiklandi.
Parlament - Korakalpogiston Respublikasi Jukorgi Kengesi xiso-blanadi. 86 deputatdan iborat. Kuyidagi davlat arboblari Parlament ra-islari bulib ishladi: Dauletbay Shamshetov (1991-1992), Ubbiniyaz Ashir-bekov (1992-1997), Timur Kamalov (1997-2002). 2002 yili 2 may kuni bu la-vozimga Musa Tajetdinovich Yerniѐzov saylandi.
Avvalgi Oliy Kengashdan farki Jukorgi Kengashga savlov kupparti-yaviylik asosida utkaziladi. Avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllan-tirish jaraѐnida ishchilar sinfi, kolxozchi dexkonlar, xalk ziѐlilarining urni va soni oldindan belgilab kuyilar edi. Buning ustiga Parlamentda vazifasi buyicha albatta deputat buluvchi urinlar xam mavjud edi. Keyingi saylovlarda bunday ѐndoshuvdan voz kechildi. Deputatlarning uz saylovchi-lari bilan kundalik munosabati, yakin mulokati yulga kuyildi. Avvalgi parlamentda bu masalaga uncha e’tibor berilmagan edi.
Ijroiya organi - Ministrlar Kengashi xisoblanadi. Kuyidagi davlat arboblari Ministrlar Kengashi raislari bulib ishladi: Amin Tojiyev (1989-1992), Radjapboy Yuldashev (1992-1995), Baxram Jumaniyazov (1995-1996), Saparbay Avezmatov (1996-1998), Amin Tojiyev (1998-2002), Tursun-bay Tangirbergenov (2002-2006). Xozirgi kunda Ministrlar Kengashi raisi bulib Baxadir Yangibayev ishlaydi.
Bugungi kunda Uzbekiston markaziy budjetidan Korakalpogistonga berilaѐtgan subvensiya, ya’ni moliyaviy ѐrdam mikdori 9 milliarddan oshik sumni, ѐki butun Korakalpogiston budjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmokda. Uzbekiston xukumatining amaliy ѐrdami korakalpok xal-kining fidoiy mexnati tufayli keyingi yillarda Korakalpogistonda axo-li turmush sharoitini yaxshilash, tub iktisodiy isloxotlarni amalga oshi-rish borasida kator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barkarorlik mustaxkamlandi. Xamjixatlik bilan yurt istikbo-li yulida mexnat kilishga sharoit yaratildi.
Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bula boshladi. Ishlab chikarish va xizmat soxasida nodavlat sektorning xissai oshib bor-di. Sanoat, kishlok xujaligi va savdoda nodavlat sektori xissasi 80-90 fo-izni tashkil etmokda. Respublika iktisodiѐtining boshka yunalishlarida xam isloxotlar izchil amalga oshirila boshlandi.
Jumladan, bank tizimida xam jiddiy isloxotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari xam fao-liyat kursatmokda. Agrosanoat bank va sanoat-kurilish bank ixtisoslashti-rilgan xissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. “Tadbirkorbank”, “Asakabank”, “Alokabank”, “Sabzavotbank”, “Zaminbank”, “Turanbank”, “Savdogarbank”, “Gallabank” Korakalpogiston bulimlari tashkil etildi. Korakalpogiston tarixida birinchi marta tashki iktisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.
Korakalpogistonda ulgurji va birja savdosi bilan shugullanuvchi xissadorlik uyushmalari keng faoliyat kursatmokda. Tovar ishlab chika-ruvchilar, iste’molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maksadida ularning erkinligi va teng xukukligini ta’minlash choralari kurildi.
Korakalpogistonda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 4-ta savdo uyi, 35-ta mayda ulgurji savdo dukonlari va omborlar, 32-ta kutara savdo bazasi xamda Uzbekiston tovar xom ashѐ birjasi Korakalpogiston bulimi, 19-ta supermarket dukonlari faoliyat kursatdi. 1999 yilning bi-rinchi yanvarigacha bulgan ma’lumotlarga karaganda xususiylashtirishdan tushgan mablaglarning umumiy xajmi 650 million sumni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy tarakkiѐtiga ajratildi. 50 foizi esa tadbirkorlarni kullab-kuvatlash maksadida imtiѐzli kreditlar ajra-tishga sarflandi. Shu bilan birga Korakalpogiston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish kumitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni kullab-kuvatlash maksadida 13,8 million sum kredit ajratdi. 2000 yilga kelib 2932 korxona xususiylashtirildi.
Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 2000 yilga kelib respublika fond birjalari filiallarida 958 million sumlik ak-siyalar sotildi. Respublikada 7807 kichik va urta ishbilarmon korxonalari, 8977 yakka tartibdagi tadbirkorlar ruyxatga olindi. 1996 yil yakuniga kura ishlab chikarilgan maxsulot xajmi 10 mlrd 355,7 mln sumni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chikarish xajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga usdi. Respublikada 1996 yilda amaldagi narxlarda 10 mlrd 754,4 mln sumlik sanoat maxsuloti ishlab chikarildi.
Paxtadan ip ishlab chikarish, ip gazlamalari, tayѐr trikotaj buyu-mlar, iste’mol maxsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chika-rish kupaydi. Yigma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan be-zakli materiallar tayѐrlash, kandolatchilik maxsulotlari, usimlik ѐgi, uzum vinosi, salkin ichimliklar, orok, osh tuzi ishlab chikarish usdi.
Sanoatda bir kator ijobiy uzgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995 yilda Xujayli shaxrida shisha idishlar zavodi kurilib foydalanishga topshirildi. 1996 yilda Kungirotda “Urga” gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz kazib chikarilishi boshlab yuborildi. Axolini gaz bilan ta’minlash darajasi 83 foizga yetdi. “Korakalpokkurilish” aksio-nerlik jamiyatida Italiya firmalarining yukori sifatli jixozlari iblan jixozlangan, yiliga 60 ming kv.m. marmar bloklari va plitalari ishlab chi-karadigan yangi mramor sexi ochildi. “Nukusun” zavodida esa spirt ishlab chikaradigan yangi sex kurildi.
Yengil sanoat ishlab chikarishning bazasi kengaya bordi. 1993 yili Nu-kusda “Kateks” tukimachilik majmuasi, 1995 yili Ellikkal’a tumanida “Elteks” tukimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.
Nukus va Kungirot un kombinatlari, Turtkuda 3 mln shartli banka konserva maxsulotlari ishlab chikaradigan zavod, Ellikkal’a tumanida esa shunday kuvvatga ega konserva sexi foydalanishga topshirildi.
1995 yilda Kungirot tumanida Markaziy Osiѐda yagona xisoblangan yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chikaradigan zavod kurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimѐviy yul bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chikarish xam kuzda tutilgan. Bu zavod 600 mln dollarga kurilib otiribdi.
Kungirot-Beyneu avtomobil trassasi, Navoi-Uchkuduk-Nukus temir yuli kurildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish natijasida 144-ta sanoat korxonasidan 113-tasi mulkchilikning turli sha-kllariga utib ishlay boshladi. Lekin kup sanoat korxonalarining asosiy ishlab chikarish fondlari (dastgoxlar, mexanizmlar) ma’naviy va jismoniy jixatdan eskirgani sezilib koldi. Ularning eskirish darajasi 35 foizdan yukori edi. Eng avvalo yigiruv-tukuv fabrikalari, gusht-sut va ozik-ovkat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chikarish parkla-rini yangilash talab etildi.
Korakalpogistonda mexnatga laѐkatli axolining asosiy kismi kishlokda istikomat kiladi. Agrar sektorda xam iktisodiy kayta kurish, bozor munosabatlariga utish ruy berdi.
1997 yil 1 yanvar xolatiga respublikada 263 kishlok xujalik korxo-nasi faoliyat kursatdi. Nodavlat sektorning jami ishlab chikarilgan max-sulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarning xissasi 97,8 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachi-likda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bogdorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, gusht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tukum ishlab chikarishda 99,4 foizni, korakul teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi.
Dexkonchilikda ekin maydonlarining tarkibi uzgardi. Galla maydon-lari ekin maydonlarining 35,8 foizini tashkil yetdi. Bugdoy va kartoshka yetishtirish 3 marta, uzum yetishtirish 4 martaga kupaydi.
Korakalpogistonda dexkon fermer xujaliklari tashkil etish buyicha yetarli tajriba tuplandi. 1998 yilga kelib 1686 fermer shirkatlar uyushma-lari tashkil etildi. Ellikkal’a tumanida mavjud 14-ta jamoa xujaliklari dexkon-fermer xujaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dexkonlarga meros kilib koldirish xukuki bilan yerlar uzok muddatga ijaraga berildi. Lekin Korakalpogistonda ana shu tajribani ommalashtirishga mutlako e’tibor berilmadi.
1992 yili Korakalpogiston Respublikasi tashki iktisodiy alokalar vazirligi tashkil etildi. 1992-2000 yillarda Jaxon banki, Yevropa rauajlaniu banki va boshka firmalar bilan 100 ortik shartnomalar tuzildi.
Respublikada 303 ortik kushma korxonalar faoliyat kursatmokda.
Korakalpogiston Respublikasining tashki savdodagi asosiy sherikla-ri Rossiya, AKSH, Janubiy Koreya, Shveytsariya, Niderlandiya xisoblanadi. Asosan paxta tolasi, toladan olinga maxsulotlar, kayta ishlangan neft maxsulotlari, buyan tomirlari sotiladi. Eksport kilingan tovarlar xajmi 1996 yilda 122,9 mln dollarga teng buldi. Garb mamlakatlariga eksport ki-lingan xom ashѐ 113,6 mln dollarni tashkil etdi. Paxta tolasi jami eks-port maxsulotlarining 95 foizini tashkil etdi.
Tashki savdo oborotida importning salmogi 1996 yilda 46,2 foizni tashkil kildi. Import maxsulotlari tarkibiga asosan xalk iste’mol mol-lari, kora va rengli metallar, ozik-ovkat maxsulotlari kiradi. Yakin xori-jiy mamlakatlardan asosan shakar, bugdoy, mashina va jixozlar, agregatlar va ularning extiѐt kismlari, kuvurlar, avtomashinalar, ishlab chikarishni komplektlovchi materiallar keltirildi. Lekin respublikaning imkoniyat-laridan tula foydalanilmayapti. Masalan, 1999 yili respublika xududida 70-ka yakin foydali kazilma korlari aniklandi.
Mustakillik yillarida respublikada ijtimoiy soxalar rivojlani-shiga e’tibor kuchaydi. Respublika axolisi 1,5 mln kishini kuraydi. Uzbe-kiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 1992 yili 2 sentabrda “Korakal-pogiston Respublikasi xududidagi tabiiy ofatlar okibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni yechishni jadallashtirish chora-tadbirlari tugrisida” 405-sonli karor kabul kildi. Korakalpogiston Res-publikasi axoli punktlarini elektrlashtirish tula xal kilindi. Axolini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 59,5 foizga yetdi. 1992-1996 yillarda Tuyamuyin suv omboridan respublika axoli punktlariga 2 ming 885 km vodoprovod tarmogi olib kelindi. 4057,5 km gaz tarmoklari yetki-zildi va tabiiy gaz bilan ta’minlash 85,4 foizni, shu jumladan shaxarda 99,4 foizni, kishlokda 72,4 foizni tashkil etdi. Kuplab soglikni saklash obyektlari, kasalxonalar, poliklinikalar, tugrukxonalar va turar-joy bi-nolari kurildi.
Korakalpogiston Respublikasi xalki Prezident I.Karimovning BMT minbaridan turib dunѐ mamlakatlarini Orol dengizini saklab kolishga karata chakirigini katta konikish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994 yili 14 yanvarda Nukusda Markaziy Osiѐning beshta davlat Prezi-dentlari xamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida utkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbuyi axolisiga amaliy ѐrdam berish masalasi muxokama etildi.
1995 yili xalkaro konferensiyada Nukus Deklaratsiyasi kabul kili-nib, unda butun dunѐ jamoatchiligi e’tibori Orol muammosiga karatildi. Deklaratsiyada ovul va urmon xujaliklarin ilmiy tizimga utkarish, suv re-surslarin foydalanishning iktisodiy usullari va texnologiyasin ishlab chikish, xududning tabiiy resurslarin boshkarish tartibin yetilishtirish, ushbu xududda yasavshi odamlarning turmush darajasin yaxshilash masalalari kun tartibiga kuyildi.
1995 yili 24 oktabrda BMT-ning 50 yilligina bagishlangan Bosh As-sambleya majlisida Prezident I.A.Karimov “bugungi kuni xalkaro finans tizimlari bilan rivojlangan davlatlar kullab-kuvatlashisiz, BMT-ning tashkiliy rolisiz bu muammoni yechish mumkin emas” deb aytdilar.
Markaziy Osiѐ davlatlari uz kuchlari va chet el donorlari yerdami bi-lan 2 mlrd 686 mln dollar investitsiya tupladi. Shundan 856,25 ming dollar 1997 yili yukoridagi ishlarga berildi. Orolni kutkarish fondi Nukus fi-liali tashkil etildi. Bu xarajatlar kupincha grantlarga berilib atir.



Download 481 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling