Qoraqalpogʻiston


Tuman nomi Tuman markazi


Download 340.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi340.08 Kb.
#1008583
1   2   3   4
Bog'liq
Qoraqalpogʻiston - Vikipediya

Tuman nomi
Tuman markazi
1
Amudaryo tumani Mangʻit (shahar)
2
Beruniy tumani
Beruniy (shahar)
3
Chimboy tumani
Chimboy
4
Ellikqalʼa tumani
Boʻston
5
Kegeyli tumani
Kegeyli
6
Moʻynoq tumani
Moʻynoq
7
Nukus tumani
Oqmangʻit
8
Qanlikoʻl tumani
Qanlikoʻl
9
Qoʻngʻirot tumani Qoʻngʻirot
10
Qoraoʻzak tumani Qoraoʻzak
11
Shumanay tumani Shoʻmanoy
12
Taxtakoʻpir tumani Taxtakoʻpir
13
Toʻrtkoʻl tumani
Toʻrtkoʻl
14
Xoʻjayli tumani
Xoʻjayli
Aholisi, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar, shuningdek, qozoqlar, qirgʻizlar, turkmanlar, rus,
ukrainlar tatar, koreyslar va boshqa oʻtizga yaqin millatlar yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi
1 km²ga 9,4 kishi. Shahar aholisi 48,5 %, qishloq aholisi 51,5 %. Davlat tillari — qoraqalpoq va
oʻzbek tillari. Etnik tarkibi — 
O'zbeklar
38,8 %, 
Qoraqalpoqlar
35,8 % 
Qozoqlar
, 11,8 % boshqa
millatlar. Dindorlari — musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati boʻyicha
Toshkentdan keyin 2-oʻrinda), Toʻrtkoʻl, Taxiatosh, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot, Chimboy.
[1]
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 millionga yaqin kishi yashaydi.(2022-yil)
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng
yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis
Aholisi
Davlat boshqaruvi


Senati Raisining oʻrinbosari hamdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat
hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi.
[1]
Qoraqalpogʻiston hududida odam soʻnggi paleolit davridan yashay boshlagan. Miloddan avvalgi
5-ming yillik — 2-ming yillik boshlarida aholi, asosan, Amudaryo deltasi va Orol, Kaspiy dengizlari
yon atroflaridagi choʻllarda joylashgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida bu hududda
sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi −6-asrlarda Qoraqalpogʻiston
hududida qad. davlatchilik markazlari yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi 4-asrda Axomaniylar
saltanati tarkibidan ajralib chiqqach, yagona qad. Xorazm davlati tashkil topdi. Qoʻyqirilgan-qalʼa,
Oyboʻgʻir va Burliqalʼa shaharlari xarobalarini qazish vaqtida qad. yozma yodgorliklar (miloddan
avvalgi 4-asrga oid), Qoʻyqirilganqalʼa va Oqshoxonqalʼada qad. tasviriy sanʼat va haykalta-
roshlik yodgorliklari topildi. xorazmshoxdarning Tuproqqalʼa (milodiy 3- 4-asr boshlari) saroyi
soʻnggi antik dav. rning eng ulkan yodgorliklaridan biri hisoblanadi. 8-asrda arablar olib kelgan
islom dini zardushtiylik aqidalarini surib chiqardi. 12-13-asrlarda buyuk Xorazmshohlar davlati
Gʻarbiy Osiyo va Urta Sharqda eng yirik va kuchli davlat edi. 13-asrda moʻgʻullar isti-losidan
soʻng bu davlat parchalanib ketdi. 14-asrda Xorazm Oltin Oʻrdaning eng boy va madaniy
viloyatiga aylandi. Qoraqalpogʻiston hududidan Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar, Dashti Qipchoq
va Volga boʻyiga muhim savdo yoʻllari oʻtgan va xalqaro savdoda muhim ahamiyatga ega
boʻlgan.
Qoraqalpoqlarning eng qad. etno-genezi Amudaryo deltasi va OrolKaspiyboʻyi choʻllarida
miloddan avvalgi 7-4-asrlarda yashagan sak-massaget qabilalari bilan bogʻliq. 6-8-asrlarda
mahalliy aholi bilan turkiy qabilalar qisman aralashib ketgan. 8-10-asrlarda bijanak (pecheneg va
oʻgizlar muhitida qoraqalpoq millati shakllana boshladi. Chingizxonning bosqinchilik harakatlari
vohani choʻlga aylantirgan, Amudaryo quyi oqimi atroflarida yashagan aholining koʻplab koʻchib
ketishiga sabab boʻlgan. Qoraqalpoqlar gʻarbga Oʻzboʻy, Volga va Ural tomonga koʻchib
oʻtganlar. U yerda Oltin Oʻrda tarkibida boʻlganlar. Ular Rashiduddin asarida „qavmi kulohi siyoh“
deb atalgan.
Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 17 — 18-asrning oʻrtalarida Sirdaryoning oʻrta va quyi
oqimlarida yashagan. 18-asrning oʻrgalarida siyosiy voqealar, yaʼni qozoq xoni Abulxayrxon
qoraqalpoq yerlariga hujum qilishi oqibatida ular Sirdaryo deltasidagi gʻarbiy tarmogʻi —
Janadaryo boʻylariga koʻchib oʻtdilar va Amudaryoning quyi oqimida yashovchi qoraqalpoqlar
orol oʻzbeklari bilan birlashib, markazi dastlab Qoʻngʻirot, soʻngra Shohtemir (hozirgi Chimboy)
boʻlgan davlat (Orol mulkini) tuzdilar. Qoraqalpoklar asosan, chorvachilik, dehqonchilik va baliq
ovlash bilan shugʻullanganlar.
Tarixi


1811-yilda qora-qalpoqlar Xiva xonligiga tobe boʻldi. 1873-yildarus podsho qoʻshinlarining
Xivaga qilgan yurishidan soʻng va Gandimiyon shart-nomasi tuzilgach, Amudaryoning oʻng
sohilidagi qoraqalpoqlar yashaydigan hudud Rossiyaga qoʻshib olingan va bu yerda Turkiston
general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimi tashkil etilgan. Amudaryo boʻlimi 2
uyezd: markazi Toʻrtkoʻl qalʼasi boʻlgan Shoʻraxon va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy
uyezdiga ajratildi. Shunday qilib, qoraqalpoqlar yashaydigan hudud 2 ga ajratib tashlandi. Chap
sohil qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Bu esa qoraqalpoqlarning siyosiy va milliy birlashuviga
gʻov boʻldi. Mustamlakachilik zulmi 20-asr boshlarida zoʻrayib ketdi. 1916-yilda Chimboy,
Toʻrtkoʻl va boshqa joylarda podsho Rossiyasi siyosatiga qarshi qoʻzgʻolonlar boʻldi. 1917-yilda
podsho hukumati agʻdarilgach, oʻng sohil qismi Turkiston ASSR tarkibiga kirdi, 1918-yilda bu
yerda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1919-yilda Chimboy volostida xalq qoʻzgʻolonlari boshlandi.
1920-yilda Amudaryo boʻlimi Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatiga aylantirildi. 1920-yil
aprelda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzildi va uning tarkibiga
qoraqalpoqlar yashaydigan joylar ham kiritildi. 1924-yil aprelda QozogʻistonQoraqalpogʻiston
muxtor viloyati tuzildi. Usha yilda chap vaoʻng sohil birlashib, yagona Qoraqalpoq muxtor viloyati
maqomida qozogʻiston muxtor respublikasi tarkibiga kirdi. 1924-yil oktabrda Oʻrta Osiyo sovet
respublikalarida milliy-davlat chegaralanishi davomida Turkiston ASSR tarkibidagi
Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati tuzildi.
1929-yilda Taxtakoʻpirda koʻplab mahalliy aholi kolxozlashtirish siyosa-tiga qarshi chiqdi. Bu
voqea Qoraqalpogʻistonni Rossiya Federatsiyasiga bevosita qoʻshib olish uchun asosiy sabab
boʻldi. 1932-yil martda Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati q. 
muxtor respublikasiga aylantirildi
.
1936-yildan Oʻzbekiston tarkibida.
Qoraqalpogʻiston bir qancha repressiyalarni boshdan kechirdi: 1917 — 22, 1928-30, 1932-33,
1934-36, 1936-38, ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda. Oʻsha davrlarda anʼanaviy
jamoat, xoʻjalik va madaniy munosabatlar yoʻq qilindi, bir necha oʻn ming kishi qatagʻonga
uchradi.
1950—1980-yillarda Qoraqalpogʻistonda totaligar boshqaruv tizimi hukmron boʻldi. Paxta yak-
kahokimligi, qishloq xoʻjaligidagi maʼmuriy buy-ruqbozlik siyosati agrof muhitning buzilishi va Orol
dengizining qurishiga olib keddi. Orol fojiasi regionda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib
chiqardi, aholi sogʻligʻining yomonlashuviga olib keldi. 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpogʻiston
Respublikasi suvereni-teti eʼlon qilindi. 1991-yil 31-avgustda bu holat „Oʻzbekiston
Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida“gi Qonunda oʻz aksini topdi. 1993-yil 4-
dekabrda davlat madhiyasi tasdiqlandi. Milliy mustaqillik davrida respublika suverenitetining
meʼyoriy-huquqiy asoslari mustahkamlandi, yangi maʼmuriy hokimiyat tuzilmalari faoliyati
oʻrnatildi. Respublikada 17 shahar va tuman hokimiyati, fuqa-rolarning mahalliy oʻz-oʻzini
boshqarish organlari tashkil etildi, 200 dan ortiq jamoat tashkilotlari ishlab turibdi.


Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari.
Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi
tashkiloti (1995.25.12), „Adolat“ Sotsial Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston
Respublikasi tashkiloti (1996.27.02), „Fi-dokorlar“ Milliy Demokratik partiyasining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1999.22.01), Oʻzbekiston tadbirkorlar harakatining
Liberal Demokratik partiyasi Qoraqalposhston Respublikasi tashkiloti (2004.23.01) hamda
„Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti faoliyat
koʻrsatadi.
Dastlabki kasaba uyushmalari tashkilotlari 20-asrning 20-yillarida tashkil etilgan. 1951-yilning
avgust oyida Qoraqalpogʻiston viloyat kasaba uyushmalari kengashi tashkil topgan. 2005-
yilning mart oyida kasaba uyushmalari kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba
uyushmalari tashkilotlari birlashmasi deb qayta nomlandi. Uning tarkibiga ishchi-xizmatchilarning
11 dan ortiq kasaba uyushmasi kiritilgan: agrosanoat majmuasi, avtotransport va pul xoʻjaligi,
aloqa. taʼlim va fan, sogʻliqni saqtash, davlat muassasalari, madaniyat, mebel sanoati va
kommunal-xoʻjalik korxonalari, yoqilgʻienergetika, geol. va kimyo sanoati, kichik biznes.
isteʼmolchilar kooperatsiyasi, savdo va tadbirkorlar, qurilish va sanoat qurilishi materiallari.
Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII—IV asrlarda
Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab oʻtgan 
sak
va 
massagetlar
qabilalari bilan bogʻliq. VI—VIII asrlarda bu yerdagi aholi bilan turkiy qabilalar qisman qorishadilar.
VIII—X asrlarda bijanaklar va ogʻuzlar orasida qoraqalpoqlarning shakllanishi boshlangan.
Bijanaklar bir qismi Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan qorishib, asta-sekin ularning tilini qabul qila
boshlagan. Qoʻlyozma manbalarda (rus yilnomalarida) „Chyornie klobuki“, „Qavmi kulaxi-siyax“
(Rashid ad Din) toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar Sirdaryoning oʻrta va quyi
oqimlarida, Amudaryoning quyi qismida yashaganlar hamda Orol oʻzbeklari bilan birgalikda davlat
barpo etadilar (Orol-hukmronligi), uning poytaxti dastlab Qoʻngʻirot, keyinchalik Shaxtemir
(hozirgi Chimboy tumani) boʻlgan. Qoraqalpoqlar yarim koʻchmanchi, chorvachilik va irrigatsion
dehqonchilik hamda baliqchilik bilan shugʻullanadi.
1811-yildan
 boshlab Qoraqalpoqlar 
Xiva xonligiga
qaram boʻlganlar. 
1873-yilda
chor
qoʻshinlarining Xivaga yurishi va Gandimyon shartnomasi tuzilgandan soʻng Amudaryoning oʻng
sohilida joylashgan Qoraqalpoqlarning hududi 
Rossiyaga
 qoʻshildi. Bu yerda 
Turkiston General–
gubernatorligi
 Sirdaryo viloyatining Amudaryo boʻlimi paydo boʻladi. Amudaryo boʻlimi 2 ta
uchastkaga boʻlinadi: Petro-Aleksandrovsk qalʼasi markazi boʻlgan Shoʻraxon uezdi (hozirgi
Toʻrtkoʻl shahri) va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uezdi. 
1924-yilda
millatlarni eʼtiborga
olgan holda hududga boʻlish jarayonidan keyin Qoraqalpoq avtonomiyasi tashkil topib, Qozoq
avtonom respublikasi tarkibiga kiritiladi.
[1]
1930-yil
 
20-iyulda
Qoraqalpoq avtonomiya boʻlimi RSFSR tarkibiga kiradi.


1932-yil
 
20-martda
u Qoraqalpoq ASSRga oʻzgaradi.
1936-yildan
 boshlab Qoraqalpogʻiston ASSR Oʻzbekiston SSR tarkibiga kiradi. Qoraqalpogʻiston
ASSR 1990-yil 14-dekabr sanasida davlat suverenitetini elon qiladi. 1992-yilidan
Qoraqalpogʻiston ASSR Qoraqalpogʻiston suveren Respublikasi maqomiga ega boʻladi.
1993-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston tarkibida 20 yil mudatga qolishga soʻng
2013-yili referendum yoʻli bilan mustaqil davlat boʻlishga ikki tomomlama shartnoma tuziladi.
Qoraqalpogʻiston — xoʻjaligi rivojlangan respublika shunga qaramay Oʻzbekistoning Dotatsiyon
mintaqasi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati,
neft, qurilish va qoplama toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, sement, kon-ruda va kon-texnika
xom ashyosi olinadi.
Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud boʻlib, ular
quyidagʻilardan iborat: elektroenergetika; yoqilgʻi sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashi-nasozlik
va metallsozlik; oʻrmon. yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz; un-yorma va aralash yem;
poli-grafiya sanoatlari.
Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qoʻshni viloyatlarning elektr energiyasiga
bulgan talabini qondiradi (stansiyaning oʻrtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996-yilda Qoʻngʻirot
tumanida „Ustyurtgaz“ korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilgʻi sanoati vujudga keldi. 2004-
yilda respublika buyicha 1697,1 mln. m1gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi. 1993-
yilda „Nukuskabel“ ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida
Qoʻngirot un zavodi (1993), „Toʻrt-koʻldon“ (1997), kichik novvoyxonalar va makaron ishlab
chiqarish korxonalari bunyod etildi.
Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip pigiruv va toʻqimachilik
fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yogʻ-moy zavodlari, toʻqi-machilik korxonasi). Qungʻirot
tumanida (paxta, un-yorma zavodlari, „Us-tyurtgaz“), Toʻrtkoʻl tumanida (paxta, un tortish
zavodlari), Xoʻjayli tumanida (paxta, yogʻ-moy, taʼmirlash-me-xanika va gisht zavodlari). Chimboy
tumanida (paxta, yogʻ-moy, unyorma zavodlari), Ellikqalʼa tumanida (paxta zavodi, „Elteks“
aksionerlik jamiyati va „Yuniver“ qoʻshma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi,
poligrafiya kombinati, „Kateks“, „Nukus non“, „Daunt“ korxonalari, un-yorma zavodi, 2 ta qurilish
sanoati korxonasi) va taxiatosh shahrida (taʼmirlash-mexanika va uyayorma zavodlari) faoliyat
koʻrsatadi.
Xoʻjaligi va Sanoati


Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, ohaktosh, qoplama materiallar, yigʻma temir-beton
buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari. toʻqimachilik galantereyasi, oʻsimlik
moyi, goʻsht va goʻsht mahsulotlari. non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va
boshqa ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Qishloq xoʻjaligi, asosan. paxtachilik, gʻallachilik (sholi va bug-doy yetishtirish) va chorvachilik
(goʻsht, sut, qorakoʻlchilik)dan iborat. Qishloq xoʻjaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22,4 %,
gʻalla ekinlari 22,1 %, chorva mahsulotlari 36,4 % ni tashkil etadi. 2004-yilla umumiy ekin
maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga
paxta. 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming ga yerga yemxashak ekinlari ekildi.
Chorvachilik, asosan, goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005-yilda barcha toifadagi
xoʻjaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qoʻy va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot
boqildi.
[1]
Qoraqalpogʻiston keng va turli-tuman transport tarmogʻiga ega. Transport yoʻli, havo,
avtomobil transportlaridan keng foidalaniladi. 1994-yilda avtomobil yoʻllarining umumiy uz.
4295 km, shu jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 4235 km boʻlgan. 1999-yilda Amudaryoga
Nukus va Xoʻjayli shaharlarini birlashtiruvchi avtomobil yoʻlli koʻprik qurildi. Qoraoʻzak — Miskin,
Miskin -Gazoʻchoq. Miskin-Buzoqboshi temir yoʻl qurib ishga tushirildi. 2005-yilda temir yoʻl
uzunligi 984 km ga yetdi. Nukusda trolleybus qat-novi yoʻlga qoʻyilgan (1991). Nukus aeroporti
1940-yilda qurilib. 2003-yilda rekonstruksiya qilingan. 1 soatda 200 kishiga xizmat koʻrsatadi.
1998-yilda Qoraqalpogʻistonda „Oʻzdunrobita“ Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasinkng
uyali telefon tarmogi faoliyat boshlagan.
[1]
Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 oʻrin), 246 am-bulatoriya-poliklinika muassasasi,
ularning tarkibida 20 qishlok, uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti,
tuman markaziy kasalxonalariga qarashli 14 poliklinika, 20 respublika va shahar hamda
kasalxonalar bilan birlashgan 20 poliklinika, 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga
qarashli poliklinika bor. 1991—2005-yillarda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus shahrida
Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot institutining filiali, 2 poliklinika (100
bemorni qabul qilishga moʻljallangan) qurildi. Qoraqalpogʻistonda 3,6 ming vrach (har 10 ming
aholiga 23,1 vrach, 15,5 ming oʻrta tibbiy xodim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har
10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 oʻrin toʻgʻri keladi. Aholiga Oʻzbekiston respublika
shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14 tuman markaziy
Transporti
Tibbiy xizmati


kasalxonasi va taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam boʻlimlari xizmat
koʻrsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi „oilaviy poliklinika“ sifatida faoliyat yuritadi.
Keyingi 10 yil ichida respublikada hamshiralik par-varishi boʻyicha 75 oʻrin tashkil etilgan. Nukus
shahrida 1998-yildan Skrining markazi, 2003-yildan esa bir smenada 100 oʻsmirni qabul qilishga
moʻljallangan respublika oʻsmirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya
institutining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy-profilak-toriy (1200 oʻrin) faoliyat
koʻrsatadi.
[1]
Qoraqalpogʻiston sportchilari sportning kurash, boks, futbol, ogʻir atletika, voleybol, basketbol,
ot sporti turlari va boshqa boʻyicha mamlakat muso-baqalarida ishtirok etib kelmoqdalar.
Qoraqalpogʻistonda 14 stadion, 467 sport zali, 3159 sport maydonchasi, 3 suzish havzasi,
tennis kortlari va boshqa sport inshootlari bor. Bir qancha qoraqalpoq sportchilar Oʻzbekiston,
Osiyo, jahon sport musobaqalarida qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritganlar yoki sov-rinli oʻrinlarni
egallaganlar. Qoraqalpogʻiston sportchilari „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“, studentlar
universia-dalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Muaytay boʻyicha 5 karra jahon
chempioni Erkin Qutiboyev, ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempioni Baxtiyor Nurullayev,
Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori Sergey Sirsovning nomlari mashhur. 12-Osiyo
oʻyinlarida boks boʻyicha Alisher Avezboyev, futbol boʻyicha Berdax Allaniyazov, eshkak eshish
boʻyicha Baxtiyor Davletyarovlar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Respublikada xalqaro toifadagi
sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1 toi-fadagi sportchilar tayyorlanadi.
[1]
2004/05 oʻquv yilda Qoraqalpogʻistonda 763 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatib, ularda
338 mingdan ziyod oʻquvchiga 36,1 ming oʻqituvchi taʼlim beradi. „Pro-T4-Sh gress“ taʼlim va
taraqqiyot markazi Oʻzbekistondagi 21-asr maktabining andozasi sifatida tan olindi. Oʻqitishning
noanʼanaviy uslublaridan foydalanish, eng yangidarsliklar, oʻquv dasturlari, audio va
videotexnikalarni qoʻllash oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrganishga yordam beradi. Uning filiallari
Qoʻngʻirot, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli tumanlarida ochilgan. Oʻquvchilarning kompyuter savodxonligini
oshirishga alohida eʼtibor berilgan. 6 yoshdagi bolalarni kasbiy yoʻnaltirish va ularni maktabdagi
oʻqishga tayyorlash maqsadida shahar va tuman xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida „Diagnostika
markazlari“ tashkil etilgan. 72 kasb-hunar kolleji, 5 akademik litsey bor. Bu oʻrta maxsus oʻquv
yurtlarida 60,6 ming oʻquvchi oʻqiydi. Qoraqalpogʻistonda Qoraqatoq universiteti, Nukus
pedagogika instituti hamda Toshkent tibbiyot pediatriya instituti bilan Toshkent agrar
universitetining filiallari bor. Ularda 9 mingga yaqin talaba taʼlim olmoqda.
Sporti
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari


35 ilmiy muassasa, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
Qoraqalpogʻiston boʻlimiga qarashli 6 ta boʻlinma (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
Qoraqalpogʻiston boʻlimining tabiiy fanlar kompleks instituti, Bioekologiya instituti, Orolboʻyi
ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti, N.Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot instituti, Tarix,
arxeologiya va etnografiya instituti, Qoraqalpogʻiston klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy
tadqiqot instituti), Botanika bogʻi ishlab turibdi.
[1]
Qoraqalpogʻistonda 5 respublika, 14 tuman, 1 shahar (Nukus), 20 tarmoq gazetalari, 2 byulleten
va 9 jurnal nashr etiladi. Shulardan yiriklari: „Erkin Qaraqalpaqstan“ (1924-yildan), „Vesti
Karakalpakstana“ (1919-yildan), „Qaraqalpaqstan jaslari (1931-yildan)“, „Amu tani“ (1991-yildan),
„Ustoz jolim“ (1998), „Garezsizlik xem nızam“ (1996-yildan), „Davr koʻzgusi“ (1978-yildan),
„Madeniyat xam sport“ (1997-yildan), „Amudarya“ (1932-yildan), „Vestnik“ (1960-yildan), „Aral
qizlari“ (1991-yildan), „Ilim xam jemiyet“ (1991-yildan), „Saniyat“ (2003-yildan), „Ekonomika xem
bank“ (2003-yildan), „Karakalpakstan“ (2002-yildan), „Bilim xam ondiris“, „Jipek jolim“ (1999-
yildan). Qoraqalpogʻiston radiosining eshittirishlari 1932-yil yanvarda boshlangan. Dastlab
radioeshittirishlar qisqa axborotlar tarzida tashkil qilingan. 1935-yilda ularning hajmi 3
soatgacha yetkazilgan. Hozirgi kunda Qoraqalpogʻiston radiosi kuniga 6,5 soat hajmda
eshittirishlar olib boradi.
Qoraqalpogʻiston televideniyesi dastlab 1964-yil 5-noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida
koʻrsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hozirgi kunda ertalab 1,5 soat va kechki
payt soat 19 dan yarim tungacha, dam olish kunlari telekoʻrsatuvlar olib boriladi.
[1]
Qadimgi va boy tarixga ega qoraqalpoq folklorining asosini lirik va epik asarlarning barcha turlari
tashkil etadi. Lirik janr asarlariga xalq, marosim qoʻshiqlari (yor-yor, xaujar, joʻqlov, yaramazon,
gulap-san, badik va boshqalar), aytis (aytishuv, qoʻshiq-bellashuvlar), matal va maqollar,
masallar, tez aytish; epik janr asarlariga ertak, toʻlgov, terma, dos-tonlar kiradi.
Dostonlar qoraqalpoq folklorining asosiy janri boʻlib, 4 tur (qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy,
tarixiy dostonlar)ga boʻlinadi. Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston „Alpamis“ dostoni.
Shuningdek, „Yedige“, „Qublon“, „Qirq qiz“ dostonlari mashhur.
Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi shoir Jiyen jirovning (1730-84) faoliyati
muhim ahamiyatga ega. Oʻzining „Ulugʻ togʻ“, „Poʻsgan yel“ dostonlarida qoraqalpoqlarning
Xorazmga koʻchib kelish tari-xini yozgan. Qoraqalpoqlarning turkistondan koʻchib kelishiga
Matbuoti, radioeshittirish va televideniyesi
Adabiyoti


shoirning yana bir „Xush boʻling, doʻstlar“ sheʼri bagʻishlangan. Yana bir shoir Kunxoʻja sheʼrlarida
oʻzi yashagan davrdagi xalq hayotini tasvirlagan. Ajiniyazning ijodi 19-asrda ijod qilgan qora-
qalpoq shoirlari orasida yetakchi oʻrinni egallaydi. Uning asarlari alohida toʻplamlar sifatida
qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan. Berdaq shoirning lirik, satirik, didaktik
sheʼrlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Shuningdek, Otesh Alshinbay oʻgʻli (1828- 1902),
Kulmurot Qurbon oʻgʻli (1845- 1926), Omar Sugirimbet oʻgʻli va boshqa shoirlarning sheʼr,
doston va boshqa asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib oʻrin egallaydi.
20-asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotida sheʼriyat yetakchilik qildi. Hozirgi zamon qoraqalpoq
adabiyotining asoschilari A. Musayev, S. Majitov, K. Avezov, K.Yormanov, I. Fozilov, N.
Dovqorayev, A. Begimov, J. Aymurzayev, D. Nazberganov, M. daribayev, A. Shomuratov, S.
Qurbonniyozov va boshqalarning ijodida madaniyat va maʼrifat, taʼlim, mehnat, tabiat gi, ayollar
tengligi niy masalalar asosiy boʻldi.
20-asrning 20-40-yillaridagi qoraqalpoq adabiyotida Qozi Maulik Bekmuham-mad oʻgʻli (1885—
1950), A. Dabilov, S. Nurimbetovlar ijodida xalq ogʻzaki ijodining boy anʼanaviy merosi keng
tasvirlangan. 1940—1945-yillarda qoraqalpoq adabiyotida tashviqot-targʻibot yoʻnalishidagi
publitsistik asarlar bilan felyeton, ocherk, qisqa hikoyalar yaratila boshladi. Badiiy asarlarning
asosiy mavzusi fashizm ustidan gʻalaba qozonish, qahramonlik gʻoyalari boʻlib, badiiy asarlarda
ham urush qahramonlarining obrazlari yaratilgan.
Urushdan keyingi davrda (1946—1960) sheʼriyat, proza, dramaturgiya, bolalar adabiyoti,
adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik rivojlandi. Oʻsha davrda yozuvchi va shoirlardan I.
Yusupov, T.Jumamuratov, B. Qaipnazarov, B. Ismoilov, X.Turimbetov, O.Xoʻjaniyozov,
T.Qaipbergenov, K.Sultonov, G.Seytnazarov, T.Seytjonov, J. Dilmurotov, S. Pirjonov va
boshqaning ijodi samarali boʻldi. Adabiy tarjimashunoslikka ham koʻp eʼtibor berildi. Qoraqalpoq
yozuvchilarining koʻp asarlari, baʼzi adiblarning toʻplamlari oʻzbek, rus, qozoq tillariga tarjima
qilindi. Oʻz navbatida boshqa xalqlar adabiyot vakillarining saylanma asarlaridan qoraqalpoq
tiliga oʻgi-rilgan tarjimalari nashr qilina boshlandi.
1960—1980-yillar qoraqalpoq dramaturgiyasida P.Toʻlegenovning „Onalar“, „Koʻlanka“, „Inson
taqdiri“, J. aymurzayevning „Ber-daq“, „Qadrdon doktor“, S.Xojaniyozovning „Suymaganga
suykanma“, „Ahmoq podsho“, T. Seytjonov, I. Yusupovning pyesalari (A.Shamuratov bilan
birgalikdagi) muhim ahamiyat kasb etadi. Shu davrda lirik-epik sheʼriyat mazmuni va mavzusi,
uning janr jihatdan oʻziga xosligi rivojlandi va boyidi.
1970—1980-yillar dramaturgiyasida teatr sahnalarida qoʻyilgan K.Rahmonovning (1942—2002)
„U dunyoga taklif“ tragikomediyasi, „Injiqning muhab-bati“ komediyasi, I.Yusupovning „Ajiniyaz“
operasi librettosi yangi muhim hodisa sifatida tan olindi. X. Saparov, Sh. Dilmurotov va
boshqalarning sheʼriy toʻplamlari qoraqalpoq bolalar adabiyotiga qoʻshilgan muhim hissa boʻldi.


1970—1980-yillardagi qoraqalpoq prozasi G.Yesemuratova, U.Pirjanov, A.Atajanov, J. Seytov,
S.Bahodirova, X.Hamidov, K. Mambetov, O.Bek-baulov, I.Qurbonboyev, S.Soliyev, M.Qayipov kabi
yozuvchilar bilan boy-idi. Hozirgi zamon qoraqalpoq prozasining rivojlanishida
T.Qaipbergenovning ijodi alohida oʻrin tutadi.
Hozirgi zamon qoraqalpoq sheʼriyatini gʻoyaviy-mavzuli badiiy-estetik jihatdan boyitishga
I.Yusupov salmoqli hissa qoʻshdi. 1980-yillarning 2-yarmida K.Mambetovning „Xujdan“.
O.Abdurahmonovning „Boʻsagʻa“, A.Otepbergenovning „Doʻzax ichida“, K.Rahmonovning „Oqibat“,
Sh. Seytovning „Xalqobod“ romanlari yaratildi. Sheʼriyatga oʻz ovoziga ega boʻlgan K. Karimov, K.
Reymov, N. Toreshova, M. Jumanazarova, O. Seytayev, O. Satbayev, J. Xoʻshniyozov, X.
Dauletnazarov, J.Izboskanov, X.Ayimbetov kabi isteʼdodli ijodkorlar kelib qoʻshildi.
Teatr sahnalarida tragediya, komediya, tragikomediya janrlaridagi K. Rahmonovning „Laqqilar
kasalxonada“, S.Jumagulovning „Ekstrasens“, „Kuyovingni berib tur“, K. Matmurotovning
„Farzand“, M.Nizamovning „Noyob nusxa“, J. Xoʻjanovning „Qoʻshnimning qizi“ asarlari qoʻyildi.
Qoraqalpogʻiston adabiyotshunoslik faniga 1930-yillarda N.Dovqorayev (1905—1953),
K.Aymbetov (1908—1973), I.Sagitov (1908—1993)lar tomonidan asos solingan. Ularning
davomchilari: M.Nurmuhammedov (1930 — 86), N.Japakov (1914—1975), S.Ahmetov (1929—
1996), K.Maksetov (1927—2003), G.Yesemuratov (1930), J.Narimbetov (1937 — 2004),
K.Sultanov (19322000). K.Mambetov (1942—2001), T.Mambetniyazov (1930), K.Bayniyazov
(1934), S. Bahodirova (1944), A.Paxretdinov (1938) va boshqalar.
[1]
Qoraqalpoqlar sanʼatini oʻrganish xalqning uzoq oʻtmishi bilan tanishishga imkon beradi. Uning
izlarini antik davr meʼmoriy yodgorliklari-da, mas, Tuproq-qalʼaaatch Xorazm sivilizatsiyasiga, oid
devoriy tasvirlarda koʻrish mumkin. Qoraqalpoqlar sanʼatining sarchashmalari Sharqiy Yevropa va
Osiyo qad. madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Qoraqalpoq ornamentlari Kiyev yaqinidan
topilgan — kumushdan yasalgan tamgʻali belbogʻ qadamalari, fibullar va chakka xalq-alarida ham
uchraydi. Bu tasodifiy emas, chupki „qora kulohlar“ qabilalari 12-asrda Kiyev Rusining
chegarasida yashagan. Chirikrabotpa topilgan zargarlik buyumlaridagi motivlarni qoraqalpoq
ornamentining timsoli deb hisoblash mumkin. Qoraqalpoqlarda xalqning oʻziga xos etnik
xususiyatlari gilam va kashta buyumlarida yaqqol aks ettirilgan. Ularga qoʻshni boʻlgan xalqtar
orasidan qoraqalpoqtarda koʻproq turkman ornamenti va naqshlariga yaqinlik seziladi.
Qoraqalpoq kigiz va namatlaridagi bezaklar juda qiziqarli boʻlib, ularga naqsh tushirish texnikasi
oʻziga xos. qozoqlarnikidan farqli oʻlaroq, applikatsiya yoʻli bilan tushiriladi. Ularda bezaklar
toʻlqin koʻrinishida boʻladi, bu juda qad. ornament boʻlib, suv ramzini bildiradi. Chunki
qoraqalpoqlar qad. dan daryo va koʻl boʻylarida yashab kelganlar. Ularda qadimdan movut va fil
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati


suyagi bilan qadama naqshli yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Qoraqalpogʻiston hududida antik,
oʻrta asr va yangi davrlarga oid meʼmorlik yodgorliklari mavjud. Meʼmorlik va tarixiy
yodgorliklardan 237 tasi roʻyxatga olingan, ulardan 145 tasi arxeologiya, 25 meʼmorlik va 67 tasi
monumental yodgorliklardir. beruniy tumanidagi Sulton Uvays Bobo (P-14-asrlar), kechirmas
Bobo (17- 19-asrlar); Toʻrtkoʻl tumanidagi Qalan-dardagʻ (18-19-asrlar). Norinjon Bobo (12-14-
asrlar) majmualari, Xoʻjayli tumanidagi Mazlumxon Sulu va Mizdahqon (11 −19-asrlar); Qoʻngʻirot
tumanidagi Beleuli (12- 14-asrlar). davut Ota maqbarasi; Moʻynoq tumanidagi Hakim Ota
maqbarasi va qabristoni, Ellikqalʼa tumanidagi Ayozqalʼa-1 va Ayozqalʼa-2 (3-8-asrlar),
Tuproqqalʼa (3-asr) eng muhim yodgorliklardir.
20-asrda Qoraqalpogʻistonda gasviriy sanʼat shakllari rivoj topdi (I.Savitskii, Q.Soipov,
J.Izentayev, J.Quttimurodov va boshqalar). Nukusda Qoraqalpogʻiston davlat sanat muzeyi,
Qoraqalpogiston Respublikasi oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatmoqda. Qoraqalpoq sanʼati
anʼanaviy shaklga, chuqur tarixiy oʻtmishga ega. Bugungi Q. sanʼatda oʻziga xos milliylik saqlanib
qolgan mintaqadir. Xalq orasida oʻtov, hovli anʼanaviy yashash joylari hisoblanadi. Bugungi kunda
ham sanʼatdagi anʼanaviylik hamda milliy oʻziga xoslik saqtanib qolgan va oʻz rivojlanishiga ega.
[1]
Qoraqalpogʻiston musiqa madaniyati uzoq tarixga ega boʻlib, hozirgi kunda boy musiqiy folklor,
ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa va, shuningdek, 20-asrda rivoj topgan kompozitorlik
ijodiyoti namunalariga egadir.
Musiqiy folklor shakllar asosini qoʻshiqlar tashkil etadi. Xalq marosimlari bilan bogʻliq bir qancha
janrlar (mav-sum marosim qoʻshiqlardan „Aydar-aydar“ — shamolni chaqirish, dinii marosim —
„Yaramazan“, oilaviy marosim va maishiy qoʻshiqlardan „Yar-yar“, „Heujar“, „Oʻlen“, „Sinsiu“,
„Joqlau“ va boshqalar) uning eng qad. qatlamini tashkil etadi. Badiiy mazmuniga koʻra xalq
qoʻshiqlari ishqiy-lirik, tarpxiy, marosim, ayollar (qizlar), bolalar qoʻshiqtaridan iborat. Ularning
aksariyati diatonik ladlarga asoslanib, ohanglari melizmatik bezaklarga boy, kuychanlik
xususiyatlarga ega. Qoraqalpoqtarda islomdan oldingi madaniyat hisoblanuvchi ruhlarni
chaqirish. ular yordamida bemorlarni davolash uchun por-xan (parixon)lar tomonidan ijro etilgan
aytimlar ham saqtangan („badik“, „gulapsan“). Folklor musiqasida ayollar (qizlar)ning changqoʻbiz
musiqasi, yigit-qizlarning teatrlashgan oʻyinqoʻshiqtari, laparlari („yagʻln baxar“) mavjud.
Qoraqalpoqparning ogʻzaki anʼanadagi professional musiqasining markaziy qismini doston
musiqasi egallaydi. Qoraqalpoq doston ijrochilari 3 turga boʻlinadi; jirovlar, bax-shilar va
qissaxonlar. Ularning har biri oʻziga xos maʼlum ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga kelgan boʻlib.
bir-biridan repertuarilagi dostonlar mazmuni, ijro uslubi. doyeton aptim kuylarn hamda muspqiy
cholgu joʻrna-vozligi jihatidan farq qpladi. Jirovlar faoliyati anʼanaviy ijodning eng qad. qatlamiga
Musiqasi


mansub boʻlib, qahramonlik dostonlarni („Qoblan“. „Sharyar“, „Yedige“, „Atpamis“. „Mas-patsha“),
tarixiy toʻlgovlarni ichki ovozda qoʻbiz joʻrligila ijro etishadi. Baxshi (baqsi)lar ishqiy-lirik va
qahramonlik dostonlarni („Yusuf-Zulayha“, „ZaureTlyir“. „Yusuf-Ahmet“, „Goʻroʻgʻli“) hamda
mumtoz sheʼriyati asarlarini ochiq ovozda. dutor va gʻijjak joʻrligila (gohida bulamon ham
qoʻshiladi) ijro etishadi. Kuylar murakkabligi. ifoza vositalar boiliti bilan jirovdan farq qiladi.
Kissaxoplar koʻpincha savodxon shaxslar boʻlib, xalq yigʻnnlarida dostoi qulyozmalarini oʻqib
yokn yoddan aytib berishadi. Ular sherlarni faqat oʻziga xos. nuchq intonaiiyasiga yaqin aytim kui
(namaTtarga solib, musiqiy cho.pu joʻrligisnz ochiq ovozda ijro etishadi.
Millny musiqa cholgʻulari qatoriga dostonchilarching cholgulari boʻlmish qoʻbiz, lutor, gijjak
(girjek) va boʻlamondai tashqari chapgqoʻbiz, qamish surnay va bolalar xushtagi („iskirauik“)
kiradi. Utmishda qoraqadpoklarda chindov\l. surnay. karpay. nogora, dap (doira) kabi
cholgʻularning mavjudligi haqida qahramonlik dostonlarida maʼdumotlar sakdangan. Bularlan
qoʻbiz va d\tor keng tarqalgan. ularda mohir sozandadar tomonidan krrakalpoq mumtoz cholgu
kuylari chalinadp. Ayniqsa. dutor kuplari orasnda „Mu-xalles“, „Nalish“ kabi tutjumip kunlar
shaklan murakkab va pfoda vositalarining boyligi bilan ajralib turali. Qoraqalpoq anʼanaviy musiqa
rivojlanishiga 20-asrla Nuraoullo jnrsv. Yerpoʻlat jirov. Hoʻqnz jirov, Jumaboy jirpv, Qiyos baxshi
Hayratdinov. Japak baxish Shomurotov. Yesjap baxshi Qospoʻlatop, Kenjaooi baxshi
Tilevmurotov, Qoraqalpogʻpston xalq artisti T.Qurbonov va 6 salmoqli hissa qoʻshdilar.
20-asrning 2 choragidan boshlab milliy kompozitorlik ijodiyoti shakllana boshladi. Musiqali
dramalar, kichik simfonik asarlar, kamer asarlar va h.k. yozildi. Bu sohaga Jaaq baxshi
Shomurotov salmoqli hissa qoʻshdplar. 1970—1990-yillarga kelib opera, opatoriya. Simfoniya,
sonata kabi iirik janrlardagi asarlarning ilk tajribalari paydo boʻldi „Ajiniyaz“ operasi (1974),
„Birinchi qoraqalpoq simfoniyasi“ (1971). birinchi milliy baleti „Oy-jamol“ (1996),
Gʻ.Demesinovning 2 simfoniyasi, fortepiano va orkestr uchun konnertlari va boshqa
O.Shomurotova, Ye.Sheraziyeva, R. Seshpov, S.Mambetova, O.Otamurotova, I.Rafiqova.
D.Kaipov va boshqa zamonaviy musiqa madaniyatiga sad\yuqli hissa qoʻshdilar. Respublikaning
madaniy hayotida si.m-fochik orkestr. katta xor jamoasi va balet truppasi fao.t ishtirok
etmoqla. Shuningdek, Berdaq nomidagi filarmoniya (1946-yil), Qoraqalpoq davlat
teleradioqoʻmitasi qoshidagn xalq chol-gʻulari orkestori, „Jaslar“ orkestori „Ayqulash“ ashula va
raqs ansambli, „Muxalles“ dutorchilar ansambli va boshqa musiqiy jamoalar faoliyat yuritmoqta.
Qoraqalpogʻiston o.m-maviy (estrada) musiqasi sohasida „Oʻynasin“ vokal cholgu ansa\:bli.
„Yeulzor“, „Saubet“. „Miiras“, „Jigitlar“ guruhlari, Z.Xoʻjanazarova (1961—1992).’ r’Kutekeyeva.
M.Sapayeva. D. Mambetmuratov. Ye.Munteyeva, M.Otamurotov. G.Ollabergenova kabi estrada
xonanlalarn mashhur.
Musiqiy bilim sohasida bolalar musiqa maktablari. Nukusda musiqa koldeji. madaniyat kolleji. oliy
oʻquv yurtlari (Nukus universiteti va boshqalar)da musiqiy kafedralar faoliyat koʻrsat\:oqda.
[1]


Drama va teg.trning e.tement-darida qoraqatpoq xalqnning urf-odatlari va oʻppnlarida, xatq
dostonlari-da. xalq ustalarining ijodiyetida, professionat soʻz ustalarining sanʼati (0\1irbek laqqi.
Kampakat-Kampir. Davlat Laqqi. Tinnmqiz)da mujassamlashgan. 19-asrda masxarabozlarning
sanʼati keng tarqalgan. 20-asr boshlarpga kelib teatr professionaz sanʼat darajasida shakllanli.
1930-yil Toʻrtkoʻlda musiqali drama teatrp tashkil etildi. keyinchashk unga K.S. Stanislavskiy.
1990-yilda Berdaq nomi berildi. Undan tashqarp Respublikada Qoraqalpoq teatri, 1978-yilla
tuzilgan S. Xoʻjaniyozov nomidagi Davlat yosh tomoshabinlar teatri va 1990-yildan Davlat
koʻgʻirchoq teatri faoliyat koʻrsatmokdaKinosi. 1970 i. 19-fevralda Nukusda Oʻzbeknston ilmiy-
ommabop va hujjatli fnlmlari Toshkent kinostudiyasining Qoraqalpoq filiali ochildi. 1970-yilning
oʻrtalariga kelib yosh qoraqalpoq kino sanʼati rivojlana boshladi. 1990-yil aprelda ushbu filial
bazasida Nukus shahrida „Qoraqalpoq-film“ kinostudiyasi vujudga keldi. T.Kalimbetovning
„Qalpoqcha“ (1990), „Qaytish“ (1992) kabi dastlabki badiiy qisqa metrajli filmlari yara-tildi.
A.Sultonov ssenariysi asosida „Elim degan er edi“. „Ayriliq“ kabi hujjatli filmlari ekranga chiqli.
Ekologiya, Afgon urushi. X\okayli arxitekturasi, MDH prezidentlarining uchrashuvi mavzularida
filmlar yaratildi. 2002-yilda ishlangan „Ona“ filmi Buxoro kinofes-tivalining maxsus mukofotiga
sazovor boʻldi. 2003-yil iyul oyida Ins-bruk shahri (Avstriya)da oʻtkazilgan 12-Xalqaro
kinofestivalida „Otabegi“ hujjagli filmi qatnashdi. 2004-yil noyabr oyida Gollandiyada
oʻtkazilgan.YUGʻA xadqaro kinofestivalida qagnashgan „Quduq“ hujjatli filmi shu oyning oʻzida
Bilbao (Ispaniya) shahrida oʻtkazilgan Xalqaro kinofestivalida festivalning eig yaxshi rejissura
uchun kumush sovriniga ega boʻldi.
[1]
Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2004-yil uchun 95559,4 ming AQSH dollari yoki 2003-yil
darajasidan 50.2 % ortiq. Jumladan. eksport 35160,5 ming AQSH dollari yoki 2003 n.darajasidan
45.2 % ortiq; import 60398.9 ming AQSH dollari yoki 2003-yildarajasidan 53,3 % koʻp.
2004-yilda tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmiga nisbatan asosiy ta.shqi savdo
hamkorlari: Xi-toy — 33.4 %. Yeyermaniya — 14,6 %, Buyuk. Britaniya — 8,1 %, Shveysarnya —
6,4 %. Avstriya — 5.7 %. Italiya — 4.1 %. Fransiya — 2,9 %. AQSH — 2.5 %. Potsha −2,3 %,
Belgiya — 1.7 %ni tashkil qi.t.ti. Asosiy savlo hamkorlari boʻlib yaqin xori-jiy mamlakatlardan
Rossiya (13.1 %) va Qozogʻiston (1.0 %) hisoblanadi.
Teatri
Tashqi iqtisodiy aloqalari


Eksportdagi asosiy oʻrinni paxta tolasi egallaydi, uning ulushi umumiy eksportga nisbatan
85,3 %, shundan uzoq xorij mamlakatlariga eksport 87,1 % va yaqin mamlakatlarga 12,9 %ni
tashkil qiladi. Import strukturasida asosiy ulush mashina va asbob uskunalari — 78,3 %, kimyo
mahsulotlari −6,7 %, qora va rangli metallar — 5,9 %, oziq-ovqat mahsulotlari — 3,2 %ga toʻgʻri
keladi.
[1]
Qoraqalpogʻiston Qizilqum sahrosining shimoliy-gʻarbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-
sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston
hududida joylashgan. Maʼmuriy — hududiy qurilishi 14 tumandan iborat: Amudaryo, Beruniy,
Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Qanlikoʻl, Moʻynoq, Nukus, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli,
Chimboy, Shumanay, Ellikqalʼa, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda tumanlarga qarashli
shaharlar, elat va qishloqlardan iborat.
Xarita
Geografiyasi
Qoraqalpogʻiston haqida statistik maʼlumot



Download 340.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling