Qoraqalpoq davlat universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish


Download 22.31 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi22.31 Kb.
#1394097
Bog'liq
Nutq madaniyati


Qoraqalpoq davlat universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish


o‘zbek tili sirtqi bo‘lim
2-kurs 208-guruh talabasi


Amangaldiyeva Iqboloyning

Nutq madaniyati fanidan yozgan


Mustaqil ishi

Ona qadri

Har bir oilaning tinch-totuv, barqaror, xotirjam bo’lishi, farzandlarining sog’lom va barkamol bo’lishi, oilada sog`lom muhit, sog’lom turmush tarzining mavjudligi har jihatdan bir inson zimmasiga tushadi. Mana shunday mas`ulyatli va va sharafli vazifani chin dildan, hech nolimay boshini mag’rur ko’tarib, hayot qiyinchiliklariga o`zida kuch topib, atrofdagilariga madadkor inson bu – ayol, ya`ni mo’tabar ona.


Ayol! Bu so’z zamirida olam-olam ma`no mujassam. Uni qanchalar ta`rif qilsang, shunchalar qalbing yayraydi. Ne-ne shoirlar madhini kuylab she`rlar yozgan. Buyuk allomalar qalbidagi eng javohir so’zlar bilan uning ta`rifini keltiriladi. Bu dunyo go’zalligini hayot falsafasini va ma`no ma`rifatini avvalambor ayol siymosining uning fidoi qalb, vafo va sadoqatida ko’ramiz, his etamiz.
Ayol! Naqadar buyuk zot. Faqat uning farzand uchun kechalari bedor o’tkazgan, farzand kamoli uchun yelib yugurgan, oilasining tinch yashashi uchun har ishga tayyor, atrofdagilarga beminnat mehr bergan betakror zot.
Ayol! Hayot saboqlarini beruvchi, jonkuyar mehribon zot. Katta-yu kichikka doimo birday yordam bera oladigan, doimo to`g’ri yo’l ko`rsata oladigan murabbiy. Oilada hammani ko’ngliga yo`l topadigan mehribon ona. Yurt koriga yaraydigan farzandlarni kamolga yetkazayotgan volida, aziz insonni qo’llab quvatlaydigan sevimli rafiqa. O’zi ona bo’lsada, bir daqiqa ham farzand ekanligini unutmay doimo ota ona xizmatiga shay turgan inson balki uning buyukligi ham shundadur balki shuning uchun ham barchamiz unung oldida doimo ta`zimdadirmiz… Zero, ona, ayol dunyoning ustunidir.
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang, yuribdiku kulib jilmayib.
Ayol kulib turib o’lishi mumkin.
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering saodat bering,
Gar ko’zlari kulib tursada
Bo’g’zining ostida necha ming hasrat
Oy yuzlari kulib tursada
Ko’nglini ko’taring hech bo’lmaganda
Qo’lini silashda sharofat toting
Yig’lab turganida hech bo’lmaganda
Yoshini artishga muruvvat bo’ling
Nogoh yerga tushsa oppoq ro’moli
Bosib o’tmaslikka shafoat toping.
Zulfiya Mo’minova.
Ayol haqida she’r yozmagan, ashula kuylamagan qo’shiqchi bo’lmasa kerak. Boisi, ayol eng avvalo ona. Ona jamiyat uchun, Vatan uchun barkamol farzandlarni tarbiyalab beradi. Farzandni chin dildan duo qiladigan, baxt-u saodatini so’raydigan, bolasini barcha tashlab ketsa hamki, uni ham yomon, ham yaxshi kunida qo’llab-quvvatlaydigan inson bu – farishta sifat onajonlarimizdir. Onajonlarimiz faraznd uchun kerak bo’lsa o’z umrini ham bag’shida etadi. Shoir Ibrohim Davron she’rida ham xuddi shunday ma’nolar aks etgan.
Olis bir qishloqda bir mushtipar onaizor yashar ekan. Barcha qatori urush degan balo uning ham ko’ngliga ayriliq va ozor yetkazgan ekan. Onaning hovlisi o’rtasida kattakon bir daraxt bo’lib, bu daraxt uning yakka-yu, yagona o’g’lidan meros bo’lib qolgan ekan. O’g’il urushga ketmasdan oldin bu daraxtni qurib, unga ayricha mehr qo’ygan ekan. Bahor boshlangandan to kech kuzga qadar, ona bu daraxt soyasida o’tirib jigarporasini yo’qlab turar ekan. Bu daraxtni u o’z o’glidek bilib, unga suyanar, dardlarini unga to’kib sochar ekan. Va har gal daraxt bilan sirlashayotganida qalbidan “Bu daraxtning mevasi o’g’limning yuziga, shitirlashi esa, yolg’izimning so’zlariga qiyos” deya ko’nglidan o’tkazar ekan. Qishu-yoz onaizor xuddi farzandini tarbiyalagandek, daraxtni parvarish qilar ekan. Bu holatni ko’rib, Allohdan ilohim bu daraxtni ayozlardan saqlagin deb aytgimiz keladi. 
Haqiqatan ham, ona bu buyuk zot. Men ularni yerdagi farishtalarga qiyoslashim keladi. Biz mustaqillikka erishganimizdan so’ng, sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, birinchi navbatda, oila, onalik va bolalikni himoya qilish masalasini o’zimiz uchun eng muhim, ustivor vazifa sifatida belgilab oldik. Bu borada zarur huquqiy-me’yoriy bazani takomillashtirish, millat genofondini yaxshilash, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish borasida qanday ulkan ishlar amalga oshirganimiz barchamizga yaxshi ma’lum, albatta”.
Muhtaram yurtboshimiz ham ayollarimizga, ham yurt poydevori sanalmish yoshlarga qanday e’tibor berilayotganidan har nutqida ko’p bora ta’kidlagan. Zero, Vatanning gullab yashnashi avvalo farzand tarbiyachisi bo’lmish onalarimiz zimmasidadir. 
Hozirda ayollarimiz nafaqat uy bekasi, balki, jamiyatda o’z o’rniga ega pedagog, shifokor, rahbar, deputat, olima, shoira hamdirlar. Bu esa barchamizning baxtimizdir. 
Download 22.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling