Qoraqalpoq davlat universiteti sirtqi bolim ekologiya 2-kurs talabasi Xolbo'tayev Xasan


Download 25.88 Kb.
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi25.88 Kb.
#1558160
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qoraqalpoq davlat universiteti sirtqi bolim ekologiya 2-kurs talabasi

Falsafaning ijodiy xarakteri. Falsafa jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalariga kuchli ta’sir ko‘rsatgan holda, ayni vaqtda fan bilan doim yaqin aloqada ish ko‘radi. U yoki bu fan qanday muayyan muammolarni hal qilishidan qat’iy nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo zaruriy shart hisoblanadi. Muayyan fan predmetiga va uning oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng bilimning boshqa sohalarida erishilgan eng so‘nggi yutuqlarni ham aks ettiradigan yaxlit yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishiga erishish ham mumkin emas.


Qadimgi mutafakkirlar har tomonlama ta’lim va tarbiyani, ya’ni o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qodir bo‘lgan jismoniy va ma’naviy jihatdan komil insonni voyaga etkazishni «paydeyya» (yunon. pais – bola) atamasi bilan ifodalaganlar. O‘sha vaqtlarda paydeyya aristokratiyaning o‘ziga xos belgisi hisoblangan; endilikda faylasuflar ta’lim va tarbiya muammolarini yana birinchi o‘ringa qo‘yib, ularni hal qilishda falsafaning rolini aniqlashga harakat qilar ekanlar, bu tushunchani yana esga oldilar. Xususan, Boston kongressidagi asosiy ma’ruzalarning mualliflaridan biri fransuz faylasufi Per Obenk: «Insonning vahshiyona tabiatidan ma’rifatli tabiatga o‘tish imkoniyati qay darajada mavjud?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Uning fikricha, insonning yagona tabiati ikki ma’noli bo‘lib, faqat ma’rifat (paydeyya) odamzotni so‘zning to‘liq ma’nosidagi insonga aylantiradi yoki, Platon ta’biri bilan aytganda, paydeyya uning ko‘zini ochadi.
Biroq, ma’rifatning vazifasi ko‘zga ko‘rish qobiliyatini berishdan emas, balki unga to‘g‘ri qarashni o‘rgatishdan iboratdir. Demak, Platon, Demokrit, Zardo‘sht va boshqa mashhur faylasuflar fikriga tayanib, ma’rifat yordamida, ta’lim va tarbiya jarayonini zo‘rlikka qarshi yo‘naltirish va odamzot aql-idrokini kamol toptirish orqali insonning boshqacha tabiatini yaratish mumkin. «Paydeyya» tushunchasi bolani tarbiyalab komil insonga aylantiruvchi ta’lim jarayoniga e’tiborni qaratadi. Qadimgi yunonlar «texne» va «paydeyya» kabi tushunchalarni farqlaganlar; birinchi atama bilimni, ya’ni o‘rganish mumkin bo‘lgan narsani anglatsa, ikkinchi atama bilim berish manbaini emas, balki to‘g‘ri fikr manbaini anglatadi. Bunda paydeyya, Aristotel ta’biri bilan aytganda, insonni o‘zini o‘zi kamol toptirishga rag‘batlantirishi lozim. SHu bois Protagor, Suqrot va Platon aytganidek, falsafadan saboq berishda ishontirish mahoratini emas, balki to‘g‘ri fikrlash mahoratini o‘rgatishga e’tibor qaratish muhim.
Download 25.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling